Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факультети


-rasm. Kichik biznesagi bandlar sonining o'sish dinamikasi7


Download 0.93 Mb.
bet6/22
Sana17.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1550552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
KICHIK KORXONALARDA BYUDJETGA TO’LANMALAR VA ULARNING TAHLILI

1-rasm. Kichik biznesagi bandlar sonining o'sish dinamikasi7

2016 yil yakuniga ko’ra, kichik biznesdagi bandlar soni 10392,5 ming kishini tashkil etib, o’tgan yildagi ko’rsatkichga (10178,9 ming kishi) nisbatan 102,1 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotdagi jami bandlar tarkibida kichik biznesdagi bandlarning ulushi 78,1 foizni tashkil etdi. kichik biznesning individual sektorida – 8212,1 ming kishi (2015 yilga nisbatan o’sish 3,3 f.b.), kichik korxona va mikrofirmalarda – 2180,4 ming kishi mehnat qilmoqda. Kichik biznesning xususiy sektori hissasiga 9573,5 ming kishi yoki kichik biznesda band bo’lganlarning 92,1foizi to’g’ri kelmoqda.


Hukumat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan qulayliklar va imtiyozlar tufayli, yangi tashkil etilgan subyektlar soni sezilarli ortdi. Bundan tashqari kichik biznes subyektalarini yanada qo'llab quvvatlash maqsadida respublikamiz prezidenti tomonidan yangidan yangi farmon va qarorlar hamda tadbirkorlik faoliyatiga qonunlarga o'zgartishlar kiritilganligini ham ta'kidlab o'tsak mubolag'a bo'lmaydi. Endi esa, e'tiborimizni quyidagi rasm ma'lumotlariga qaratsak.


  1. rasm. Iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznesning ulushi, (%)8


2016 yil davomida kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlariningbarqaror o’sishi kuzatildi. I chorakda ulushi 37,3 foiz va o’sish sur'ati 118,0 foizni, II chorakda ulushi 41,9 foiz va o’sish sur'ati 120,1 foizni, III chorakda ulushi 43,8 foiz va o’sish sur'ati 118,4 foizni tashkil etdi. 2016 yil yakunlari bo’yicha 50020,8 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lib, kichik biznesning respublika umumiy sanoatidagi ulushi 45,0 foizni (2015 yilda 38,9 foiz), o’sish sur'ati esa 116,2 foizni tashkil etdi. Umumiy sanoat mahsulotining 48,2 foizi (2015 yilda 44,6 foiz) xususiy sektor tomonidan ishlab chiqarildi. 2016 yilda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlarininghajmi 20677,7 mlrd. so’mni, o’sish sur'ati esa o’tgan yilga nisbatan 115,6 foizni (2015 yilda 114,4 foiz) tashkil etdi. Respublika qurilish ishlari umumiy hajmida Kichik biznesning ulushi 2015 yildagi 68,4 foizdan 70,7 foizga etdi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan 9843,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilgan bo’lib, ulushi 33,7 foizni tashkil etdi.


2016-yilda kichik korxonalar va mikrofirmalarning chakana savdo aylanmasi o’tgan yilga nisbatan 117,7 foizga ortib, 78867,4 mlrd. so’mni tashkil etdi hamda respublika umumiy savdo aylanmasining 89,6 foizi, shu jumladan 20,2 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalarga va 69,4 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlarga to’g’ri keldi. Kichk biznes chakana savdo aylanmasining o’sish sur'ati va respublika hajmidagi ulushining o’sishi bo’yicha 2016 yil choraklik dinamikasi barqarorligi bilan ajralib turdi. Respublika savdo aylanmasida Kichik biznesning yuqori ulushi
– respublika aholisini yil davomida mahsulotlar va tovarlar bilan ta'minlaydigan xususiy hamda individual sektorning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi ulushi ortishi bilan izohlanadi.
2016 yilda kichik biznes subyektlari tomonidan aholiga ko’rsatilgan pullik xizmatlar hajmi 55057,6 mlrd. so’mni yoki respublika umumiy hajmidagi ulushi 60,5 foizni (2015 yilda 50,8 foiz) va o’tgan yilga nisbatan o’sish sur'ati 115,7 foizni tashkil etdi.


  1. Download 0.93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling