1. Mehnat resurslari va kadrlar potensialini tasniflash. Mehnat resurslarining shakllanish bosqichlari. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi


Download 44.45 Kb.
bet2/6
Sana07.03.2023
Hajmi44.45 Kb.
#1244413
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

Mehnat resurslari – mehnatga layoqatli yoshda bo‘lgan mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan tashqari yoshda (pensionerlar va o‘smirlar) mehnat qilayotgan shaxslarning jamlanmasidir.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti uslubiyotiga muvofiq iqtisodiy faol aholi iqtisodiy faolligini belgilash uchun o‘rnatilgan yoshda (15-72 yosh) bo‘lgan, tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ish kuchi taklif etilishini ta’minlaydigan aholi qismidir. Iqtisodiy faol aholiiqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida ish bilan band bo‘lganlar va ishsizlarni qamrab oladi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti aholi iqtisodiy faolligini belgilash uchun o‘rnatilgan yoshda bo‘lgan, ish bilan band bo‘lmaganlar, lekin ish qidirmayotganlar va ishlashga tayyor emaslarni iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi tarkibiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi statistika organlari iqtisodiy faol aholiatamasini 1993-yildan e’tiboran faol qo‘llashga kirishgan. Mamlakatda amaldagi qonunchilikka muvofiq,iqtisodiy faol aholi erkaklar uchun 44 yilni (16 yoshdan 60 yoshgacha), ayollar uchun esa 39 yilni (16 yoshdan 55 yoshgacha) tashkil etadi. I va II guruh nogironlar hamda imtiyozli pensiya oluvchilar bundan istisnodir.
O‘zbekistonda iqtisodiy faol bo‘lmagan aholitarkibigamehnat qilishga qobiliyatli va ishsiz deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan:
• ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki mehnat daromadiga ega bo‘lmagan o‘quvchilar va talabalar;
• ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari;
• uybekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar;
• ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar;
• ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo‘lmagan shaxslar kiradi.
Amerikalik iqtisodchi olimlar K.R.Makkonnell va S.L.Bryular iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida mehnat resurslarining miqdori va sifatini alohida ajratib ko‘rsatishadi. Ular nazariyasiga muvofiq mehnat resurslarining miqdori iqtisodiyotda band bo‘lgan kishilar soni hamdaularning mehnatga layoqatli aholi tarkibidagi ulushi bilan belgilanadi. Mehnat resurslarining sifatini ifodalovchi va mehnat unumdorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida esa kishilar salomatligining yaxshilanishi, kasb tayyorgarligi, bilimi va manfaatdorligining o‘sishi ko‘rsatkichlari keltiriladi1.
Mehnat resurslari miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga egadir. Mehnat resurslarining miqdor ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
• mehnatga layoqatli aholining umumiy soni;
• tarkib topgan mehnat unumdorligi va intensivligi sharoitlarida ish bilan band aholi ishlab beradigan ish vaqti.
Mehnat resurslarining sifat ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
• mehnatga layoqatli aholining salomatligi, jismoniy layoqatligi;
•mehnatga layoqatli aholining bilim va kasbiy-malaka tayyorgarligi darajasi.
Mehnat resurslarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari jamlanmasi mehnat salohiyatini tashkil etadi.
Mehnat resurslariquyidagi xususiyatlarga egadir:
1. Ular ish beruvchi bilan ajralmas yaxlitlikda, ana shu xodimlarga ish haqi ko‘rinishida quyidagicha daromad keltiradi:
mehnat foliyati + bilim, tajriba, malaka = daromad.
2. Agar xodimlarning mehnat qobliyatidan uzoq vaqt davomida foydalanilmasa, vaqt o‘tishi sari ularning mehnati samaradorligi pasaya boshlaydi. Mehnat qobiliyati – bu birorfaoliyatni amalga oshirish ko‘nikmasidir. Vaqt o‘tishi bilan nazariy bilimlar yoddan chiqadi va eskiradi, tajriba ham yo‘qoladi. Mehnat qobiliyatini yo‘qotmaslik uchun undan muttasil foydalanish bilan birga bu salohiyatni yanada oshirish uchunyangi bilimlarni egallash, tajribani oshirish talab qilinadi.
Mehnat resurslarining quyidagi toifalari farqlanadi:
ishchilar – ular ishlab chiqarishda bevosita mahsulot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazib berishda ishtirok etayotgan, shuningdek mashina-uskunalarni sozlash, ta’mirlash va hokazolar bilan shug‘ullanadigan xodimlardir;
mutaxassislar – muayyan ixtisoslikka ega va shu sohada ishlab chiqarishda mehnat jarayoninnitashkil etuvchilardir;
rahbarlar – xodimlar mehnat faoliyatini uyushtiradigan ishlab chiqarish tashkilotchilaridir.
Mehnat resurslari(ularning eltuvchisi hisoblangan xodimlar) o‘z shaxsiy xususiyatlariga egadir. Ushbu xususiyatlar qatorida quyidagilarni keltirish mumkin, ya’ni u:
• mehnat sharoitlaridan voz kechish;
• o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash;
• mehnat samaradorligini mehnat sharoitlaridan qat’i nazar o‘zgartirish;
• bilimlarini oshirish, mutaxassisligini o‘zgartirish;
• hududiy bog‘liq bo‘lish;
• ijtimoiy jihatdan turlicha bo‘lish;
• mehnat resurslariga chiqimlar – muzokaralar mavzusi ekanligini anglash;
• kapital bilan o‘rnini almashtira olish va boshqalar.



Download 44.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling