O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash borasidagi qator farmon va qarorlari, xususan, 2015 yil
15 maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-4725-sonli Farmoniga muvofiq, iqtisodiyotni liberallashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada engillashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi ortiqcha to'siq va g'ovlarni bartaraf etish bo'yicha keskin va ta'sirchan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi sohaning yanada rivojlanishiga zamin va turtki bo'lmoqda.
Jumladan, xususiy mulkni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida 2015 yilda 55,7 ming ta yangi korxonalar tashkil etilib, shundan 26,9 mingtasi kichik tadbirkorlik (fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari) subyektlaridir.
2016 yil davomida 32 mingga yaqin yoki 2015 yilga qaraganda 18 foizga ko’p yangi kichik biznes subyektlari davlat ro’yxatidan o’tkazilib, o’z faoliyatini boshladi. Bundan ko'rinadiki, mamlakatimizda kichik biznes subyektarining yildan yilga ko'payib borishi natijasida aholining turmush farovonligi oshishida ya'ni ishsizlar sonining kamayishiga ham o'z hissasini qo'shadi. Bu albatta, nafaqat mikroiqtisodiy barqarorlikka balki makroiqtisodiy barqarorlikka ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Ushbu fikrimizni dalilini quyidagi jadval orqali kichik biznes rivojlanishining makroiqtisodiy ko'rsatkichlarini ko'rishimiz mumkin.
1- jadval Kichik biznes rivojlanishining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari6
Do'stlaringiz bilan baham: |