Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент ирригация ва қишлоқ ХЎжалигини механизациялаш мухандислари институти


QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLAR BILAN BOSHQA FAOLIYAT TURLARIDAN KESKIN FARQ QILADI. BU XUSUSIYATLARNING ASOSIYLARI BO‘LIB QUYIDAGILAR HISOBLANADI


Download 0.69 Mb.
bet3/6
Sana01.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1737744
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Mavzu Qishloq xo’jalik statistikasining predmeti, uslubi va ko’rsatkichlari

QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLAR BILAN BOSHQA FAOLIYAT TURLARIDAN KESKIN FARQ QILADI. BU XUSUSIYATLARNING ASOSIYLARI BO‘LIB QUYIDAGILAR HISOBLANADI:
  • 1.Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni tabiiy jarayonlar bilan uzviy bog‘lanib ketgan. Bu tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish nafaqat mehnat hisobiga, shu bilan bir qatorda tirik organizmlarni mustaqil rivojlanishi hisobiga ham yuzaga keladi. shuning uchun qishloq xo‘jaligida xo‘jaliklar va korxonalar to‘plami bilan birga yer maydonlari, o‘simliklar, hayvonlar to‘plami mavjud. Natijada xo‘jaliklar va korxonalarning statistik ko‘rsatkichlari tarkibi yer maydonlari, o‘simliklar va chorva mollari statistik ko‘rsatkichlari bilan to‘ldiriladi, kengaytiriladi.
  • 2. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lib yer hisoblanadi. Yer qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasidir. U ishlab chiqarish vositasi sifatida chegaralangan, uni ko‘paytirish, qayta ishlab chiqarish imkoniyati yo‘q. shuning uchun yerning fiziologik xususiyatlarini hisobga olib, ishlab chiqarish jarayonini shunday tashkil etish lozimki, natijada yerning unumdorligi kamaymasin, balki oshib borsin. Ushbu xususiyat yer va undan foydalanish ko‘rsatkichlarining shakllanishida ma’lum darajada ta’sir qiladi.
  • 3. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonining asosiy xususiyatlaridan biri, uning mavsumiyligidir. Ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarining tartib bilan qat’iy ketma-ketlikda bajarilishi lozim. Masalan dehqonchilikda: ekin maydonini tayyorlash, ekish, parvarish qilish, hosilni yig‘ib olish. Ishlab chiqarish bosqichlarida moddiy va mehnat resurslariga bo‘lgan talab ham turlicha. Bu esa tarmoqda moddiy mablag‘lar va mehnat resurslari taqsimotini ham mavsumiyligiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligida etishtiriladigan mahsulotlar ham yil davomida turli mahallarda pishib etiladi. Qishloq xo‘jaligining mavsumiyligi o‘ziga xos qiyinchiliklarni ro‘yobga keltiradi. Avvalo qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mehnat resurslaridan uzluksiz foydalanish muammosi. Buning uchun mos ravishda mehnatni davrlar bo‘yicha oqilona tashkillashtirish lozim. Tayyor mahsulotlarni etishtirish asosan qishloq va suv xo‘jaligi yilida sodir bo‘lganidan ishlab chiqarishning samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash va mehnatga haq to‘lash muammolarini vujudga keltiradi. Faqat qishloq va suv xo‘jaligi korxonalarida mehnat unumdorligi, mahsulotlar tannarxi, foyda, rentabellik kabi ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish yili tugallanganidan so‘ng hisoblanadi.
  • 4. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonida o‘simliklar va hayvonlarning qatnashishi o‘zaro uzviy bog‘langan ma’lum nisbatda rivojlanadigan ikkita tarmoqni o‘simlikchilik va chorvachilikni vujudga keltiradi. Bu tarmoqlar orasidagi bog‘liqlik mos ravishda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va tabiiy sharoitlarni hisobga olib hududlar bo‘yicha joylashtirishga olib keladi. Bu esa qishloq xo‘jaligida o‘zining xususiyatlariga ega bo‘lgan ishlab chiqarish turlari, hududiy ishlab chiqarish komplekslarini vujudga keltiradi.
  • 5. Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini o‘rnatishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi, tarmoqda turli xil mulk shaklidagi xo‘jaliklarni vujudga keltirmoqda, ya’ni davlat sinov va tajriba xo‘jaliklari, fermer va dehqon xo‘jaliklari kabilar shakllanmoqda. Bularning har biri o‘z mohiyati jihatidan bir-biridan farq qilib, ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha yirik, o‘rta va kichik xo‘jaliklarga bo‘linadi. Mos ravishda umumiy va o‘ziga xos statistik ko‘rsatkichlari tizimini yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. qishloq xo‘jaligini bu xususiyatlari uning holati va rivojlanishini o‘rganish uchun ko‘p miqdordagi statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishni talab qiladi.
  • Qishloq xo’jaligining tarmoq tuzilmasi (XXTUT bo’yicha)
  • Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari
  • Qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar
  • Qishloq xo’jaligi boshqaruvi
  • Veterinar xizmat
  • Qishloq xo’jaligini suv bilan ta’minlovchi irrigatsion va meliorativ tizim ekspluatatsiyasi
  • Baliq-
  • chilik
  • Chorva-
  • chilik
  • Dehqon-
  • chilik
  • Chorvachilik-
  • ning boshqa yo’nalishlari
  • Parranda-
  • chilik
  • Cho’chqa-
  • chilik
  • Go’sht va sut yetishtirishga ixtisoslashgan qoramolchilik
  • Meva, rezavor va uzum yetishtirish
  • Kartoshka-
  • chilik va sabzavotchilik
  • Ozuqa ekinlarini yetishtirish
  • Mashina- traktor parklari
  • Lavlagi-
  • korlik
  • Paxta-
  • chilik
  • Moy beradigan ekinlarni yetishtirish
  • Dehqonchilik-
  • ning boshqa yo’nalishlari
  • G’alla-
  • chilik
  • QIShLOQ, O’RMON VA BALIQ XO’JALIGI
  • Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda xizmat ko’rsatish
  • O’rmonchilik va yog’och tayyorlash
  • O’rmonchi-lik va boshqa o’rmonchi-lik faoliyati
  • Yog’och tayyorlash
  • Yog’ochdan tashqari o’rmon mahsulot-larini yig’ish
  • O’rmonchi-
  • lik soha-sidagi tex-nik xizmat-lar
  • Baliq ovlash
  • Akva-kultura
  • Mavsu-miy ekinlar yetishtirish
  • Ko’chatxona mahsu-lotlari ishlab chiqarish
  • Chorvachilik
  • Aralash qishloq xo’ja-ligi
  • Qishloq xo’jalik sohasida-gi yordam-chi faoli-yat turlari
  • Ovchilik va yovvoyi hayvonlarni tutish, shu sohalarda xizmat ko’rsatish
  • Dengiz akva-kultu-rasi
  • Den-giz-larda baliq ovlash
  • Chuchuk suv-larda baliq ovlash
  • Qishloq xo’ja-lik ekinlari etishtirish so-hasidagi yor-damchi faoliyat turlari
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling