Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


rasm. KGI-56 avtomatik oqova gaz suv


Download 4.59 Mb.
bet78/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   135
Bog'liq
B majmua

rasm. KGI-56 avtomatik oqova gaz suv isitgich:
1 - kojux; 2 - o't kame-rasi; 3 - zmeyevik; 4 - ra­diator; 5 - tyagoprerivatel;

  1. - gaz-gorelka qurilmasi;

  2. - gaz bosimi rostlagichi;

8- blok-kran; 9 - issiq suv quvuri; 10 - gaz krani; 11 - gaz quvuri; 12 - sovuq suv quvuri; 13 - pilik dastasi; 14-gorelkadastasi
KNI - 56 suv isitgichi kojux (1), zmeyevikli o't kame-rasi (2), radiator (4), tyagoprerivatel (5), blok kran (8), gaz bosimi rostlagichi (7) va gaz-gorelka qurilmasi (6)dan iborat. Suv isitgichga 25 mm diametrli quvur (11) orqali kiradi. Quvur kran (10) bilan ochib-yopiladi. Sovuq suv va issiq suv (15) mm diametrli quvur (9 va 12) orqali tushadi. Suv isitgichni yoqish uchun oldin dasta (13) bilan pilik ochiladi, u pilikdan o't oladi.
KGI - 56 suv isitgichlari oshxonalarga yoki vannaxonalarga o'rnatiladi, ular yonmaydigan devorga mahkamlangan dyubellarga shupurlar burab berkitish ilmoqlari yordamida mahkamlanadi. Agar suv isitgich suvalgan yog'och devorga o'rnatiladigan bo'lsa, suv isitgich­ning orqasiga qalinligi 3 mm asbestga qoplangan po'lat tunuka qoqiladi.
Gaz suv isitgichlari korpusi ostidan polgacha 870 - 1200 mm masofa qolishi kerak. Suv isitgichlar dudburonga po'lat tunukadan qilingan quvurlar bilan ulanadi. Quvur diametri jihozning tutun gazlarini olib ketadigan patrubogi diametridan kichik bo'lmasligi lozim. Tyagoprerivatel ustida quvurlarning vertikal qismi uzunligi - kamida 0,5 m, gorizontal qismi yangi uylarda ko'pi bilan 3 m va ilgari qurilgan uylarda 6 m bo'lishi lozim. Quvurlar suv isitgich tomonga 0,01 m qiyalikda o'rnatiladi.
Quvurlar bir-biriga gaz yo'li yo'nalishida kamida 0,5 quvur di-ametrigacha kirishi va dumaloqlash radiusi kamida quvur diametriga teng bo'lgan uchtadan ortiq burilishga ega bo'lmasligi kerak. Quvur uchidan 10 sm nariga devorga tiraladigan shayba o'rnatiladi.
Suv isitgich quyidagicha o'rnatiladi: o'rnatish joyi belgilab olinadi, devorga mahkamlanadigan dyubellar uchun teshiklar o'rni belgilanadi va o'yiladi. So'ngra dyubellar mahkamlanib, ularga shuruplar buraladi. suv isitgich osiladi, u gaz va suv quvurlariga ulanadi.
AGV tipidagi avtomatik gaz suv isitgichlar issiq suv bilan ta'minlash uchun qo'Uaniladigan va bir necha nuqtadan suv olishga imkon beradigan sig'imli suv isitgichlardir. Suv isitgichlarni vannaxonalarga, oshxonalarga yoki hajmi kamida 6x3 m bo'lgan xonalarga o'matishga ruxsat beriladi. Ular, albatta, alohida gaz quvuriga ulanishi lozim.
AGV - 80 suv isitgichining asosiy qismlari : kojux (1), suv baki (3), o'tquvur (5), eshikcha (ll)li o'txona (8), pilikli gaz gorelkasi (9) va avtomatik jihozlardan iborat. Kojux (1) - qalinligi 1 mm li po'lat listdan tayyorlangan silindr, uning sirti emal bo'yoq bilan bo'yab qo'yiladi. Bak va kojux devorlari orasida issiqlik izolatsiyasi (2) - shlakpaxta qatlami bo'ladi.
Suv baki - qalinligi 3 mm li.ruxlangan po'latdan tayyorlangan usti va osti berk silindr. Silindrning yuqorisida diametri 20 mm li ikkita shtutser bor. Ulardan biri sovuq suv quvuri (4) ni, ikkinchisi issiq suv quvuri (23) ni, ulash uchun mo'njallangan. Suv isitgichdan suv shtutser (7) orqali to'kiladi.
Bak o'qi bo'ylab diametri 80 mm li o'tquvur (5) joylashgan. Yo-nish kamerasidan chiqqan qaynoq gazlar shu quvurdan o'tib, suvni qizdiradi. Issiqlik berishni oshirish uchun o'tquvur ichiga gaz oqimi uzaytirgichi (6) joylashgan. Yuqoridan o'tquvurga tyagopryerivatel (24) kiydirilgan. Suv isitgich o'txonasi (8) da injeksion tipdagi gaz gorelkasi (9) joylashgan. d 13
Gaz quvur (22)ga, shuningdek, gorel-ka va pilik oldiga tiqinli kran (21) va gaz krani (20) o'rnatilgan. Suv haroratini birdek saqlab turish uchun bakning o'rta qismiga harorat rostlagichning sezgir de­menti (13) o'rnatilgan.
Gaz gorelkaga elektr magnit klapan (19) va harorat rostlagich klapani (17) orqali keladi. Klapan (19) ni ulash uchun knopka (18) ni bosish kerak.
Pilik naychasi (14) oldida, termopara naychasi (15)da bimetall plastinkali ter­mopara (12) joylashgan. U gorelkaga boradigan gazni rostlab turish uchun xizmat qiladi. Suv isitgich baki doim suv tarmog'i bosimi ostida turadi. Go-relka yongandan so'ng uning alangasi-dan chiqqan issiqlik va o'tquvur orqali o'tadigan qizigan gazlar suvni isitadi. Bakdagi suv zarur haroratgacha qizi-gach, rostlagichning sezgir elementi latun naychasi uzayadi va unga biriktirilgan rostlagich sterjenini tortadi. Richagli prujina rostlagich richagini boshqa vazi­yatga o'tkazadi va rostlagich klapanni bo'shatadi. Klapan o'z prujinasi ta'sirida berkitiladi va rostlagich orqali gorelkaga gaz o'tishi to'xtaydi, gorelka kallagidagi alanga o'chadi, lekin pilikdagi yonib turaveradi, chunki unga gaz elektr magnit klapan orqali keladi.
Bakdagi suv ma'lum haroratgacha pasayganda, rostlagich naychasi sovib qisqaradi va uning sterjeni rostlagich richagiga ta'sir qiladi. Richagli prujina rostlagich richagini dastlabki vaziyatga buradi va rostlagich klapanini ochadi.
GBSh lari shaharlarda aholi punktlari, sanoat korxonalari, kommunal maishiy korxonalar va h.k.da qo’riladi. GBQ lari esa gazlashtirilgan binolar ichki qismiga o’rnatiladi. GBSh va GBQ ga gaz bosimining kiritilishiga qarab o’rtacha bosimi 0.3 MPa gacha va yuqori bosimli 0.3 MPa dan 1.2 MPa gacha bo’ladi. GBSh tarmoqli ko’rinishli va maydonli obyektli turlarda bo’ladi.
GBSh alohida binolarda yoki shkaf ichida o’rnatish mumkin. Kommunal maishiy korxonalarda GBSh ri va o’rtacha bosimli 0,6 MPa gacha isituvchi qazon qurilmalarida binolarda, gaz qurilmalari joylashgan bino ichida o’rnatilishi mumkin.
Sanoat korxonalari GBSh ni ochiq maydonga yoki ko’tarilma holatda agarda iqlim sharoit gaz qurilmalarining normal holatda ishlashi ta’minlansa, o’rnatish mumkin ochiq maydonga o’rnatilgan GBSh lar albatta devor bilan o’ralgan bo’lishi kerak. Shkafli GBSh lar olovga chidamli ustunli ko’rinishda o’rnatiladi.
GBK lar sanoat korxonalari va kommunal maishiy korxonalarida to’g’ridan – to’g’ri binolar (sexlar) ichida, qazon qurilmalari joylashgan binolarda joylashtirilishi mumkin. GBQga kirayotgan gaz bosimining maksimal qiymati 0,6MPa dan oshmasligi kerak. GBSh kirish gaz bosimi 1,2 MPa bo’lgan qo’rilmalar sex ichida o’rnatilishi ham mumkin, agarda texnologik jarayon 0,6 MPa bosimdan katta bosimga talab bo’lsa, GBQ ri uylarda umumiy binolarda o’rnatilishi mumkin emas. GBQ lar shkaflarda joylashgan bo’lsa avvalo bor, ular yong’inga chidamli materialdan tayyorlangan bo’lishi, pastki va yuqori qismdan havo almashtirish teshiklari (yo’llari) bo’lishi kerak.
Tarmoqli gaz boshqaruv shaxobchalari quyidagi qismlardan va tugunchalardan tashkil topgan:
Gaz bosimli boshqaruv tuguni;

  • (PZK) saqlagich yopgich qopqoqchalari bilan birgaliklari;

  • aylanma (boypasli) gaz tarmoqlari;

  • (PSK) chiqarib yuboruvchi qopqoqcha;

  • Nazorat o’lchov uskunalari;

  • CHiqarib yuboruvchi qo’shimcha (produvka) gaz tarmog’i;

  • Gaz boshqaruv shahobchasining texnologik tasviri quyidagicha;







Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling