Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Тошкент давлат педагогика университети Сиртқи (махсус сиртқи) бўлим
Download 117.6 Kb.
|
Bobur haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu
- Bobur g`azallari.
Ma`naviyat daqiqa:
1. Vatanimiz qayer? 2. Vatan qayerdan boshlanadi. Vatan bu ostonadan boshlanadi. Vatan bu kindik qonimi to’kilgan joy. Vatan bu o’tirgan partamiz. Vatan bu ona allasidan boshlanadi. 3.Bu yil Mustaqillik bayramini necha yilligini nishonladik? 4.Davlatimiz Mustaqil bo`lib o`zining nimalariga erishdi? 5.O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qachon qabul qilingan? 6. O`zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog`i qachon qabul qilingan? 7.Gerb haqida sherlar bilasizmi? 8.Madhiya qachon qabul qilingan? 9. Konstitutsiya qachon qabul qilingan? 10.Bu yil qanday yil? Yangi mavzu: Bobur turk va fors tillarida erkin ijod etgan. U turkcha she'rlarini to`plab, 1519- yilda Kobulda, 1528—1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzdi. Bu ikki devon o`sha joylar nomi bilan ,,Kobul devoni", ,,Hind devoni" deb ataladi. ,,Kobul devoni" topilgan emas. Bizgacha yetib kefgan sheMarining umumiy soni to`rt yuzdan ortadi. Shundan bir yuz o`n to`qqiztasi g`azal, ikki yuz o`ttiz bittasi ruboiy. Bobur she'rlarining ma'lum qismi hasbi hol xususiyatiga ega bo`lib, shoir hayotining muayyan bir lavhasi bilan bog`lairadi. Shoir she'rlarining hammasi benihoya samimiy tuyg`ular bilan yo`g`rilgan. Uning she'rlari janriga ko`ra ham xilma-xildir. Shoir tuyuq, qifa, muammo, masnaviy, fard kabi janrlarda ijod etgan. Bobur g`azallari. Bobur devonining katta qismi g`azallardan iborat. G`azalda, ko`pincha, ikkita markaz bo`lgan. Biri — lirik qahramonning ahvoli, ikkinchisi — ma'shuqa ta'rifi. Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashgan. Navoiy va Bobur davrida bevosita muallifning hayotiga oid tafsilotlar ham g`azalga kirib kela boshladi. G`azalning mavzu-mundarijasi kengayib bordi. Bobur ijodida hayotga qaynoq mehr aks etgan jo`shqin g`azallar ham, afsus-nadomat to`la she'rlar ham bor. Shoir goh dunyoning achchiq-chuchugini tatib ko`rgan kishi sifatida falsafiy mushohada yuritadi, odamlarni har qanday holda yaxshilik qilishga chorlaydi, goh taqdirning ayovsiz zarbalariga chiday olmay, el-yurtdan bosh olib chiqib ketmoqchi bo`ladi. Xullas, insonga xos quvonch ham, g`am ham bu g`azallarda bor. Boburning ,,Xazon yaprog`i yanglig` gul yuzung hajrida sargkardim" satri bilan boshianadigan g`azalida visol sog`inchi ifodalangan. Shoir kuz manzarasini chizadi. Bu manzara podshoh shoirning taqdiriga mos keladi. Muallifning munosabati hamda tuyg`ulari sharhi she"rdagi sog`inch va dardni, ayriliq fojiasini kuchaytirib boradi. . Shoir umrning ayriliqda o`tayotganidan zorlanib, ,,lolarux" (lola yuzli)dan rahm qilishini iltijo etadi. Matla'da Bobur tazod san'atidan mohirona foydalanadi. Kuz ko`klamdan qanchalik uzoq bo`lsa, oshiq ham ma'shuqadan o`shanchalik yiroq. Shu bois oshiq yuzi ,,xa/on yaprog`i" singari jonsiz, qizning yuzi ,,gul" kabi yashnaydi, qahramonning ,,chehrasi zard", ma'shuqaniki ,,lolarux". Shoir dunyoning bu yog`idan kirib, u yog`idan chiqqani, qismat kitoblarini birma-bir varaqlagani, ammo baxt yulduzi topilmaganidan yozg`iradi. G`azal maqta'sida o`z e'tiqodidan zarra qadar qaytmagan, ochiq yiiz, ochiq ko`ngil, tanti va jolmard Bobur shaxsiyatiga xos sifatlar yorqin namoyon bo`ladi: Ulusning ta'n-u ta'rifi manga, Bobur, barobardur, Bu olamda o`zumni chun yamon-yaxshidin o`tkardim. Oshiq uchun atrofdagilarning ta'nasi ham, maqtovi ham farqsiz. Chunki u yaxshilik bilan yomonlikni boshidan o`tkazmagan, balki o`zini yaxshi-yomondan o`tkazgan, ya'ni o`zligini saqlab qola olgan. Shoir jahon ovorasi bo`lib yurishlarini taqdirdan ko`radi. G`azal: Sendin bu qadar qoldi yiroq, o`lmadi Bobur, Ma'zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur bayti bilan tugallanadi. Buni, Bobur sendan shu qadar uzoqda yashab ham o`lmaydi ey yor. Holbuki, u sensiz allaqachon halok bo`lshi kerak edi. Sen uning bu qusur (taqsir)ini kechir, deb tushunish ham mumkin. Ayni vaqtda, ,,ul oy" ,.vatan" timsoli bilib, ota yurtdan shunchalar uzoqda yashab, o`lmagan farzanding-ni kechirgin, Vatan, tarzida ham tushunsa bo`ladi. Vatan ishtiyoqi, g`urbai iztirobi Boburga qadar hech bir shoirda bunchalik yorqin va betakror ifodalanmagan edi. She'rning o`noqi vazni mazmundagi dard va iztirobni kuchaytirib, ta'sirchanglikni oshirishga yordam bergan. Bobur -- so`zning jilvasini, tovlanish xususiyatlarini nozik his ctadigan va ijod jarayonida bundan ustalik bilan foydalana oladigan shoir. Uning ,,Yana" radifli g`azali fikrimizga dalil bo`la oladi: She'rxon shoir nadomatlarining sababi uning ko`nglini telba qilgan xumor ko`zli jonon ekanini bilib oladi. Oshiq ishq yo`lida chekkan mashaqqatlari haqda keyingi ikki baytda yanada ozorlanib yozadi. Lekin maqta'da Boburning xulosasi tag`in umumiylik kasb etadi. U chinakamsuyukli, sherik Jonkuyar boladigan ,,yor" ,,topmagan"ligini bayon etadi va shu holga ko`nikish lozimligini asoslaydi: Boburning ,,Yana ko`z uyida na`vo qilibsen" satri bilan boshlanadigan g`azali g`oyat sho`xchan ohangga ega. Bunda oshiqning ko`zidan uy (maVo) qilgan, ko`ngul koshonasidan joy olgan ma'shuqa an'anaviy tarzda oshiqni azoblashdan rohat qilishi tasvirlangan. Uning har bir xatti-harakati yigitga azob berishga qaratilgan: Boburning nozik ruhiy sezimlari ,,Bul kecha kulbamga keldi ul quyoshim yoshurun" misrasi bilan boshlanadigan g`azalida yanada yaqqolroq ko`rinadi. Shoir hayotiy vaziyat bilan qahramon ruhiy holatini sabab-oqibat tarzida mutanosib tasvirlaydi. Kechqurun quyosh chiqishi mumkin emas. Lekin oshiqning quyoshi, ya'ni suyuklisi kechqurun keldi. Kechqurun bo`lgani uchun ,,yoshurun" keldiki, ochiq kelganida olam kunduzga aylanib ketgan bo`lardi. Oshiq shunchalar baxtliki, necha asrlar mobaynida bunday kechqurun qaytib kelmasa kerak deb o`ylaydi. Lekin yaxshilarga uzoq baxtiyor bo`lish buyurilmagan. Shu kungi quvonch ham kemtik: Bobur—o`ktam shaxsiyat va buyuk iste'dod egasi. Shax-siyatidagi o`ktamlik, tafakkur parvozi, ruh erkinligi singarijihatlar uning g`azaliyotida ham yaqqol bo`y ko`rsatib turadi. Jumladan, shoirning ,,Bahor ayyomidir dag`i yigitlikning avonidur" satri bilan boshlanadigan g`azalida yigitlik shavqiga to`lgan, olamning barcha jihatlaridan go`zallik topishga, undan lazzat olishga qodir oshiq timsoli yaratilgan. Shoir suyuklisining go`zalligini gullarning chiroyi biian yonma-yon qo`yib tasvirlaydi. She'rda sahroning yuzini loia qizartirgani singari, guizorni yor ,,chehrasi argLuvoniyVt qilgani aks ettiriladi. Eslasangiz, Atoyidan tortib, qator mumtoz shoirlarda yordan uyalgan gulning qizarishi tasvirlangan edi. Bobur ,,uyaldi" degan solzni tilga olmaydi. Lekin ,,Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg`uvoniydur" deb yozar ekan, yor yuzining gulgunligi gullarning qizilligidan ortiq ekani va bu holdan gullar uyalishi kerakligi o`z-o`zidan anglashiJadi. G`azalning maqta'sida shoir mahorati bor bo`vi bilan ko`rinadi: l-o`quvchi: Sen, ey gul, qo`ymading sarkashligingni sarvdek hargiz, Ayog`inga tushub bargi xazondek muncha yolbordim 2-o`quvchi: Latofat gulshanida gul kabi sen sabzu xurram qol, Men archi1 dahr bog`idin xazon yaprog`idek bordim. 3-o`quvchi: Xazondek qon yoshim, sorig` yuzimdin el tanaffurda, Bahar rangi, bihamdilioh, ulusdin o`zni qutqordim. 4-o`quvchi: Olg`ali jonimni hijrong`a havolaqildi yor, Qo`yjtia hijrong`a, ajal, jonimni ol tengri uchun 5-o`quvchi: Bobur, o`zingni o`rgatako`r, yorsizki men, Istab jahonni muncha qilib bir yor topmadim. 6-o`quvchi: Og`zidek tor fursati vasliyu hajri tuni, Ul muanbar sochi yanglig` ham qorong`u, ham uzun. 7-o`quvchi: G`aming yo'q jon agar bersam g`amingda, o`zungni muncha beparvo qilibsen. 8-o`quvchi: Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana, Tiyra bo`ldi ro`zgorim ul qaro qoshtin yana. 9-o`quvchi: Usruk ko`ziga toki ko`nguI bo`ldi mubtalo, Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim 10-o`quvchi: Maqdur1 boricha qiluram sa'yi visoling, To tengrini bilmoniki, ne taqdir qilibtur 1-o`quvchi: Ne yerda bo`lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G`aribingga tarahhum' aylagilkim, andajonidur. 2-o`quvchi: G`ofil o`lma, ey soqiy, gul chog`in g`animat tut, Vaqti aysh erur boqiy, ol chog`ir, ketur, bot tut 3-o`quvchi: G`urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur, Hijron bila g`urbat menga ta'sir qilibtur 4-o`quvchi: Xushturur visoli yor, anda bo`lmasa dayyor, Bo`lsa vasl e'tibor, davlatu saodat tut. 5-o`quvchi: Kim ko`rubtur, ey ko`ngul ahli jahondin yaxshilig`, Kimki ondin yaxshi yo`q, ko'z tutma ondin yaxshilig` 6-o`quvchi: Ey ko`ngul, chun yaxshidin ko`rdung, yamonlig` asru1 ko`p, Emdi ko`z tutmoq ne, ya'ni har yamondin yaxshilig`. 7-o`quvchi: Bori elg`a yaxshilig` qilg`ilki, mundin yaxshi yo'q, Kim degaylar: dahr aro qoldi falondin yaxshilig` 8-o`quvchi: Yaxshilig` ahli jahondin istama Bobur kibi, Kim ko`rubtur, ey ko`ngul, ahli jahondin yaxshilig`. 9-o`quvchi: Oyog`im yetgancha Boburdek ketarerdim, netay, Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana. 10-o`quvchi: Jonimdin o`zga yori vafodortopmadim, Ko`nglumdin o`zga mahrami asror topmadim 1-o`quvchi: Bahor ayyomidir dag`i yigitlikning avonidur', Ketur soqiy, sharobi nobkim ishrat zamonidur. 2-o`quvchi: G`urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur, Hijron bila g`urbat menga ta'sir qilibtur Bobur g`azallari nafaqat mavzu jihatidan, balki ko`proq badiiy tarovati nuqtayi nazaridan o`ziga xos va original asarlardir. Shoirning g`azallari — hajman ixcham. Ko`pincha, besh-olti baytni tashkil etadi. To`qqiz baytdan ortiq g`azallari barmoq bilan sanarli. Bu hol tasvirning quyuq, ruhiyat ifodasining tarang, dramatizmning kuchli bo`lishiga imkon yaratadi. Shoir g`azallari oson o`qiladi, xotiraga yengil ko`chadi. Xazon yaprog`i yanglig` gul yuzung hajrida sarg`ardim, Ko`rub, rahm aylagil. ey lolarux, bu chehrai zardim Download 117.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling