Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet105/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135
Bog'liq
B majmua

rasm. Truboprovodlarning issiqlik izolyapiyasi: a — tashk,i magistrallar uchun, b ichki magistrallar uchun, ye — perlit-beton krbiklardan qilingan issiqlik izolyasiyasi:
1 — to’r, 2 — asbest-sement suvoq, 3 — gid­roizolyasiya qatlami, 4 — mineral paxta bi­lan izolyasiyalash, 5 — korroziyaga qarshi qop-lama, b — doka yopishtirish, 7 ~ moyli bo’yoq, g — truboprovod, 9 — perlit-beton qobiq, to — mahkamlash xomuti.
Issiqlik izolyasiyasini o’rash uchun rasm, a va b) oldin truboprovodning. tashqi sirti metall chutka bilan tozalanadi va unga antikorrozion lak 5 surkaladi, so’ngra truba ustiga mineral paxta bo’laklari 4 o’raladi. Shundan so’ng ustidan metall to’r o’ralib, izolyasiyani saqlash uchun asbestsement qorishmasi 2 bilan suvaladi. Diametri 300 mm gacha bo’lgan trubalar uchun suvoq qalinligi 10 mm, diametri 300 mm dan katta trubalar uchun 15 mm bo’lishi kerak. Ichki kom­munikasiya uchun trubalarning sirtiga qoplik mato yoki doka 6 yopishtiriladi va moyli bo’yoq 7 bilan bo’yaladi.
Issiqlik izolyasiyasining konstruksiyasi va izolyasiya qatlamining qalinligi loyihada ko’rsatiladi. Izolyasiyaning qalinligiga qarab, trubalar ustiga mineral paxta bir, ikki yoki uch qavat o’ralishi mumkin.
Issiqlik izolyasiyasini saqlash uchun dia­metri 800 mm gacha bo’lgan sement qobiqlar (yarim silindrlar) qo’llaniladi. Ular trubalar-ning to’g’ri uchastkalariga kiydiriladi va metall xomutlar bilan mahkamlanadi. Yarim silindrlar ruxlangan po’lat yoki korroziyaga qarshi tarkib qoplangan lenta bandajlar bilan mahkamlanadi. Yarim silindrlarni korroziyaga k.arshi tarkib surkalgan alyuminiy yoki po’lat sim bilan mahkamlashga ruxsat beriladi. Ishlarni yaxshiroq industrasiyalash uchun perlit beton qobiqlardan ham foydalaniladi. Bunday qobiqlar ko’pchigan perlit qum, asbest va sementdan tayyorlanadi. Ular issiqlik eltgichning temperaturasi 150°S gacha bo’lganda keng kanallar, texnikaviy yerto’lalar va bino ichidan o’tkaziladigan trubalarning issiqlik izolyasiya­si uchun mo’ljallanadi.
Perlit qobiqlar 9 v) to’g’ri burchakli va tekis sirtli ichi bo’sh yarim silindrdan iborat. Buylama qovurg’alarning «chorak» shakldor profili choklarda bo’ladigan issiqlik iyerofini kamaytiradi. Trubalarni qobiqlar bilan izolyasiyalashda ko’ndalang choklar o’rab ketilishi kerak. Qobiqlar quruq,layin biri ikkinchisiga taqab qo’yiladi va mahkamlash xomutlari bilan qattiqlab ketiladi. Mahkamlash xomuti qalinligi 0,3—0,5 mm, eni 25—30 mm li metall belbogdan ibo­rat.
Agar zarur bo’lsa, issiqlik izolyasiyasining suvalgan sirtlari, shuningdek perlit-beton qobiq sirtiga qoplik mato yoki ip gazlama yopishtiriladi va bo’yaladi.
Issiqlik zltgich yuborilgandan keyin trubalar qiziydi va uzayadi. Temperatura 100°S ga ko’tarilganda 1 m li truba 1 mm uzayadi. Agar loyiha tuzish paytida trubaning uzayishi hisobga olinmasa, ancha katta zo’riqish paydo bo’lishi, truba deformasiyalanib, mahkamlangan joylari uzilishi mumkin.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling