Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти сиртқи факультети
O'zbekistonda kichik biznes subyektlarini kreditlashda mavjud muammolar
Download 0.93 Mb.
|
KICHIK KORXONALARDA BYUDJETGA TO’LANMALAR VA ULARNING TAHLILI
O'zbekistonda kichik biznes subyektlarini kreditlashda mavjud muammolarBitiruv malakaviy ishni bundan oldingi boblarida amalga oshirilgan tahlillarning natijalari mamlakatimiz kichik biznes subyektlarini kreditlash amaliyotida qator yechimini topmagan muammolarning mavjudligini ko’rsatdi. Ulardan asosiylari, fikrimizcha, quyidagilardan iborat: Banklararo raqobat muhitining etarli darajada shakllanmaganligi. F.Mirzaevning “Banklararo raqobat: mohiyati, shakllanishi va rivojlanish bosqichlari” mavzusidagi monografiyasida respublikamizda banklararo raqobatning to’liq shakllanmaganligi asoslab berilgan. Uning fikriga ko’ra, mamlakatimizda sog’lom banklararo raqobat muhitini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolar quyidagilardan iborat: TIF Milliy banki va oltita yirik tijorat banki milliy bank tizimi aktivlarining 60 foizidan ortiq qismiga egalik qilmoqda, bu esa, ularning ssuda kapitallari bozorida monopol mavqega egaligini ta'minlamoqda; respublikamizning yirik tijorat banklari milliy bank tizimi depozit bazasining 66 foizdan ortiq qismiga egalik qilmoqda. Bu esa, tijorat banklari o’rtasida resurslarni taqsimlash jarayoniga salbiy ta'sir qiladi. Mamlakatimizda nodavlat notijorat mikrokredit tashkilotlari (NNMT) faoliyatining rivojlanmaganligi. NNMT yangidan ish boshlayotgan kichik biznes subyektlarini kreditlashda muhim rol o’ynaydi. Buning sababi shundaki, ular beradigan kreditlarining ta'minoti yuzasidan mijozga qat'iy talab qo’ymaydilar. Ular kredit berishda mijozning ishbilarmonligi, majburiyatlarni o’z vaqtida bajarishi kabi holatlarga asosiy e'tiborni qaratadilar. Shu sababli, NNMT lar yetarli darajada likvidli garov obyektlariga va pul mablag’lariga ega bo’lmagan kichik biznes subyektlarini kreditlashda muhim o’rin tutadi. Respublikamiz tijorat banklarining kichik biznes subyektlarini kreditlash amaliyotiga salbiy ta'sir qiluvchi omillarning mavjudligi. Bunday salbiy omillar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: kredit operatsiyalarida kredit riski darajasining yuqorligi. Kredit riski darajasining yuqoriligi natijasida mikrokreditlar hajmining oshishi bilan tijorat bankining kreditlardan ko’riladigan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari miqdorining o’sishi yuzaga keladi. Buning natijasida tijorat bankining sof foydasi miqdori kamayadi, aktivlar sifatining yomonlashishi yuz beradi; mikrokredit operatsiyalari daromadlilik darajasining past ekanligi. Tijorat banklari kredit operatsiyalarini amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad yuqori daromad olish hisoblanadi. Shu sababli, kredit operatsiyasining past daromadliligi tijorat banki uchun salbty holat hisoblanadi; mikrokreditlarni berish sohalari bo’yicha cheklovlarning mavjudligi. Masalan, mikrokreditlarni savdo sohasiga berishga nisbatan cheklovlar mavjud. Holbuki, kichik biznes subyektlarining sezilarli qismi savdo sohasida faoliyat ko’rsatadi va ana shu maqsadda kredit olishni hohlashadi; Kichik biznes subyektlarini kreditlash amaliyoti bo’yicha garovga olingan mulkni realizatsiya qilish mexanizmining takomillashmaganligi. Mazkur mexanizmning takomillashmaganligi natijasida garovga olingan mulklarni sud orqali olib qo’yish jarayoni cho’zilib ketmoqda. Buning oqibatida tijorat banklarining moliyaviy holatiga nisbatan salbiy ta'sir yuzaga kelmoqda. Tijorat banklarida moliyaviy resurslarning yetishmasligi muammosining mavjudligi. Mazkur muammolar majmuiga quyidagi muammolar kiradi: respublikamiz tijorat banklari depozitlarining umumiy hajmida talab qilib olinadigan depozitlar salmog’ining xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan me'yoriy ko’rsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligi; respublikamizning yirik tijorat banklari depozitlarining umumiy hajmida jamg’arma depozitlari salmog’ining juda kichikligi; mamlakatimizning yirik tijorat banklarida talab qilib olinadigan depozitlardan resurs sifatida foydalanilayotganligi, ammo talab qilib olinayotgan depozitlar real foiz stavkasining juda past ekanligi ularning depozit bazasini mustahkamlash jarayoniga salbiy ta'sir qilmoqda. Bu o’z navbatida tijorat banklari tomonidan xo’jalik suuektlarini, xususan, kichik biznes sohasini kreditlash imkonitiga ta'sir qiladi. Devalvatsiyaning tinimsiz amalga oshirlishi. Bunda kichik biznes subyektlari tijorat banklaridan xorijiy valutada kredit olishiga to'sqinlik qiladi. Bizga ma'lumki, hozirgi kunda oldimizda turgan dolzarb vazifalarimizdan biri bu - Xalqaro moliya tashkilotlarining investitsiya va grantlarini jalb qilishdir. Bunda jalb qilingan imtiyozli kredit va grantlar kichik biznes subyektlari tomonidan to'liq o'zlashtirilmayapti. To'g'ri devalvatsiya eksport qiluvchi kichik biznes subyektlarimizni rag'batlantiradi, ammo ikkinchi tomondan esa xorijiy valutada kredit olgan kichik biznes subyetlariga kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish chog'ida anchagina muammoga duch keadi. Rivojlangan industrial mamlakatlarning kichik biznes subyektlarini kreditlash amaliyotining tajribalarini o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki, tijorat banklarining iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes subyektlarini kreditlashdan manfaatdorligini oshirishning muhim zaruriy shart-sharoitlaridan biri davlat tomonidan ularga berilgan kreditlar bo’yicha kredit riskini kamaytirishni moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi hisoblanadi. Germaniya, Avstriya, Fransiya kabi rivojlangan davlatlarda tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jalik korxonalariga berilgan mikrokreditlarning foiz stavkalarining ma'lum qismi, ko’pchilik hollarda 50 foizi Davlat byudjetining mablag’lari hisobidan subsidiyalashtiriladi. Buning natijasida, birinchidan, tijorat bankining berilgan kreditlar bo’yicha foiz to’lovlarini o’z vaqtida va to’liq undirish imkoniyati oshadi; ikkinchidan, kreditning asosiy qarz summasini undirish ehtimoli ham oshadi, chunki foiz stavkasi berilgan kreditning bahosi hisoblanadi. Shu sababli, uning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, kreditning qaytmaslik ehtimoli ham shuncha yuqori bo’ladi. Demak, davlat byudjetining mablag’lari hisobidan tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes subyektlariga berilgan mikrokreditlarning foiz stavkasini subsidiyalashtirilishi mazkur korxonalarning kreditni qaytarish imkoniyatini oshiradi. O’zbekiston Respublikasida esa, hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes subyektlariga berilgan kreditlarning foiz stavkalarini davlat byudjetining mablag’lari hisobidan subsidiyalash amaliyoti mavjud emas. To’g’ri, respublikamizda tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlarini imtiyozli kreditlash tartibi mavjud. Lekin berilgan kreditlarning bozor stavkasi bilan imtiyozli foiz stavkasi o’rtasidagi farq davlat byudjetining mablag’lari hisobidan subsidiyalashtirilmaydi. Faqat tijorat banklarining imtiyozli kreditlardan olgan daromadlari foyda solig’idan ozod qilingan. Tijorat banklarining kichik biznes subyektlarini kreditlashdan manfaatdorligini oshirishga xizmat qiluvchi zaruriy shart-sharoitlardan yana biri Markaziy bank tomonidan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes subyektlariga nisbatan selektiv kreditlash tartibini qo’llanilishi hisoblanadi: Markaziy bank tomonidan kichik biznes korxonalari tomonidan emissiya qilingan trattalarni nisbatan past diskont stavkasida qayta hisobga olinishi ularning diskontli kreditlar olish hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi; tanlanma kreditlashni amalga oshirilishi natijasida kichik biznes korxonalarini kreditlayotgan banklarning joriy likvidliligini ta'minlash uchun qulay imkoniyat yuzaga keladi. Bizning fikrimizcha, Markaziy bank tomonidan kichik biznes korxonalariga nisbatan tanlanma kreditlashni amalga oshirilishi ularning joriy likvidliligini ta'minlash nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi va banklarning kichik biznes subyektlarini kreditlashdan manfaatdorligini oshirishga xizmat qiladi. Kichik biznes subyektlarining balansida yuqori likvidli ta'minot ob'ektlarining yetishmasligi. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga berilgan kreditlar ta'minotining 90 foizi mashina va uskunalarga to’g’ri kelmoqda. Xalqaro bank amaliyotida mashina va uskunalar yuqori likvidli garov ob'ektlari hisoblanmaydi. Shu sababli, kichik biznes subyektlarini kreditlashda garov muammosi mavjud. Xalqaro bank amaliyotida yuqori likvidli garov obyektlari majmuiga quyidagilar kiritiladi: oltin, platina, palladiy kabi nodir metallar; hukumatning qimmatli qog’ozlari; Markaziy banklar tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog’ozlar; Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalar; Hukumat tomonidan kafolatlangan korporativ qimmatli qog’ozlar; yer maydonlari. Rivojlangan davlatlarning bank amaliyotida kichik biznes subyektlariga berilgan kreditlarni sug’urtalash tizimi rivojlangan. Sug’urta hodisasi yuz berganda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar qaytmasligi mumkin. Bunday sharoitda kreditni undirishning muhim manbalaridan biri sug’urta kompaniyalari tomonidan to’lanadigan sug’urta qoplash summalari hisoblanadi. Ammo sug’urta kompaniyasi to’lovga qobil bo’lmasa, u holda, ulardan sug’urta qoplash summasini undirishning iloji bo’lmaydi. Shuning uchun ham, sug’urta kompaniyalarining to’lovga qobilligi kichik biznes subyektlarini kreditlashda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. XULOSA Kichik biznesni xalqaro moliya tashkilotlari tominidan kreditlashni takomillashtirish bo’yicha takliflar: mamlakatimizda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati yuqoriligini hisobga olgan holda, joylarda kichik biznes subyektlariga mini texnologiyalar sotib olish uchun mikrokreditlar ajratish mexanizmini takomillashtirish; kredit uyushmalari faoliyatini takomillashtirish; moliyalashtirish institutlari va sug’urta kompaniyalarini pul o’tkazuvchi kompaniyalar bilan hamkorligini ta’minlash; moliyalashtirish institutlarini boshqa korporativ formalarga aylanishiga imkon berishning qonuniy shart sharoitini ta’minlash; kichik biznes subyektlariga nafaqat milliy valutadagi imtiyozlar haqida balki, xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ajratilayotgan kredit va grantlar haqidagi ma'lumotlarni to'liq va aniq namoyon bo'lishi uchun turli hil seminarlarni tashkil etish. Tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, yurtimizdagi tijoratbanklar amaliyotida kichik biznes subyektlarini kreditlash bo’yicha ancha tajribalar yig'ilmoqda. Chet el banklari tajribalaridan ham unumli foydalanib kelinmoqda. Ammo mamlakatimizda kichik biznesni kreditlash jarayonining o’ziga xos muammolari ham mavjud. Tadqiqot jarayonida O’zbekiston Respublikasida kichik biznesni kreditlash faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va mavjud bo’lgan muammolarni chet el tajribasini inobatga olgan holda bartaraf etish bo’yicha quyidagi takliflarni amalga oshirish kerak degan fikrdamiz: kredit siyosatida kreditlarni joylashtirish jarayonida kichik biznestarmog’i uchun limitlarni ko’paytirish; respublikamiz tijorat banklari kredit portfelining diversifikastiya darajasiga yanada e’tiborini oshirish; tijorat banklari kredit bo’linmalari xodimlarining korxonalar moliyaviy hisobotlarini talil qilish borasidagi bilimi va tajribalarini oshirish choralarini ko’rish lozim; bank xodimlarining moliyaviy tahlil sohasida chuqur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi mijozlarning kredit to’loviga qobiliyatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy ko’rsatkichlarni va mijozlarning pul oqimini to’g’ri hisoblash moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga bog’liqdi; tijorat banklari mijozlarining asosiy qismida pul oqimining nobarqarorligini hisobga olib, banklarda mijozlarning kredit to’lov qobiliyatini baholashning moliyaviy koeffistientlar usulidan to’liq foydalanishni yo’lga qo’yish lozim. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling