Mavzu: Korxonaning mehnat resurslari.
Reja:
1. Mehnat resurslari va kadrlar potensialini tasniflash.
2. Mehnat resurslarining shakllanish bosqichlari.
3. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi.
4. Kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga quyish.
1. Mehnat resurslari va kadrlar potensialini tasniflash.
Sanoat taraqqiyotining muammolari umumiy majmuida uni xodimlar bilan ta’minlash masalasi, ularning manbalari, tayyorlash va kayta tayyorlash shakllarini hamda ulardan okilona foydalanish masalalarini aniklash aloxida o‘rin egallaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharotida sanoat korxona (firma)larini kadrlar (xodimlar) bilan ta’minlash va ulardan okilona foydalanish aloxida axamiyat kasb etadi.
Kadrlar potensiali - bu, mehnat zaxirasi yoki imkoniyatidir. U jamiyat mehnat potensialining tarkibiy kismi xisoblanadi. Unda mehnat resurslarining umumiy soni va tarkibi, ma’lumot darajasi, professional ko‘nikmasi va ishlab chiqarishning u yoki bu soxasida mehnat kilish kobiliyati aks etadi.
Sanoat ishlab chiqarishining muvaffakiyati pirovard natijada raxbar kadrlarning yetukligiga, bilim va ilmining darajasiga, ish malakasi xamda tashkilotchilik qobiliyatiga, ularni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga kuyish va tarbiyalashga bog‘likdir.
Ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining har qanday soxasida, shu jumladan, sanoat tarmog‘ida ham natijalilik, samaradorlik ko‘p jihatdan o‘rta bo‘g‘in kadrlarga bog‘liq. Ular raxbarlarning eng ko‘p sonli kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishga hammadan yaqinroq turadilar. Shu boisdan respublikada o‘rta bo‘g‘in kadrlarga alohida axamiyat beriladi.
Mustaqillik yillarida xalq xo‘jaligining barcha soxalari uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlash borasida juda katta ishlar qilindi. Milliy iqtisodning, jumladan, sanoatning hal qiluvchi uchastkalariga rahbarlik izlanuvchan, yangilikka intiluvchi, fidoyi, tafakkuri o‘tkir, tashkilotchilik kobiliyati zo‘r, o‘z ishini yaxshi biladigan mutaxassislar qo‘lida jamlangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |