Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash


Download 0.72 Mb.
bet4/5
Sana29.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1307045
1   2   3   4   5
Bog'liq
investitsiya 1

bu yerda, D - foiz va soliq to’lovlarigacha yoki soliq to’lanib, foizlar to’langungacha bo’lgan daromad; Ss - soliq to’lash stavkasi; Sab, Sa0 -aktivlarning ko’rib chiqilayotgan davriga bo’lgan boshlang’ich va oxirgi summasi, qiymati.

  • bu yerda, D - foiz va soliq to’lovlarigacha yoki soliq to’lanib, foizlar to’langungacha bo’lgan daromad; Ss - soliq to’lash stavkasi; Sab, Sa0 -aktivlarning ko’rib chiqilayotgan davriga bo’lgan boshlang’ich va oxirgi summasi, qiymati.
  • Misol-2. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln so’m harajat qilingan, loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan sof foyda miqdori yillar bo’yicha quyidagiga: birinchi yil – 3350 ming so’m, ikkinchi yil – 10990 ming so’m, uchinchi yil – 15480 ming so’ng, to’rtinchi yil – 21640 ming so’m va beshinchi yil – 22790 ming so’mni tashkil qilsa, u holda foydaning oddiy me’yori (ROI) qanday hisoblanadi?
  • Bu loyiha bo’yicha olinadigan sof foyda yillar bo’yicha o’zgaruvchan bo’lganligi sababli, avvalom bor o’rtacha yillik foydani hisoblab topamiz.
  • Rch=(3350+10990+15480+21640+22790) ming so’m : 5=
  • 74250 ming so’m : 5=14850 ming so’m
  • Shundan so’ng foydaning oddiy me’yorini (ROI) hisoblaymiz:
  • ROI = 14850 ming so’m : 140.000 ming so’ng = 10,6 %.
  • Bu foyda me’yori investor talab qilgan me’yorni beradi. Shuning uchun bu loyihaning jalb etuvchanligi to’g’risida, ya’ni uni ma’qullash mumkin.
  • Bu usullar asosiy afzalliklari shuki, hisob-kitob ishlarining oddiyligi va qulayligidir. Kamchiliklari esa kelgusi pul tushumlarining qiymatini joriy vaqtga nisbatan hisobga olinmasligidadir.

Investitsiya loyihasini baholash loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi sababli, pul oqimlari haqidagi ma’lumotlar ham oldindan rejalashtiriladi. Loyiha samaradorligini baholashda pul oqimlarini rejalashtirish va ularni hisobga olish jarayoni asosiy o’rinni egallaydi va investitsiya loyihalarining haqiqiy samaradorligini aniqlashga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.

  • Investitsiya loyihasini baholash loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi sababli, pul oqimlari haqidagi ma’lumotlar ham oldindan rejalashtiriladi. Loyiha samaradorligini baholashda pul oqimlarini rejalashtirish va ularni hisobga olish jarayoni asosiy o’rinni egallaydi va investitsiya loyihalarining haqiqiy samaradorligini aniqlashga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
  • Diskontlash usuli (noan’anaviy usul)ning mazmuni shundan iboratki, pul mablag’larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya’ni bugungi bir so’m bir yildan keyingi bir so’mga (iste’mol qiymati bo’yicha) teng emasligi kontseptsiyasiga asoslanadi. Diskontlashga asoslangan usullarning barchasi (sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV), foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR), investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI), diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP)da investitsiya loyihalarining muayyan davrdagi barcha kirim va chiqimlarning o’rtasidagi farq – sof pul oqimi (Cash Flow – CF) aniqlanib, diskotlashtirish yo’li bilan hisoblanadi. Binobarin, diskontlashga asoslangan usullarning mohiyatini tushunish uchun avvalo, korxona pul oqimlarining mazmunini va sof pul oqimini aniqlash formulasini bilib olishimiz kerak bo’ladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling