Њзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.82 Mb.
|
Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji a. Shukurov, N. Mu
- Bu sahifa navigatsiya:
- G U V O H N O M A ___
GUVOHNOMA
Guvohnoma shaxsning xizmat lavozimini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va u tashkilotning kadrlar bo‘limi tomonidan beriladi. Guvohnoma xodimning yonida olib yurish darajasida kichik daftarcha shaklida bo‘lib, uning muqova qismida Guvohnoma degan so‘z yoziladi, davlat gerbi aks etgan bo‘lishi ham mumkin. Ba’zi guvohnoma muqovalarida Guvohnoma degan so‘z o‘rniga Viloyat hokimligi, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi singari yozuvlarga ham ko‘zimiz tushadi. Guvohnoma ichki qismining rasmiylashtirilishida ham turlicha holatlarga duch kelamiz. Chunki har bir tashkilot yoki muassasa uning namunalarini o‘zlari ma’qul ko‘rgan shaklda tayyorlaydilar. Ammo bu hujjat qanday rasmiylashtirilishidan qat’iy nazar unda quyidagi jihatlarning aks etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: guvohnomani bergan vazirlik va tashkilotning nomi, guvohnoma nomeri, uning egasining familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi, guvohnomaning qaysi vaqtgacha haqiqiy hisoblanishi va berilgan vaqti, rahbar imzosi. Guvohnomada surat bo‘lishi va unga muhr bosilishi shart. Masalan:
Xodimning shaxsini va lavozimni tasdiqlaydigan guvohnomadan tashqari xizmat safar guvohnomasi ham mavjud bo‘lib, u xodimning tashkilot yoki muassasa faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal qilish maqsadida safarda bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Bu guvohnoma tashkilot yoki muassasa rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, unga tashkilot rahbari tomonidan imzo chekiladi. Ushbu guvohnoma safarga jo‘natilgan xodimning u borgan idorada o‘zi yuborgan tashkilot yoki muassasaning vakili ekanligi va ma’lum bir vazifani bajarishiga vakolati bor ekanligini tasdiqlaydi. Guvohnomaning bu turi muddatli bo‘lib, safar tugashi bilan u ham o‘z kuchini yo‘qotadi. Ayni paytda, xodimga safar xarajatlarini to‘lashga ham asos bo‘ladi. Guvohnomaning hukumat tomonidan ma’lum bir shaxsga berilgan imtiyozining yoki bo‘lmasin malaka oshirganlik va boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjat sifatida ham taqdim etiladi. S AFARNOMA Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling