Bir trubali isitish sistemasining payvandlangan stoyagi:
1 — kran, 2 — suv to’kish uchun troynik, 3—surilma mufta (stakancha)
Yerto’la va chordoqdagi magistral trubalar rezba yordamida va payvandlab quyidagi tartibda yig’iladi: oldin o’rnatilgan tayanchlarga teskari magistral trubalar qo’yiladi, magistralning bir bo’lagi zarur qiyalikka to’g’rilanadi va truba rezba yordamida yoki payvandlab biriktiriladi, so’ngra sgonlar yordamida stoyaklar magistralga oldin quruq, so’ngra zig’ir tola o’rab va surik surkab biriktiriladi. Truba tayanchlarga mahkamlanadi.
Chordoq tarmog’i magistrallarini yig’ishdan oldin qurilish konstruksiyalari sirtida magistrallarning o’qlari belgilab olinadi va belgilangan o’qlar bo’yicha osmalar va devor tayanchlari o’rnatiladi. Shundan so’ng magistral truba yig’iladi va osmalar yoki tayanchlarga mahkamlanadi, magistrallar to’g’rilanadi va truba rezba yordamida yoki payvandlab biriktiriladi; so’ngpa stoyaklar magistralga ulanadi.
Magistral trubalarni o’tkazishda loyihada ko’rsatilgan qiyaliklarga rioya qilish, trubalarning to’g’riligini ta’minlash, havo yig’gichlar va boshqa moslamalarni loyihada ko’rsatilgan joylarga o’rnatish lozim. Agar loyihada trubaning qiyaligi ko’rsatilmagan bo’lsa, havo yig’gichlar tomonga 0,002 balandlatib o’tkaziladi. Chordoq, kanallar va yerto’lalarda trubaning qiyaligi reyka, shayton va shnur yordamida belgilanadi. Yig’ish joyida loyiha bo’yicha truba o’qining biror nuqtasi aniqlanadi. Shu nuqtadan gorizontal chiziq chiziladi va shnur tortiladi. So’ngra zarur qiyalikda birinchi nuqtadan biror masofada truba o’qining ikkinchi nuqtasi topiladi. Shu ikki nuqtaga shnur tortiladi, ana shu shnur truba o’qini belgilaydi. Trubalarni devor va orayopmalar ichida biriktirishga yo’l qo’yilmaydi, chunki ularni ko’zdan kechirish va remont qilish mumkin bo’lmaydi.
Issiqlik iyertkrini kamaytirish uchun isitish sistemasidagi trubalar issiqlik izolyasiyasi bilan qoplanadi. Issiq tutgich sifatida mineral paxta qo’llaniladigan issiqlik izolyasiyasi eng keng tarqalgan. Mineral paxta zavodda ma’lum o’lchamli gilamchalar yoki eni 1—1,5 m li uzun mato tarzida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |