Ўзбeкистoн рeспубликаси oлий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Download 145.04 Kb.
|
4.Amaliy mashg‘ulolar
12-topshiriq. “Nafis” aksionerlik jamiyatiga tegishli quyidagi ma’lumotlar asosida mahsulot sotish rejasining bajarilishini tahlil qiling va xulosa yozing
13-topshiriq. Hisobot yilida mamlakatda yaratilgan milliy daromad hajmi 46355,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Milliy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarning o‘rtacha yillik soni 11624,8 ming kishiga teng bo‘lgan. Ijtimoiy mehnat unumdorligini hisoblash talab qilinadi. 14-topshiriq. Mamlakat bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarga egamiz.
Hisobot yilida ijtimoiy mehnat unumdorligining oldingi yilga nisbatan qanchaga o‘zgarganligini aniqlash talab qilinadi. 15-topshiriq.Quyida keltirilgan ma’lumotlar asosida sanoat korxonasi asosiy vositalarining o‘rtacha yillik qiymatini aniqlang:
16-topshiriq.Quyida keltrilgan ma’lumotlar asosida sanoat korxonasi asosiy vositalarining o‘rtacha yillik qiymatini hisoblang.
17-topshiriq. Hisobot yilida korxonaning aylanma mablag‘lari 1282,9 mln, so‘mni tashkil etdi. Shu jumladan (mln. so‘m): - xom ashyo, materiallar va sotib olinadigan yarimfabrikatlar – 33,1; - yordamchi materiallar – 205,3; - yoqilg‘i – 3,7; - ehtiyot qismlar – 45,9; - qimmati past va tez eskiradigan buyumlar – 177,1; - idishlar – 2,6; - tugallanmagan ishlab chiqarish – 24,1; - kelgusi davr harajatlari – 270,2; -tayyor mahsulot – 181,5; - haridorga jo‘natilgan tovarlar – 167,2; - hisob-kitoblardagi mablag‘lar – 31,4; - pul mablag‘lari – 21,0; - qolganlari – 121,8. Korxona aylanma mablag‘larining strukturasi, normalashtiriladigan va normalashtirilmaydigan aylanma mablag‘larning hajmi va solishtirma og‘irligini, ishlab chiqarish va muomalada bo‘lgan aylanma mablag‘larning kattaligini aniqlash talab qilinadi. 18-topshiriq. Quyida keltirilgan ma’lumotlar asosida “Turon” aksiyadorlik jamiyatida mehnat resurslarining tarkibi, strukturasi va dinamikasini tahlil qiling.
19-topshiriq. Sanoat korxonasi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarga egamiz: 1. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari (kategoriyalar bo‘yicha) soni, kishi: a) asosiy ishchilar ─ 930 b) yordamchi ishchilar ─ 340 v) rahbarlar ─ 120 g) mutaxassislar ─ 185 d) xizmatchilar ─ 70 2.Korxona joriy yilda 750,0 mln so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. Bir xodimning va bir ishchining mehnat unumdorligini hisoblash talab qilinadi. 20-topshiriq. Sanoat korxonasida ishlab chiqarish hajmini yil davomida 30,0 ming tonnadan 45,0 ming tonnaga oshirish muljallangan. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini bunday oshirish eski ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish yoki yangi ishlab chiqarishni joriy etish evaziga amalga oshiriladi. Rekonstruksiya qilish uchun kapital qo‘yilmalar 1160,0 ming so‘mni, yangi sex qurish uchun esa 1700,0 ming so‘m sarf qilinadi. Ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish orqalimi yoki yangi qurilish orqali kengaytirishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlash talab qilinadi. 21-topshiriq. Korxona bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarga egamiz: Yillik mahsulot ishlab chiqarish ─ 500 dona. Bir birlik mahsulot narxi ─ 200 so‘m. Ishlab chiqarilgan jami mahsulot uchun qilingan harajatlar(so‘m):
Keltirilgan ma’lumotlar asosida korxona harajatlarining iqtisodiy elementlari bo‘yicha tarkibi va strukturasini tahlil qiling. 22--topshiriq. Korxona bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarga egamiz:
Quyidagilar talab qilinadi: 1.Zararsizlik grafigini tuzing va mahsulot ishlab chiqarishning eng yuqori chegarasini (kriticheskiy) aniqlash. 2. Bir birlik mahsulot narxi 220 so‘mgacha ko‘tarilgan va xom ashyo sarfi 10 foizga oshgan taqdirda mahsulot ishlab chiqarishning eng yuqori chegarasi (kriticheskiy) qancha bo‘lishini hisoblash. 3. Korxona foydasini 5mln so‘mga yetkazish uchun qancha mahsulot ishlab chiqarilishini hisoblang. 23-topshiriq. Forfor mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi oshxona servis buyumlarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Quyidagi ma’lumotlar asosida ishlab chiqariladigan servis buyumlari miqdori haqida qaror qabul qilish talab qilinadi.
Qaror qabul qilishda kapital qo‘yilmalar hajmini hisobga olgan holda foyda va rentabellikni e’tiborga oling. Download 145.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling