Њзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.82 Mb.
|
Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji a. Shukurov, N. Mu
A R I Z A
Ariza insonlar hayotida eng ko‘p foydalaniladigan hujjat hisoblanadi. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yoziladi. Arizaning tarkibiy qismida quyidagilar bo‘ladi: ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbarining nomi; arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi; shundan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo‘lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-familiyasi, ariza yozilgan vaqt. Namuna*:
Arizalar mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylashtirish shakli yuqoridagi tartibda bir xil, ayni paytda, aniq va qisqa yozilgan bo‘ladi. ANNOTASIYA Annotasiya asosan alohida nashr hisoblanadigan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo‘ljallab yozilgani o‘z ifodasini topadi. Namuna: S.A.Karimovning A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyotida 2002 yilda chop etilgan «Til ta’limi va me’yor» nomli o‘quv qo‘llanmasiga yozilgan ANNOTASIYA Mazkur o‘quv qo‘llanmasi V – 220100 va 5 – 220100 – filologiya (o‘zbek tili va adabiyoti) – bakalavrlik yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlariga muvofiq keladigan va tanlama fan sifatida o‘tiladigan «Hozirgi o‘zbek tilining me’yoriy muammolari» kursi dasturi asosida yozilgan. Qo‘llanmani yaratishda va me’yor hodisasining lingvistik tushuncha ekanligi, uning predmeti, maqsad va vazifalari, me’yor masalasining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish tarixi, adabiy tilga munosabati, umumiy va xususiy me’yorlar, me’yorlarning tildagi imlo, talaffuz, leksik-frazeologik, grammatik va uslubiy ko‘rinishlari, me’yor va lug‘atchilik, me’yor va nutq madaniyati masalalarini yoritishda mustaqillik davrida o‘zbek tili va uni tadqiq etishda yuz bergan o‘zgarishlar hamda erishilgan yutuqlarga tayanilgan. H.Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (Toshkent: Sharq, 2002) darsligining
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling