Ўзбeкистoн рeспубликаси oлий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Download 145.04 Kb.
|
4.Amaliy mashg‘ulolar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-topshiriq
- 10-topshiriq
- 11-topshiriq
“SANOAT IQTISODIYOTI” FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. Quyidagi tushunchalarga izoh bering.
2-topshiriq. Iqtisodiy fanlar tizimining har bir guruhiga oid fanlarni yozing va “Sanoat iqtisodiyoti” fanining bu fanlar bilan bog‘liqligini yoriting.
3-topshiriq. Quyida keltirilgan ob’ektlarning qaysi birlari yuridik shaxs maqomiga ega?
4-topshiriq.Quyida keltirilgan sub’ektlarning qaysi birlari tijorat tashkilotlari hisoblanadi?
5-topshiriq. Quyidagi mulk shaklidagi korxonalarga tavsif bering.
6-topshiriq.Tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga taqdim etadigan hujjatlarni yozing. 7-topshiriq.Tadbirkolik sub’ektlarini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etadigan hujjatlarni yozing. 8-topshiriq. Tadbirkorlik sub’ektlari (mulk shakliga ko‘ra) davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga ta’sis hujjatlarining qaysi birlarini taqdim etuvchi sub’ektlarni ko‘rsating.
9-topshiriq.Sanoat korxonasida ishchilarning umumiy soni 6000 kishini tashkil qiladi. Ularning 50% yig‘uv sexida, mexanika sexida 35%, qolgan qismi boshqa sexlarda ishlaydi. Korxonaning shtat ro‘yxatiga ko‘ra, yig‘ish sexida har 250 kishiga bir me’yorlovchi, mexanika sexida 100 kishiga bir, ta’mirlash, tayyorlash va boshqa sexlar har 130 kishiga bir me’yorlovchi ishlash kerak. Mamlakatda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohatlarda boshqaruv xodimlarining 22 %ga qisqartirish ko‘zda tutilgan. Korxonaga zarur bo‘lgan me’yorlovchilar sonini va xodimlarining 22 %ga qisqartirilgandan so‘ng me’yorlovchilarning korxona bo‘yicha sonini aniqlash talab qilinadi: 10-topshiriq.Korxonada 30 ta sex faoliyat yuritadi, jumladan, 6 tasi – asosiy hisoblanadi. Ishlab chiqarish xodimlarining o‘rtacha soni (ro‘yhat bo‘yicha) – 8706 kishini tashkil etsa, ulardan 7412 kishi ishchilardir. Korxonaning butun mehnat jamoasi yillik maosh jamg‘armasi – 10,3 mlrd. so‘m. Korxonaning boshqaruv harajatlari bir yilda 5,6 mln. so‘mni tashkil etdi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohatlarda boshqaruv xodimlarining 22 %ga qisqartirish ko‘zda tutilgan. Zavodning boshqaruv xodimlari sonini, 22 foizlik qisqartirishdan so‘ng korxona boshqaruv xodimlari soni qanchani tashkil etishini va boshqaruv xodimlarini qisqartirish hisobiga mehnatga haq to‘lash fondini taxminan qanchaga tejab qolish mumkinligini aniqlash talab qilinadi. 11-topshiriq. “Na’muna” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli non ishlab chiqarish korxonasi 20 ming aholini non-bulochka mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Rejalashtirish yilida 1 kishining 1 kunlik non-bulochka mahsulotlariga bo‘lgan talabi 0,4 kg bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Korxona 3ta FTL-20 rusumli pech bilan jihozlangan. Pechlarning sutkalik ish vaqti 23 soat. Pechdagi lyulkalar soni 17ta, har bir lyulkada 0,4 kilogramlik 12ta baton pishiriladi. Pishirishga sarflanadigan vaqt ─ 18 minut. Pechlarning turli tekshiruv va ta’mirlashlar uchun to‘xtab qolish vaqti 1 yilda 30 kun. Korxona xizmat ko‘rsatayotgan aholining non-bulochka mahsulotlariga bo‘lgan talabining qondira olinayotganligini yoki qondira olinmayotganligini aniqlang. Download 145.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling