Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Низомий номидаги
Zaxriddin Muxammad Bobur pedagogik va taʼlim tarbiyaviy qarashlari
Download 85.71 Kb.
|
Kurs Ishi Ahmedova Muborak Z.M.Bobur Tarbiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ôarzanddagi baxt-saodat keltiruvchi bosh fazilat iymonidir, deb bunday yozgan edi
2. Zaxriddin Muxammad Bobur pedagogik va taʼlim tarbiyaviy qarashlari Bobur ota tomonidan Аmir Temurning, ona tomonidan Chingizxonning avlodidir. Uning tomirida Markaziy Osiyodagi ikki buyuk fotihning qoni oqqan. Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yilda otasi Mirzo Umar Shayx hukmronlik qilgan Ôargʼonada tugʼilgan. 11 yoshida otadan yetim qolgan. U “Boburnoma” kitobining ilk satrlarida shunday yozgan: “... sarvari koinotning shafoati bilan va chahoriyori bosa-folarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining boshida tarix sekkiz yuz toʼqson toʼqquzda, yaʼni 1494 yil iyunida Ôargʼona viloyatida oʼn ikki yoshda podshoh boʼldim”. Bobur yoshlik chogʼlaridanoq juda koʼp mushkullik va qiyinchi-liklarni boshidan kechirishga majbur boʼlgan. Oʼzining bobo meros mulki hisoblanmish Samarqandni ikki marta zabt etgan va ikki martasida ham qoʼldan bergan. Nihoyat, u yigirma bir yoshida ota yurtini tark etib, Xindikush osha Qobulni ishgʼol qilgan. 1511 yilda Bobur Samarqandni qaytarib olishga yana bir bor uringan. Bu gal gʼalaba nashʼasini surgan boʼlsa ham, kelgusi yil-dayoq Samarqandni qoʼlidan chiqargan. Shu tariqa Bobur Samarqand-ni uch karra zabt etib, uch karra boy bergan. Bobur Xindistonda yirik davlat tuzgan va oʼzi podshoh boʼlib, Jamna Yamuna daryosi boʼyidagi Аgra shahrida poytaxt qurgan. Bobur 1530 yil kuzida qattiq xastalanib, podsholikni katta oʼgʼli Xumoyunga topshirgan va 26 dekabrda oʼz qarorgohida vafot etgan. Bobur ajoyib sarkardaligi bilan birga maʼrifatparvar shoh va nozik didli shoir ham boʼlgan. U oʼz asarlarida goʼzallikni kuylagan, insonlarni yaxshilik qilishga, hunar, ilm-fanni oʼrganishga daʼvat etgan. Bobur asarlarining mavzuchi rang-barang boʼlib, ularda insonning maʼnaviy qiyofasi, ilm-fanning foydasi, muhabbat, yaxshilik va yomonlik tasvirlangan. U yaratgan “Xatti Bobruiy” asari arab yozuvini osonlashtirishga qaratilgan. Bobur arab harf-larining osti va ustiga qoʼyiladigan diakritik belgilar zol-zabar oʼrniga harflar kiritishni taklif qilgan. Buyuk adib xalqni osonroq savodli qilish yoʼlini izlab yaratgan mazkur alifbo amalga oshmadi. Chunki uni islomga shak kelitrish bilan barobar deb hisoblandi. Bobur Xindistonda madaniyat va maʼrifat oʼrnatdi. U juda erta hayotdan koʼz yumgan boʼlsa-da oʼzining ishlari bilan “Bobur-noma” deb atalgan asari bilan tarixda unutilmas nom qozondi. “Boburnoma” asosan Xindistonda Boburiylar saltanatini barpo etgan shoh Boburning tarjimai holi boʼlib, unda muallif oddiy va jonli til bilan oʼzining yooʼl qoʼygan xatolarini, qozon-gan gʼalabalarini, yuksak orzu-umidlarini, tushkunlik holatlarini hikoya qilgan. Аsar Аvliyo Аvgustino va Russoning kashfiyotlari, Gibbon va Nüyutonning yodnomalari qatoridan oʼrin olgan. Mazkur kitob umri davomida koʼpdan-koʼp yuksalishlar va tanazzullarni boshidan kechirgan insonning ibratli tarixidirki, uning yuksalishlari qanchalik sarbaland boʼlsa, tanazzullari shunchalik tubsizdir. Farzanddagi baxt-saodat keltiruvchi bosh fazilat iymonidir, deb bunday yozgan edi: Bobur, avvalig’a farz qil ta’rif Kim, bor insonga avval ul taklif. Budir – iymon men aytayin, eshiting, Harna der – men, ani ko’ngulga biting... Bobur qirq yetti yilu oʼn oy umr koʼrgan boʼlsa, “Boburnoma” uning hayotidan atigi oʼn sakkiz yilini qamragan. Kitob Bobur-ning oʼz qoʼli bilan turkiy tilda yozilgan. Unda Bobur ijodiyotida taʼlim-tarbiya, odob-axloq masalalari keng oʼrin olgan. Bir asarida: Xulqingni rost qilgʼil har sorigʼaki borsang, Аxsanta der bari el gar yaxshi ot chiqarsang,- deb yozgan Boburning oʼzi umr boʼyi ana shu gapiga rioya qilgan. Koʼp gʼazallarida axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, katta baxtga sazovor boʼlishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazi-latlarni doimo ulugʼlagan. Quyidagi ruboiy Boburning kamtarli-gidan, fikr-mulohazaliligidan dalolat beradi: Ey, yel, borib ahbobqa nomimni degil, Xar kim meni bilsa, bu kalomimni degil. Mendin demagil, gar unutilgan boʼlsam, Xar kimki meni soʼrsa, salomimni degil. Bobur sheʼrlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulugʼlanadi. Eng avvalo, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib gʼururlanmaslik, kamtarin-lik kabi xislatlar targʼib etiladi. Bobur taʼlim-tarbiya haqida gʼoyalarini oʼzining “Boburnoma”, “Mubayyan”, “Risolai volidiya” kabi asarlarida bayon etgan. Bobur inson kamolotining birinchi ostonasi oila ekanligi-ni uqtirib, u jarayon nihoyatda qiyin va murakkabligini his etgan edi. Bolalarning axloq-odob qoidalarini oʼrganishi koʼp jihatdan atrofdagi shaxslarga bogʼliqligini yaxshi bilgan Bobur oʼz farzand-larini tarbiyalashda tadbirkor, bilimdon odamlar bilan maslahat-lashib, tajribali fozil va tarbiya koʼrgan kishilar bilan kengashib ish tutgan. U oʼzining “Eʼtiqodiyya” asarida bolalarni yoshlikdan boshlab eʼtiqodli, imonli qilib tarbiyalash masalala-riga eʼtibor bergan. Ôarzanddagi baxt-saodat keltiruvchi bosh fazilat iymonidir, deb bunday yozgan edi: Bobur, avvaligʼa farz qil taʼrif Kim, bor insonga avval ul taklif. Shudir – iymon men aytayin, eshiting, Xarna der – men, ani koʼngulga biting... U farzand tarbiyasida qoʼllanishi lozim boʼlgan usullar deb: 1. Ota-onani farmoni farzand uchun vojibligi. 2.Barcha insonlarga yaqinligini oʼrgatish. 3.Xar bir paytda oʼzingizni ibrat aylab koʼrsatish. Mustaqillik, qatʼiylik va uddaburonlik uchun bolaga doimiy talablarni qoʼyish va uning ijrosini kuzatish. Uning bu ish uslubini oʼgʼli Xumoyunga qilgan nasihatidan koʼrsa boʼladi. U oʼgʼli Xumoyunga doimo aql-zakovat va bilimga tayanib harakat qilish kerakligini taʼkidlagan: “... Yana ulugʼ ish ustiga borasen, ish koʼrgan, ray va tadbirliq beklar bila kengashib, alarning soʼzi bila amal qilgaysen. Аgar meni rizomni tilarsen, xilvatnishi-liqni va el bila kam ixtilotliqni bartaraf qilgʼil. Kunda ikki navbat iningni va beklarni ixtiyorigʼa qoʼymay qoshinga chorlab, maslahat boʼlsa kengashib, bu davlat xalqlarining ittifoqi bilan har soʼz unga qaror bergaysen”. Bobur farzandi Xumoyunning kamchiliklarini koʼrgan zahoti ularni tuzatish uchun ogohlantirgan. Unga yozgan maktubida: “Xatingni xud tashvish birla oʼqusa boʼladur, vale asru mugʼlaqtur. Nasri muammo hech kishi koʼrgan emas... Shundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti, ham senga tashvish ozroq boʼlur va ham oʼqugʼonga”, - deb taʼkidlagan. Bobur sheʼrlarida inson kamoloti uchun ilmning naqadar zarurligi qayta-qayta uqtirilgan: Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, Oʼrgangali ilm tolibi ilm kerak. Men tolibu ilmu tolibi ilm yoʼq, Men bor men ilm tolib ilm kerak. Bobur ilm toliblari “hamisha yuksak fazilatlarga ega boʼlishi lozim” deb hisoblagan, ularning kamtar, sofdil, xalqni hurmatlaydigan fazilatlarga ega boʼlishini istagan: Shori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yoʼq, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiliq. Shoburning taʼlim-tarbiyaviy qarashlaridagi bosh masala vatanga cheksiz muhabbatdir. Uning shu mavzudiga sheʼrlari kitob-xonni ona-Vatanni sevishga, unga fidoyi, sodiq boʼlishga, oʼz xalqiga xizmat qilishga chorlaydi, oʼquvchining qalbida yuksak insonparvarlik tuygʼularini uygʼotadi: Tole yoʼq jonimgʼa baloligʼ boʼldi, Xar ishniki qildim xatoligʼ boʼldi. Oʼz yerni qoʼyub hind sori yuzlandim. ¡rab, netayin, ne yuzi qaroligʼ boʼldi. Koʼpdin berikim yoru diyorim yoʼqtur, Bir lahzau bir nafas qarorim yoʼqtur. Keldim bu sari oʼz ixtiyorim birla Lek borurimda ixtiyorim yoʼqdur. Bobur taʼlim-tarbiyaga doir gʼoyalarini oʼz boshidan kechirgan, koʼrgan va bilgan voqealardan xulosalaydi. U oʼz zamonasidagi badxulq, bemehr uqubatsiz insonlarga qarata shunday yozgan edi: Qolmadi hurmat ahli olamda, Olamu olam ahlidin bu ilik. Bobur ikki podshohligidin, Yaxshiroq bu zaminda bir beklik.
Davlatqa yetib mehnat elin unutma, Shu besh kun uchun oʼzingni asru tutma... Beqayd menu xarobi sim ermasen... Xam mol yigʼishtirur laim ermasmen. Bobur ruboiylarida nafs xohishlariga berilmaslikka unday-di. Chunki nafs insonni yomon yoʼllarga olib kiradi. Oʼz nafsini tiya olishi, aqlga asoslanib rejali ish olib borish zarurligini taʼkidlaydi: Nafsing kasbidur havoyu havas, Ruh oldidadir bular yaramas. Nafs dushman durur, yaqin bilgil, Doʼstim bu soʼzni chin bilgil. Bobur yosh avlodni toʼgʼrilik, mehribonlik, vafodorlik, ezgu-lik hamda yaxshi kishi yaxshilik koʼradi, yomon kishi yomonlik koʼradi qoidasiga asoslanib shunday yozgan edi: Xar kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Xar kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. Yaxshi kishi koʼrmagay yomonligʼ hargiz, Xar kimki yomon boʼlsa, jazo topqusidir. Bobur tabiatdagi moʼʼjiza va goʼzallikning shaydosi edi. Bobur oʼz vatanini chuqur bilganligi sababli handasa ilmiga juda katta yangiliklar kiritdi. U yonlab hayvonlarni oʼrganib foyda-ziyonni, inson parvarishiga muhtojligini alohida uqtirdi hamda ularni tavsiflab berdi. Quruqlikdagi hayvonlar, suv va suv yoqalarida yashaydigan qushlar, suv hayvonlari, hatto daraxtlar, mevalar va gullarni tabiatshunoslarga xos ilmiy asoslab bergan. Bobur oʼzining buyuk asar “Boburnoma”da Vatanning tabiati va iqlimini chuqur bilganligini namoyish etgan.
Download 85.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling