Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факультети
Download 0.93 Mb.
|
KICHIK KORXONALARDA BYUDJETGA TO’LANMALAR VA ULARNING TAHLILI
KIRISHMavzuning dolzarbligi. 2016 yilda mamlakatimizning yuqori sur'atlar bilan barqaror o’sishini ta'kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo’naltirilgan kapital mablag’lar, investitsiyalar tobora o’sib borayotganida. 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiyotni isloh etish, tarkibiy o’zgar- tirish, tarmoqlar va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda ilg’or texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol joriy etish va infratuzilmani rivojlantirish bo’yicha faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi 2016 yilda ham iqtisodiyotga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmining yuqori sur'atlarda o’sishini ta'minladi. Xususan, respublikamiz iqtisodiyotida barcha moliyalash manbalari hisobidan o’zlashtirilgan investitsiyalar miqdori 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga oshib, 16,6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bunda o’zlashtirilgan investitsiyalarning 53,3 foizi korxona va aholining o’z mablag’lari, 15,3 foizi xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 10,3 foizi tijorat banklari kreditlari va boshqa qarzlar, 4,5 foizi davlat byudjeti, 4,7 foizi davlat maqsadli jamg’armalari hamda 4,7 foizi O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtirildi. E'tiborga sazovor tomoni shuki, kichik biznes subyektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit liniyalari hisobidan 206,7 mln. AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratildi1. Hozirgi vaqtda O’zbekiston tijorat banklari xalqaro banklar bilan bir tomonlama vakillik munosabatlariga ega, ya'ni bizning banklar mazkur banklarda o’zlarining "Nostro" vakillik hisob varaqlariga ega. Xalqaro banklarning "Vostro" vakillik hisob varaqlari O’zbekiston banklarida mavjud emas. Buning natijasida import bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish, xizmatlar haqini to’lash, xorijiy banklarga va korxonalarga foizlar va dividendlar to’lash bevosita "Nostro" vakillik 1 http://www.cbu.uz monetar siyosatning 2017-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari hisob varaqni debetlash asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, "Nostro"ning ishchi qoldig’ini keskin tebranishiga olib keladi. Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlardan biri bo’lib, moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko’rsatuvchi bank tizimi hisoblanadi. Har bir mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirilib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog’liqdir. 2017-2021 yillarda milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta'minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushuni ko'paytirish hamda investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlariga va hududlariga xorijiy, eng, avvalo, tog'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish 2 va respublikamizda kichik biznesni kreditlashda xalqaro moliya tashkilotlarining rolini oshirish bilan bog’liq muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar qo’yilgan va hal qilingan. kichik biznes subyektlarini iqtisodiyotdagi o'rnini ko'rsatish; xalqaro moliya tashkilotlarining faoliati bilan tanishish; kichik biznes subyektlari faoliyatini xalqaro moliya tashkilotlari kredit liniyalari hisobidan kreditlash amaliyotini tahlil qilish; xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan kichik biznes subyektlari faoliyatini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bilan bog’liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2 "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" PF 2017-yil 7-fevral Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling