QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI STATISTIKASI FANINING O‘RGANISH OB’YEKTI? - Qishloq va suv xo‘jaligi statistikasi fanining o‘rganish obyekti bo‘lib, qishloq va suv xo‘jaligi faoliyatida ro‘y bergan va berayotgan ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hisoblanadi.
- QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI STATISTIKASI FANINING O‘RGANISH OB’YEKTI?
- Barcha qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari va shu jumladan Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari xo‘jaliklari faoliyatida, hamda boshqa tashkilotlarning qishloq va suv xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yordamchi xo‘jaliklari faoliyatida sodir bo‘lgan ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlar qishloq va suv xo‘jaligi statistikasining predmeti bo‘lib hisoblanadi.
- QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI STATISTIKASINING PREDMETI?
- Statistika fani predmetining ushbu ta’rifidan ko‘rinib turibdiki, u ma’lum xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Statistika fani predmetining mazmunini mukammal o‘zlashtirish uchun uning xususiyatlarini yaxshi anglash va bilish zarur. Ushbu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
- Statistikaning birinchi xususiyati shundan iboratki, u ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganadi, shuning uchun ham u ijtimoiy-iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi.
- Statistikaning ikkinchi xususiyati shundan iboratki, u ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini o‘rganadi. Masalan, fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan paxta, don kabi mahsulotlarning miqdoriy o‘zgarishlarini (ko‘paygan, kamayganligini) davrlar (yillar) bo‘yicha aniqlashni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
- Statistikaning uchinchi xususiyati bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy bog‘langan holda o‘rganish hisoblanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan paxta, don kabi mahsulotlar miqdorlarining davrlar bo‘yicha o‘zgarishini ularning hosildorligi, tannarxi, mehnat unumdorligi kabi sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari bilan bog’liq holda o‘rganib, xulosalar qilish jarayonini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
- Statistikaning to‘rtinchi xususiyati bo‘lib ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni miqdor va sifat tomonlarini uzviy bog’lagan holda aniq zamon va makon miqyosida o‘rganishi hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan paxta, don kabi mahsulotlar miqdorlarining o‘zgarishini ularning sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari bilan uzviy bog‘lagan holda aniq xo‘jalikning (xo‘jaliklarning) ma’lum davri bo‘yicha ma’lumotlarini o‘rganish jarayonini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |