Ўзбeкистон рeспубликаси олий ва ўрта-махсус таълим вазирлиги тошкeнт ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини мeханизациялаш муҳандислари институти «гидромeлиоратив ишларни мeханизациялаш»


Download 0.88 Mb.
bet1/2
Sana02.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1075305
  1   2
Bog'liq
Qurilish va taʼmirlash ishlarini mexanizatsiyalashda guruntlar qurilish xossalarini xisobga olish.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA-MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XOʻJALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI “GIDROMELIORATIV ISHLARNI MEXANIZATSIYALASH” FAKULTETI Suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish yoʻnalishi 404-guruh talabasining tayyorlagan

Bajardi : Temirov Bexruz


Mavzu : Qurilish va taʼmirlash ishlarini mexanizatsiyalashda guruntlar qurilish xossalarini xisobga olish.

ER ISHLARI

  • Suv xo’jaligi inshootlari qurilishi, ularni ekspluatatsiya qilish hamda ta’mirlashda albatta er ishlari bajariladi. Er ishlari eng ko’p hajmda bajariladigan ish turi hisoblanadi. Er ishlariga uni qazish, tashish va to’kish jarayonlari kiradi. Har qanday grunt inshooti qurilishi amalga oshirilganda yuqorida ko’rsatilgan jarayonlar bilan birga qattiq gruntni yumshatish, tekislash hamda zichlash ham amalga oshirilishi mumkin

Gruntlarni qurilish xossalari

  • Grunt deb er qobigining yuqori qatlamini tashkil etuvchi tog’ jinslariga aytiladi. Grunt uch fazali murakkab birikma bo’lib uning xususiyatlarini injenerlik geologiyasi, tuproqshunoslik va gruntlar mexanikasi fanlari yordamida to’liq o’rganish mumkin. Gruntning qurilish xossalari uni mexanik tarkibi va fizik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Mexanik tarkibiga ko’ra gruntlar xarsang toshlar (diametri>200 mm), chakir toshlar (diametri 40-200 mm), shag’al tosh (diametri 2-40 mm), qum (diametri 0,05-2 mm), chang (diametri 0,005-0,5 mm) va gil (diametri<0,005 mm) deb ataladi. Zarralardan iborat boglanmagan gruntlar katta suv o’tkazuvchanlikka ega, ular nam holatda o’zaro yopishmaydi va elastik emas. CHang zarralaridan iborat gruntlar suvda kam bo’kadi va suvni kam o’tkazadi; bu zarralardan tashkil topgan gruntlar deyarli yopishmaydi, quriganda esa juda kam cho’kadi. Gil gruntlar nam holatda juda yopishqoq bo’ladi. Gruntlarning fizik xossalarini xarakterlovchi ko’rsatgichlarga grunt zichligi, g’ovakligi, namligi, yopishqoqligi va ichki ishqalanish xususiyatlari kiradi.

Gruntlarning fizik xossalariga baho berishda quyidagi tushunchalardan foydaniladi:
1. Gruntning solishtirma og’irligi deb bir xil hajmda olingan absolyut quruq grunt og’irligini suv og’irligiga nisbatiga aytiladi. Misol uchun shag’alning solishtirma og’irligi 2.65-2.8 t/kub m.
2. Gruntning hajm og’irligi deb tabiiy holatda olingan 1,0 kub metr gruntning kilogrammlarda ifodalangan og’irligiga aytiladi. Misol uchun: shag’alning hajmi og’irligi 1,8-2.0t/kub m; qumoq tuproqniki 1,5-1,8 t/kub m; loyniki 1,7-2.0 t/kub m.
3. Gruntning bog’lanuvchanligi deb grunt zarralarini bir-biridan ajratishga intilgan kuchga gruntning qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga aytiladi. Gruntning bog’lanuvchanligi gruntning bir zarrasi ikkinchisi bilan qanday kuch bilan bog’lanib turishini ko’rsatadi. Grunt zarralarining bog’lanish darajasi tabiiy qiyalik burchagi bilan aniqlanadi. Bu burchak gruntning mexanik xossalari va namligiga qarab o’zgaradi. Misol uchun shag’alning quruq va nam xolidagi qiyalik burchagi 40 gradus, xo’l holida esa 35 gradus.
4. Gruntni tabiiy qiyalik burchagi deb grunt sochilib (yoyilib) ketmaydigan qiyalik yuzasi bilan gorizontal tekislik orasidagi burchakka aytiladi.
5. Gruntning namligi absolyut quruq holatidagi (105 gradusgacha quritilgan) grunt tarkibidagi suvni uning og’irligiga yoki hajmiga nisbatan foizda ifodalangan miqdorini bildiradi. Grunt quruq, nam(yumshoq) va ho’l(suyuq) holatda bo’lishi mumkin. G’ovaklarini 40 foizidan kam qismi suv bilan to’lgan grunt quruq grunt, 40-80 foiz qismi suv bilan to’lgan bo’lsa nam grunt, 80 foizdan ortiq qismi suv bilan to’lgan bo’lsa ho’l grunt deb ataladi.
6. Gruntning suv o’tkazuvchanligi deb gruntning yuqori qatlamidan pastki qatlamiga suv o’tkazish qobiliyatiga aytiladi. Misol uchun qum, toshlar va shag’al juda yaxshi suv o’tkazuvchanlik xususiyatga ega bo’lsa loy va loysimon gruntlar yomon suv o’tkazadi.
7. Gruntni plastikligi deb hamir holiga keltirilgan gruntni bosim ta’sirida yorilmay o’z shaklini oson o’zgartirish xususiyatiga aytiladi. Gruntni namlik darajasi ortishi bilan uning pishiqligi kamayadi.
8. Gruntning yopishqoqligi deb gruntga ishlov burayotgan qurollarga yopishish xusussiyatiga aytiladi. Grunt yopishqoqligi uning namlik darajasi va tarkibidagi qum miqdoriga bog’liq.
9. Gruntni yumshaluvchanligi deb gruntga ishlov berilgandan so’ngi hajmini ishlov berilganga qadar bo’lgan hajmiga nisbati tushiniladi. Misol uchun qumning yumshalish koeffitsenti Kyu=1,08; shag’al uchun Kyu = 1,32. Gruntlarni mexanik-fizik xususiyatlarini bilgan xolda er ishlarini bajarish usulini, mashina-mexanizm turini, mahalliy gruntlarni qurilish materiali sifatida yaroqli yoki yaroqli emasligi va boshqa injenerlik masalalarni . qilishimiz mumkin.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling