Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги
Nutqga bо„lgan diqqatini tarbiyalash
Download 467.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Lagapet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqga bо„lgan diqqatini tarbiyalash
- Nisbatan murakkab kontekst nutqda mashq qilish
- Nutqga bо„lgan diqqatni tarbiyalash
- 3.2. Duduqlanuvchi bolalarda о„yinlar orqali mustaqil nutqni rivojlanishini takomillashtirish.
- Ashula aytish bilan (olib boriladigan) о„ynaladigan о„yinlar
- Dramalashtirilgan о„yinlar
- “Sukut saqlashni bilamiz” о„yini.
- Shivirlab gapirishga qaratilgan о„yinlar
- “Topishmoqli – xaltacha” о„yinni. (Shivirlab gapirish) Logoped
- Harakatli о„yinlar “Quyonlar va bо„ri” о„yini.
- Tayanch sо„zlar
Nutqga bо„lgan diqqatini tarbiyalash Bolalarni logoped, tarbiyachilar va о‗z tengdoshlarining hikoya namunalarini diqkat bilan tinglashga о‗rgatish. Nutqiy namunalarni esda saqlab qolish va shaxsiy javoblarda ulardan foydalanishga о‗rgatish. О‗rtoqlarining nutqiga e‘tiborli munosabatni, notо‗g‗ri yoki noaniq javoblarni anglay bilishni tarbiyalash. Elementar kontekst nutkdan foydalanishni mashq qilish Predmetli yoki syujetli rasm asosida tasvirlovchi va syujetli hikoyalarni mustaqil tuzishga о‗rgatish. Kо‗rgazmali materialga tayanmagan holda rasmda tasvirlangan harakatga mos hikoya boshlanishi va yakunini mustaqil о‗ylab topishga о‗rgatish. Rasmdagi asosiy va ikkilamchilarni ajratishga, sabab munosabatlarini tushuntirishga о‗rgatish. Savollar asosida yoki savollarsiz kisqa hikoya mazmunini kayta sо‗zlab berishga о‗rgatish. Qisqa jumlalarni ularni turli variantlarda qurgan holda qо‗llashga о‗rgatish (Bahor keldi. Quyoshli bahor keldi. Issik bahor keldi). Badiiy adabiyot mashg‗ulotlarida kahramonlar hatti-harakatlarini tushunishga, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlarga о‗z munosabatini aniqlash va asoslashga о‗rgatish. Bolalarning I va II davrlarda egallangan mustaqil nutqdan foydalanish malakalarini mustahkamlash. Nutqga bо„lgan diqqatini tarbiyalash Bolalarni bajarilishi kutilayotgan faoliyatga hajm jihatidan katta og‗zaki tushuntirishlarni diqqat bilan tinglashga, namunaning namoyishisiz tushunish va esda
saqlab qolishga, bajarilishi kutilayotgan ish haqida hikoya qilib berish, topshiriqni belgilangan ketma-ketlikda tо‗g‗ri bajarishga о‗rgatish. Nutqga bо‗lgan diqqatni tarbiyalash: о‗rtog‗ining hikoyasini diqqat bilan tinglashga, takrorlanmaslikka; notо‗g‗ri bayonlarni anglashga, ularni tuzatishga, tо‗ldirishga о‗rgatish. Bolalarni namunaga tayanmagan holda keng jumlalar bilan javob berishga, rasm, applikatsiyani tayyorlash usulini, u yoki bu materialni tanlash sababini tushuntirishga о‗rgatish. Bolalarni bajarayotgan ishlari haqida uning muhim bо‗g‗inlarini yoddan chiqarmasdan, aniq va ketma- ketlikda hikoya qilib berishga о‗rgatish. Logopedning qо‗shimcha savollariga xotirjamlik bilan munosabatda bо‗lish kо‗nikmasini shakllantirish. Bolalarning hikoyalarini stilistik jihatdan takomillashtirish, nutkdagi ortiqcha takrorlashlarni bartaraf etish (―undan keyin..., undan keyin..., uidan keyin...‖), sinonimlardan foydalanishni о‗rgatish. Sо‗zlarning gapdagi tо‗g‗ri ketma-ketligiga amal qilgan holda jumlalarni tо‗g‗ri qurishga о‗rgatish. Hikoyaning rejasini hayolan tuzishga, sо‗ng esa og‗zaki sо‗zlashga, о‗rtoqlarining hikoyalarini takrorlamaslik uchun dastlabki rejani qayta qurishga о‗rgatish. Bolalarni bir-birlariga aniq savollar bilan murojat etishga о‗rgatish. Turli murakkablikdagi mustaqil nutqdan
foydalanish malakalarini mustahkamlash.
Tabiat hodisalarini kuzatish asosida bolalarning yoz fasli haqidagi bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish. Kattalarga shaxsiy taassurotlar haqida hikoya qilib berishga о‗rgatish.
Bolalarda mashg‗ulot davomida va mashg‗ulotdan tashqari vaqtda har qanday suhbatdoshni (kattani va bolani, tanish va notanish kishini, yaqin qarindoshni b.) diqqat bilan tinglash malakasini mustahkamlash. Kattalar singari, о‗rtoqlarning tanbexlariga xotirjam munosabatda bо‗lish, har qanday topshiriqni tо‗g‗ri bajarish kо‗nikmasini mustahkamlash.
Bolalarni rasm asosida bog‗langan hikoyalarni, shaxsiy tajriba asosida ijodiy hikoyalarni tuzishga о‗rgatishda davom etish. Taqqoslash, aniqlashni qо‗llash asosida murakkab gaplarni qurishga о‗rgatish. Ishtirokchi shaxslar ovozlariga taqlid qilgan holda ertak, hikoyalarni ifodali qayta sо‗zlab berishga о‗rgatish. О‗quv yili davomida о‗zlashtirilgan nutqning barcha shakllarini mustaqil qо‗llashni mustahkamlash. Nutqga bо„lgan diqqatni tarbiyalash Bolalarda atrofdagilar nutqiga e‘tiborli munosabatda bо‗lish malakasini, aytilganlarni tinglash, tushunish va tо‗g‗ri bajarish kо‗nikmasini mustahkamlash.
Bolallarda kо‗rgazmaga tayanmagan holda, ba‘zi hollarda kattalar hikoyalariga tayanmagan holda bajarilishi kutilayotgan faoliyat haqida ketma-ketlikda va juda aniq hikoya qilish malakasini; о‗rtog‗i tomonidan boshlangan hikoyani davom ettirish kо‗nikmasini mustahkamlash. Bolalarni mazmunni qisqa, faqatgina ishdagi muhim harakatlarni sanab о‗tgan holda ifodalashga о‗rgatish. Hikoya va faoliyatni avvaldan rejalashtirish malakasini mustahkamlash. Alohida javoblar singari, butun hikoyalarning barcha shakllarini mustahkamlash.
takomillashtirish. Korreksion ishlarda maxsus metodikaga asoslangan о‗yin usullari qо‗llaniladi. Ular yordamida umumiy va nutqiy hatti - harakatdagi duduqlanish korreksiyasi amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchilarning nutq, umumiy va nutqiy hatti- harakat korreksiyasi nafaqat mashg‗ulotlarda, balki о‗yinlar vositasida ham amalga oshiriladi. О‗yinlarning umumiy maqsadi bolalarning atrofdagi predmetlar, ularning turli sifatlari (shakli, hajmi, rangi), qо‗llanilishi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va kengaytirish, qiziquvchanlikni, bilish qobiliyatlarini rivojlantirish, harakatlarni takomillashtirishdan iborat. Uyin jarayonida о‗rtoqlariga nisbatan dо‗stona munosabat, о‗yinchoqlar va materiallarga ehtiyotkorona munosabat, о‗rnatilgan tartibga rioya etish odati tarbiyalanadi, о‗rtoqlarining qiziqishlari va fikrlarini inobatga olish, murosalarni adolatli hal etish, nizolarni chetlab о‗tish kо‗nikmasi shakllanadi. Ijodiy tashabbukorlik, о‗yin mazmunini mustaqil hosil qilish va amalga oshirish qobiliyati, о‗z harakatlarini о‗zaro kelishish, rolga mos ravishda о‗zini tutish rivojlanadi. О‗yin olimlar tadqiqotlariga kо‗ra mehnat va о‗qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan hisoblanadi. Psixologlarning ta‘kidlashlaricha, о‗yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning о‗zini о‗zi boshqarish, о‗z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental extiyojlariga tayanadi. О‗yin ijtimoiy tajribalarni о‗zlashtirish va qayta yaratishga yо‗galgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning о‗z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
Ayrim hollarda esa bola о‗z о‗yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi,keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi. О‗yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi. О‗yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar о‗yinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishish mumkin. A.P. Usava shunday degan edi: ―Bolalar hayoti va faoliyatini tо‗g‗ri tashkil tashkil etish – ularni tо‗g‗ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashda о‗yin shuning uchun ham samarali natija beradiki, о‗yinda bola yashashni о‗rganmaydi, balki о‗z hayoti bilan yashaydi‖. Bola nutqining tо‗g‗ri rivojlanishi nafaqat fonematik idrok va nutqning talaffuz tomonining rivojlanish darajasi, balki, atrofdagilar nutqida hamda shaxsiy nutqda sо‗zning tovush tarkibini farqlash imkoniyati bilan belgilanadi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi rivojlanuvchi nutqning asosiy funksiyalaridan biri – kommunikativ funksiya yoki muloqot funksiyasidir. Ilk bolalik chog‗idanoq bola nutqdan muloqot vositasi sifatida foydalanadi. Muloqotni rivojlanishida ham
mustaqil nutqning ahamiyati kattadir. Dududqlanuvchi bolalardagi nutq kamchiligini korreksiyalashda mustaqil nutqning ahamiyati kattadir. Duduqlanuvchilarda mustaqil nutqni tarbiyalashda tо‗g‗ri nutq shakllarining zaruriy uzluksizligiga rioya qilinadi. Dastlab nazm matnini bir-biriga bog‗liq holda qaytarish orqali о‗qish jarayonida yengil ritmik nutq tarbiyalanadi. Keyin qiyin holatlarda logoped yordamida mustaqil о‗qish, sо‗z oralatib yoki matnni ayrim bо‗laklarga bо‗lib, kimningdir yordamida, bir xil ohangda о‗qish; dialogli matnni о‗qish; tinish belgilarini hisobga olib, shartli uzunlikka amal qilib tо‗xtash orqali о‗qish; о‗rganilgan she‘rni talaffuz etish tavsiya qilinadi. Mustaqil nutqni tarbiyalashga nutqning boshqa shakllariga nisbatan kо‗p vaqt ajratiladi. Mustaqil nutq oldindan tayyorlangan (she‘r, qayta hikoya qilish, mashg‗ulot mazmunini bayon qilish, kо‗rgan-kechirganlar haqida hikoya qilish) va oldindan tayyorlanmagan (kо‗tilmagan savollarga javoblar qaytarishni iltimos qilish, berilgan
mavzu xususida gapirish) bо‗lishi mumkin. Nutqning birinchi kо‗rinishi duduqlanuvchi uchun juda yengil bо‗lgani sababli ikkinchisidan oldin takrorlanadi. Mustaqil nutqni tarbiyalash uchun namuna sifatidagi ayrim mashqlar: berilgan savolga javob; duduqlanuvchi boshlangan jumlani yakunlaydi; uning о‗zi savol beradi; berilgan sо‗z asosida jumla tuzadi; jumlani qaytadan tuzadi; logoped yoki о‗rtog‗i bilan suhbat; sahnalashtirilgan tomoshalarda ishtirok etish; bayon qilingan voqeani, dramatik matnni sо‗zlab berish rasm bо‗yicha, tomosha qilingan teatr, kino haqida, shaxsiy kuzatishlar haqida, hodisalar tо‗g‗risida sо‗zlash; telefon orqali suhbatlashish; ma‘ruza, bahsda ishtirok etish va hokazo. Logopedik mashg‗ulotlarning nutq materiali mazmuni buzilishining tо‗zilishiga, yoshga, duduqlanuvchilar guruhiga, duduqlanishning о‗tib borishiga, duduqlanuvchining о‗z nuqsoniga bо‗lgan munosabatiga va boshqa kо‗pgina omillarga bog‗liq holda о‗zgartiriladi. Bunday omillarning hisobga olinishi: duduqlanuvchini tabaqalashtirib chuqur о‗rganishni va duduqlanishni bartaraf etish yuzasidan turlicha metodikalarning yaratilishiga imkon beradi. 5-7 yoshli duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan о‗yinlar ancha murakkabroq xarakterga ega bо‗ladi. Duduqlanuvchi bolalar bilan о‗yinlar guruhlarda olib boriladi. Lekin kо‗pchilik bolalar yolg‗iz о‗ynashni xush kо‗radilar.
Bunda nafas, ovoz, eshitish, tovushlar talaffuzini rivojlantirishga qaratilgan didaktik о‗yinlar о‗tiladi. (Domino, loto, piramida, qо‗g‗irchoqlar). Bu о‗yinlar kо‗ruv va eshituvni rivojlantirishga qaratilgan. Ashula aytish bilan (olib boriladigan) о„ynaladigan о„yinlar Duduqlanuvchi bolalar bilan ashulali о‗yinlar tashkil etish juda yaxshi samara beradi. Ashulali о‗yinlar qо‗zg‗alish va tormozlanish ashula protsesslarini normallashtiradi. Bolalar xor bilan yoki yakka holda aytishlari mumkin. Harakatli о„yinlar
Duduqlanuvchi bolalar bilan sekin bajariladigan harakatli о‗yinlar о‗tkaziladi. Chunki bolalarda nafas va nutq tempi buzilmasligi kerak. Shuning uchun oddiy harakat bilan bajariladigan harakatli о‗yinlar bajariladi. YA‘ni koptok, obruch, lenta bayroqlar bilan о‗ynaladigan о‗yinlar. Sportga taallukli harakatli о‗yinlar: (koptok bilan о‗ynash, sharlar bilan о‗ynash). Bunday о‗yinlarning asosiy maqsadi bolalarning umumiy harkati va nutqini mustahkamlashga qaratilgan. Dramalashtirilgan о„yinlar Dramalashtirilgan о‗yinlar duduqlanuvchi bolalarda tassavur shaxsning shakllanishi, bolalarning о‗yin davomida faolligi va nutqini rivojlantirishiga qaratiladi. Sukut saqlash rejimiga qaratilgan о„yinlar Bolalar bilan nuqtsiz (gapirmasdan) didaktik о‗yinlar о‗tiladi. Masalan. Savatga qog‗ozli, temirli, yog‗ochli narsalarni sol. Asosiy e‘tiborni motorika, qо‗l motorikalarning korreksiyasiga e‘tibor berish kerak. Masalan. «Salom bermoq», «Pianino chalish», «Fleyta chalish» ga taqlid qilish.
Bolalar 5-7 minut mozayka bilan о‗ynashlari, rasm chizishlari, kubik va sharlar bilan о‗ynashlari mumkin. Lekin umuman gapirmasdan sukut saqlaydilar.
Bolalar kо‗zlarini yumib о‗tiradilar. Logoped biror ovoz chiqaradigan о‗yinoqni chaladi, masalan pobrikushka, surnay, sо‗ngra bola kо‗zini ochib qaysi о‗yinchoq chalinganini gapirmasdan qо‗li bilan kо‗rsatadi. Shivirlab gapirishga qaratilgan о„yinlar Bolaning о‗zini erkin, bо‗sh tutishiga qaratilgan о‗yinlar о‗tkaziladi. Masalan: ―Biz uhlayapmiz‖, ―Biz dam olayapmiz‖, ―Dengiz tо‗lqinlanyapti‖ о‗yinida.
Dengiz tо„lqinlanyapti - uch Deganda bolalar qо‗l harakatlari bilan dengiz tо‗lqinlanishini ifodalaydi. Logoped ―dengiz tinchlandi‖ deganda bolalar qay xolatda bо‗lsalar, shu xolatda jim qotib qoladilar. Sо‗ngra logoped har bir bolaning oldiga kelib shivirlab ―sen nimani tasvirlading‖ deb sо‗raydi. Bola ham shivirlab ―Tо‗lqinni‖ yoki ―Tinchlangan dengizni‖ deb javob beradi. “Topishmoqli – xaltacha” о„yinni. (Shivirlab gapirish) Logoped: Bog‗bon barcha mevalarni terib xaltachaga soldi, lekin xaltachada sabzavotlar ham bor ekan. Bolalar siz diqqat bilan meni eshitasiz. Agar men mevalarni olsam sizlar shivirlab ―ha‖ deysizlar, agar men sabzavotlarni olsam sizlar shivirlab ―yо‗q‖ deysizlar. Logoped: Olma daraxtda о‗sadimi? — Bolalar shivirlab «ha». Logoped: bolalar sizlar daraxtda va yerda nimalar о‗sishini yaxshi bilasizlar. Endi nima tepada, nima pastda о‗sishini barmoqlaringiz bilan kо‗rsating. Men sizlarga shivirlab meva va sabzavotlarni aytaman sizlar esa shivirlab ularning qayerda о‗sishini aytasizlar va barmoqlaringizning harakati bilan kо‗rsatasizlar Bu о‗yin bolalarda mayda qо‗l motorikasi, hamda nutqni rivojlantirishga qaratilgan.
bо‗lishadibо‗lishadibо‗ladilar. bо‗lishadi. Quyonlar yarim doira shaklda stulda о‗tiradilar. Logoped quyonlarga qarata shunday deydi. ―Qani quyonchalar sizlar о‗rmonda sakrab о‗ynab yuribsizlar‖. Bolalar sakrab quyon harakatiga taqlid qiladilar. Logoped: ―Quyonlar qaranglarchi о‗rmonda bо‗ri kо‗rinyapti‖. Xonaning burchagida bо‗ri kela boshlaydi. Shunda barcha quyonlar ―uychalariga‖ stullariga
о‗tiirib oladi. Kim о‗tirishga ulgurmasa, bо‗ri ushlab oladi va shu bola bо‗ri rolini о‗ynaydi. О‗yin bir necha marta takrorlanadi. Harakatli о‗yinlarni о‗tkazishda sherlar bilan о‗ynaladigan о‗yinlardan ham foydalaniladi. Bolalar va kattalardagi duduqlanishni bartaraf etishda kompleks yondoshuvni talab etiladi. Korreksion ishlar bosqichiga logopedik ritmikani kiritish va unda duduqlanuvchi bolalarda ritmika asosida mustaqil nutqni tarbiyalash bolalar uchun yengillik tug‗diradi.
tarbiyasi va hikoya materialida mustaqil nutqni tarbiyalashni о‗ziga kiritadi. Bu bо‗limlarning har birida о‗zining vazifalari bor. Mustaqil nutq ustidagi qayta hikoya qilish ishida bolalar tayyorlangan matnni qayta hikoya qilishni quyidagicha dramalashtirish bilan о‗rganadilar: voqealarni, harakatlarni turlicha о‗yin materiallari asosida hikoya qiladilar. Mashg‗ulotlarda faollik, mustaqillik, о‗yinning hamma kо‗rinishlarida (harakatli, didaktik, dramalashgan о‗yinlar, syujeti-rolli) xulqning erkinligi tarbiyalanadi; tovush talaffuz qilishdagi buzilishlarning korreksiyasi bо‗yicha, nutqning leksik-grammatik qurilishini rivojlantirish bо‗yicha ish davom etadi. Bu davrda pedagog umumiy vazifalarni hisobga olgan holda logoritmik mashg‗ulotlarni quradi. Mashg‗ulotlarga katta hajmda nutq vazifalari, о‗yinlar, musiqa jо‗rligisiz mashqlar, hamda musiqali-ritmik tarbiya bо‗yicha materiallar (xorovodli va musiqali kompozitsiyalar, raqsli, musiqa ostida yodlanganlari ham, harakatli improvizatsiyalar ham) kiritiladi. Hikoya materialida mustaqil nutqni tarbiyalash bolalarni tasviriy hikoya qilishga, xotira bо‗yicha hikoya qilishga, ijodiy hikoya qilishga о‗rgatishni mо‗ljallaydi. Bu davrdagi logoritmik mashg‗ulotlar ommaviy bolalar bog‗chasi bolalarini musiqali-ritmik tarbiyasi bilan moslikda quriladi. Korreksion о‗qitish va tarbiyalash bosqichining oxirida duduqlanadigan bolalar shu qadar korreksiyalangan bо‗lishlari muhimki, ommaviy bolalar bog‗chasi dasturi talablarinieplashlarikerak.
Shuning uchun logopedik ritmika bо‗yicha mashg‗ulotlar nutq materiali, ijodiy holatlar va yetarlicha harakat vazifasibilan boyitiladi. Faol hulqni va erkin muloqotni mustahkamlash bosqichi logopedik va logoritmik mashg‗ulotlar bolalarda teng meyorda kelgusida tashkilotchilik sifatlarini, faol, shaxsning ijodiy boshlanishini, turli vaziyatlarda har qanday nutq murakkabligida muloqotni uddalashni musthkamlash masalalarini hal qiladi. Kattalar va о‗smirlar bilan logoritmik mashg‗ulotlar ham logopedik ish vazifalari va nutq muassasasining turiga sabab bо‗ladi. Duduqlanadiganlar 1 oydan 3 oygacha bо‗ladigan shifoxonada logoritmika kursi nutq korreksiyasi uchun zamin yaratishga quriladi: mashg‗ulotlar umumiy harakatlarning tempi va ritmini, mimikali muskullarni, oral praksisini, relaksatsiyani, muskullar tonusini tartibga solishni tarbiyalash uchun kо‗p vazifalarni kiritadi. Kuy deklamatsiya keng qо‗llaniladi: maxsus tanlab olingan musiqa ostida duduqlanadiganlar logopeddan olgan nutq materialni ifodali gapirib beradilar. Shifoxona sharoitida logoritmika kursi 35–60 kunga mо‗ljallangan va uchta bosqichga bо‗linadi.
.
XULOSA Pedagogik psixologik va metodik adabiyotlar tahlilidan kelib chiqqan holda ―Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirish usullari‖ mavzusi yuzasidan maxsus adabiyotlarning va tadqiqot ishlarini olib borilmaanligi tadqiqot ishimizni dolzarbligini bildiradi. -Duduqlanuvchi bolalarda mustaqil nutqni rivojlantirishda bolalar bilan korreksion ishlarini tо‗g‗ri olib borilishi ularni erkin holatda tutilmasdan muloqotga kirishishi maqsadga muvofiqdir. -Tadqiqot ishimizda duduqlanuvchi bolalarni mustaqil nutqini
tekshirganimizda bolalarning faqat ota-onalari bilan erkin nutqda gaplashganini guvohi bо‗ldik. Chunki bolalar har kuni ota-onalari bilan bо‗lganligi sababli, ulardagi his hayajon, qо‗rquvni bо‗lmasligi mustaqil muloqot qilishga yordam berdi. Ota- onalar bilan bо‗lgan suhbatda va о‗z yaqin о‗rtoqlari bilan muloqatda mustaqil tutilmasdan, erkin holatda gapirishlarini guvohi bо‗ldik. Logopedik mashg‗ulotlarda esa bolalarni hayajonlanib, tutilib qolishlari kuzatildi. -Duduqlanuvchining erkin nutq darajasi uning faqat turli darajadagi mustaqilligiga emas, balki uning tayyorgarligiga ham bog‗liqdir. -Duduqlanishni korreksiyalashning muvaffaqiyati uchun atrof-muhitni tо‗g‗ri tashkil etish: ota- onalarning о‗zaro munosabati, ularning va boshqa kattalarning bolaga nisbatan munosabati, dam olishni о‗tkazish va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
-Ota-onalar о‗z farzandlari tarbiyasida atrofdagi va kattalar uning nuqsoniga nisbatan jiddiy munosabatda bо‗lishlari, maktabgacha yoshda duduqlanishni о‗z vaqtida bartaraf etish lozim ekanligini, bolalar bog‗chasi va uyda rioya etish lozim bо‗lgan yagona talablarni bilishlari, dam olish kunlarida umumiy va nutqiy rejimni, logoped va tarbiyachilarning barcha maslahatlarini qat‘iy bajarishlari muhim.
1. О‗zbekiston respublikasining konstitusiyasi. Toshkent 2012 y. 2. О‗zbekiston Respublikasining ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ Qonuni Barkamol avlod-О‗zbekiston taraqqiyotining poydevori -T.sharq nashriyot- matbaa konserni 1997. 3. О‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi Qonuni Barkamol avlod - О‗zbekiston taraqqiyotining poydevori -T.shark nashriyot-matbaa konserni,1997. 4. I.A.Karimov. ―Barkamol avlod yili‖ Davlat dasturi. Toshkent 2010y 5. I.A.Karimov. ―Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yanada yuksaltirishdir‖.-T.: О‗zbekiston 2010 y. 6. I.A.Karimov ―Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch‖-T.:Ma‘naviyat 2008. 7. I.A.Karimov. ―О‗zbekiston mustakillikka erishish ostonasida‖ T-2012 y 8. Ayupova.M.Y. ―Logopediya‖ О‗zbekiston faylasuflari milliy
jamiyatinashriyoti Toshkent - 2007 9. Ayupova.M.YU ―Korreksion ishlar metodikasi‖ Ma‘ruza matni .T-2001 10. Axmedova Z.M, Ayupova M.YU, Nurkeldiyeva D.A.«Barmoqlar mashqi va logopedik о‗yinlar», Toshkent «Yangi asr avlodi» 2007 11. Bolajon (takomillashtirilgan ―Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‗yiladigan Davlat talablari‖ asosida ishlab uchun dastur). Tuzuvchi mualliflar S.S. Mirdjalilova, M.SH. Rasuleva, D. Sharipov va b.- Toshkent, 2010.
12. L.I. Belyakova, YE.A. Dyakova ―Logopediya Zaikaniye‖ xrestomatiya ―Eksmo-Press‖, 2001 13. L.I. Belyakova, Lubenskaya A.I. Priyom uchaо‗yeniya straxa rechi u detey, stradayuо‗ix zaikaniyem J. Defektologiya, 1985. 14. Volkova L.S., Shaxovskaya S.N. Logopediya, ―Vlados‖. 2004.
15. .Volkovoy L.S «Narusheniyagolosa i zvukoproiznositelnoy storoni rechi M- 2003 16. L.S. Volkova ―Logopediya‖ Moskva, 1989 g. 17. G.A. Volkova ―Igrovaya deyatelnost v ustranenii zaikaniya u doshkolnikov‖. Kniga dlya logopeda. M- Prosvesheniye, 1983. 18. Jukova.I.S, Mastyukova.YE.M, Filicheva.T.B «Preodoleniye obshego nedorozvitiya rechi u doshkolnikov»,-Yekaterenburg : Izd- vo ARD LTD 1998 19. Jukova O.S ―Razvitiya i obucheniya doshkolnika‖ Moskva-2006 20. Ignatyeva S.A., Blinkov Y.A.. Logopedicheskaya reabilitatsiya detey s otkloneniyami v razvitii.-Moskva, ―Vlados‖, 2004. 21. Jukova.I.S, Mastyukova.YE.M, Filicheva.T.B «Preodoleniye obshego nedorozvitiya rechi u doshkolnikov»,-Yekaterenburg : Izd- vo ARD LTD 1998 22. Jukova O.S ―Razvitiya i obucheniya doshkolnika‖ Moskva-2006 23. Ignatyeva S.A., Blinkov Y.A.. Logopedicheskaya reabilitatsiya detey s otkloneniyami v razvitii.-Moskva, ―Vlados‖, 2004. 24. I.G. Vigodskaya, YE.L. Pellinger, L.P. Uspenskaya «Ustraneniye zaikaniya u doshkolnikov v igre» posobiya dlya logopedov, Moskva, «Prosvesheniye», 1984. 25. L.S. Volkova, S.N. Shaxovskaya ―Logopediya‖ Moskva, Vlados, 1998. 26. L.R. Muminova ―Tutilib gapiruvchi о‗smirlar uchun qо‗llanma‖ Toshkent, О‗qituvchi, 1984y 27. L.R. Muminova ―Russko-uzbekskiy tolkoviy slovar logopedicheskix terminov‖ Tashkent, О‗qituvchi, 1988 y 28. L.R. Muminova ―Rol didakticheskix igr v razvitii rechi na uzbekskom yazike‖ . Maktabgacha tarbiya, T-1990 y.
29. K.M. Maxkamjonov, I.R. G‗ulomov ―Kichkintoylar uchun xalq harakatli о‗yinlari‖ metodik tavsiyanoma, Toshkent 1989 y. 30. Mironova S.A.‖Razvitiye rechi
doshkolnikov na
logopedicheskix zanyatiyax‖.M-1991 31. Pо‗latova X.M. Logopedik ritmika (Ma‘ruza matni) Toshkent 2011 32. N.A. Chevelyova ―Ispravleniye rechi u zaikayuо‗ixsya doshkolnikov‖, izdatelstvo ―Prosvesheniye‖, Moskva 1983. 33. Shomaxmudova R. ― Maxsus va inklyuziv ta‘lim‖. –Toshkent 2012.
1. Adaptatsiya – Adaptation - Adaptatsiya 2. Artikulyatsiya – Articulftion - Artikulyatsiya 3. Assimetrik xolat – Asymmetrical positional – Assimetricheskoye polojeniY. 4. Differinsatsiya – Differtntiation - Differinsatsiya 5. Innervatsiya – Innervations – Innervatsiya 6. Kompleks – Complex - Kompleks 7. Korreksiya –Correction - Korreksiya 8. Mayda motorika – Fine motor skiles - Melkaya motorika 9. Massaj –Massage - Massaj 10. Metodik tavsiyalar – Guidelines – Metodicheskiye predlojeniya 11. Nafas mashklari – Breather – Dixatelniye uprajneniya 12. Nutkiy negitivizm – Voice of negativism – Rechevoy negativizm 13. Nukson – Anomaly - Anomaliya 14. Nutkiy nafas – Speech brething – Rechevoye dixaniye 15. Tibbiy psixologik pedogogik yordam – Mediko,psixologo, pedogogicheskiy pomosh. 16. Sensor – Sensor - Sensor 17. Sensor tarbiya – 18. Matorika – Motorika. 19. Gnozis – Gnozis. 20. Alamiya – AlamiY. 21. Ijtimoiy moslashuv – Social adaptation – Alamiya adaptatsiY. 22. Ijtimoiy reabilitatsiya – Social rehaabilition – Sotsialnaya rebilitatsiY. 23. uyin – Game - Igra 24. Ijtimoiy muammoli vaziyat – Socia prodlem situation – Sotsialno problemnaya situatsiya 25. Mulokot – Communication - Kommunikatsiya
26. Tavsif – Characteriration – Xarakteristika. 27. Inklyuziya –Inclusion - InklyuziY. 28. inklyuziv ta‘lim – Inclusive Education –Inklyuzivnoye obrazovaniye 29. Integratsiya – Integration – IntergratsiY. 30. predmetli faoliyat – object oriented fctivity - 31. Korreksion tarbiyaviy ish – Corrective trainind work – Korreksion- vospitatelnaya rabota. 32. Shaxs – Personality – Mechnost. 33. Munosabat – Ratio – Otnosheniye. 34. Pedagogik jarayon – Redadodical process - 35. Metod – Method - Metod 36. Pedagogik faoliyat – Teaching activities - 37. Metodika – Methodology – Metodika . 38. Interfaol metod – The interactive method- Interaktivniy metod. 39. Psixika – Mind – Psixika. 40. Ijtimoiylashuv – Socialization - Sotsializirovaniye 41. Abilitatsiya – Habilitaion – AbilitatsiY. 42. Nutk –Speech - Rech 43. Ekspressiv nutk – Txpressive speech – Ekspressivnoye rech. 44. Xususiyat – Properties – Svoystva. 45. Defektologiya – Defectology – Defektologiya 46. Logopediya - Logopediya 47. Kompensatsiya-Compensaion -Kompensatsiya Download 467.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling