Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


- ma’ruza Gaz quvurlarini korroziyadan ximoya qilish


Download 4.59 Mb.
bet129/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135
Bog'liq
B majmua

19- ma’ruza
Gaz quvurlarini korroziyadan ximoya qilish
Reja:

  1. Nofaol va faol ximoya

  2. Normal izolyasiya

  3. Oddiy drenaj

  4. Polyarizasiya qilingan va kuchaytirilgan drenaj


Ta`limiy maqsad: O’quvchilar bilimini mustaxkamlash va ularga kunikma berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar bilimini mustahkamlash va mustaqil fikrlashga o’rgatish


Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: Nilufar guli, dialog, aqliy hujum, kichik guruhlarda
Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Korroziyadan himoya qilish ikki xil bo’ladi:

  • nofaol himoya;

  • faol himoya.

Nofaol himoyaga gaz quvurlarini korroziyaga qarshi izolasiya – qoplama bilan o’rash kiradi. Faol usullarga esa gaz quvurlarining elektr himoya usullari kiradi. Izolasiyada, asosan, neft bitumidan foydalaniladi. Bitumning mexanik mustahkamligini oshirish uchun unga 10 – 15% miqdorida qalin sement va mayda azbest kukunlari qo’shiladi. Izolasiyani kuchaytirish maqsadida brizol, gidroizol, steklotkan va polixlorvinil yopishqoq lentalar ishlatiladi.
Gidroizol – bu qalin azbest qog’oziga 150 yo 20% selluloza qo’shilib, bitum shimdirilgan rulonli lenta.
Brizol – bu eski astomobil ballonlari maydalanib, bitum bilan qaynatilib tayyorlangan rulonli materialdir.
Kuchaytiruvchi qatlamlarning soniga qarab gaz quvurlarining izolasiyasi uch xil bo’ladi: normal izolasiya; kuchaytirilgan izolasiya; o’ta kuchaytirilgan izolasiya.
Gaz quvurlarini izolasiya qilishdan oldin ular metall setka yordamida yaltiraguncha tozalanadi. Undan so’ng quvur benzin bilan artib chiqiladi va quvur sathiga gruntovka surtiladi. Gruntovkaning tarkibi uch qism benzin va bir qism eritilgan bitumdan iborat bo’lib, benzinga sekin-asta 160 – 180 ºS li eritilgan bitum quyiladi va aralashtirib turiladi. Teskarisini qilish, eritilgan bitumga benzin quyish mumkin emas, chunki benzin yonib ketishi mumkin va benzin bitum bilan yaxshi aralashmaydi. Gruntovka surtishdan maqsad, undan keyin quvurga surtiladigan bitum quvurga yaxshi yopishadi va yorilib ketmaydi.
Normal izolasiya tarkibi:

  • gruntovka;

  • eritilgan bitum;

  • klaft qog’oz.

Qoplamaning umumiy qalinligi 3 mm bo’ladi.
Kuchaytirilgan izolasiya tarkibi:

  • gruntovka;

  • eritilgan bitum;

  • kuchaytiruvchi qatlam (gidroizol, brizol yoki steklotkan);

  • eritilgan bitum;

  • klaft qog’oz.

Izolasiya umumiy qalinligi – 6 mm.
O’ta kuchaytirilgan izolasiya tarkibi:

  • gruntovka;

  • bitum;

  • kuchaytiruvchi qatlam;

  • bitum;

  • kuchaytiruvchi qatlam;

  • bitum;

  • klaft qog’oz.

Izolasiya umumiy qalinligi – 9 mm.
Agarda yerning korrozion faolligi past bo’lsa, unda normal izolasiya qo’llaniladi. Agarda yerning korrozion faolligi o’rtacha bo’lsa, unda kuchaytirilgan izolasiya qo’llaniladi. Qolgan paytlarda esa o’ta kuchaytirilgan izolasiya qo’llaniladi. Shahar sharoitida yerning korrozion faolligi qanday bo’lishidan qat’i nazar, faqat o’ta kuchaytirilgan izolasiya qo’llaniladi. CHunki shaharlarda yerning tarkibi har xil bo’lishi mumkin va bundan tashqari, shahar yerlarida daydi toklar mavjud bo’ladi. Qoplama sifatida polixlorvinil lentalar qo’llanilganda, quvur yaxshilab toazalanadi. Undan keyin unga gruntovka surtilib, polixlorvinil yopishqoq lenta maxsus mashinalar yordamida quvurlarga o’raladi. Bu lentalar qalinligi 0,3 mm bo’ladi, eni esa 0,4 – 0,5 m bo’ladi.
Gaz quvularini korroziyadan saqlashning faol usullariga quyidagi elektr himoya usullari kiradi:

  • elektrodrenaj;

  • katod himoyasi;

  • protektor himoyasi.

Elektrodrenaj himoyasida gaz quvurlariga kelib tushgan daydi toklarni anod zonasidan izolasiya qilingan drenaj kabel yordamida qaytarib, daydi toklar manbayi bo’lgan relsga yoki tortish podstansiyasining manfiy shinasiga yetkazib berishga aytiladi. Toklarning kabel yordamida chiqishi natijasida elektr korroziya to’xtaydi. Elektr drenajlar uch xil bo’ladi (6.4-rasm).

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling