jadval "O'zsanoatqurilishbank"ATB da xorijiy kredit liniyalarining
kreditlash shartlari13
№
|
Xorijiy kredit liniyalari nomi
|
Xorijiy kredit liniyalari hisobidan ajratiladigan kreditlar bo`yicha asosiy shartlar
|
1
|
Kommersbank
(Germaniya)
|
Kreditlash maqsadi- asbob-uskunalarni sotib oilsh uchun;
Foiz stavkasi: Foiz stavkasi yillik EURIBOR+chet el bankining marjasi+bank marjasi (≈7-8%) Moliyalashtirish summasi – 1,0 mln. Yevrodan yuqori Kreditning muddati - 5 yilgacha
Imtiyozli davr- 12 oygacha
|
2
|
Rayfayzenbank (Avstriya)
|
Kreditlash maqsadi- asbob-uskunalarni sotib oilsh uchun;
Foiz stavkasi: Foiz stavkasi yillik EURIBOR+chet el bankining marjasi+bank marjasi (≈8-9%) Moliyalashtirish summasi – 1,0 mln. Yevrodan yuqori Kreditning muddati - 5 yilgacha
Imtiyozli davr- 6 oygacha
|
3
|
KFV BANKNING
|
Krеdit maqsadi – tеxnologik uskuna sotib olish. Krеdit muddati – 5 yilgacha
Imtiyozli davr-1 yildan ortiq bo`lmagan Krеdit valyutasi - ЕVRO;
Foiz stavskasi – 100.000 Еvrogacha – yillik 3% va
100.000 Еvrodan yukori krеditlar uchun – yillik 5% Q UzSKBning marjasi;
Garov ta'minotining summasi krеdit summasining kamida 125% miqdorini tashkil qilishi shart;
|
Yuqoridagi jadval ma'lumotlari ko’rsatadiki, kredit liniyasining asosiy mezonlari O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlash mezonlari bilan o’zaro muvofiq hisoblanadi. Ya'ni kreditlashning eng asosiy shartlari deyarli bir xil, faqatgina kredit qaytarish jadvali har 6 oyda so’ndirilishi jihatidan farq qiladi. Bu asosan yirik ko’lamdagi loyihalar uchun mo’ljallangan. Bundan tashqari, kredit uchun to’lanadigan foiz stavkasi ham bir muncha farqlanadi, ya'ni kredit ajratilish vaqtidagi EURIBOR stavkasiga qarab o’rnatiladi. Lekin uning qulaylik tomoni shundaki, umumiy marjalarni hisob-kitobga kiritilganda ham foizlar mamlakatimiz
13 www.uzpsb.uz/ru ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi
tijorat banklari, ayniqsa, xususiy banklar tomonidan belgilangan foiz stavkalariga nisbatan past bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |