Њзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.82 Mb.
bet64/83
Sana08.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#235639
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
Bog'liq
Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji a. Shukurov, N. Mu

BILDIRISHNOMA
Bildirishnoma xodimning yoki quyi tashkilot rahbarining yuqori tashkilot rahbariga biron bir voqyea-hodisa munosabati bilan axborot tarzida yozilgan xatidir. Bildirishnomalar tashkilotda ishlaydigan xodimni mukofotlash yoki jazolash haqidagi taklif, belgilangan rejaning bajarilganligi yoki jarayonning borish tafsiloti mazmunida bo‘lishi mumkin.

Bu hujjatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bildirishnoma muallifi yuqori tashkilot yoki uning rahbarini ma’lum voqyea-hodisa to‘g‘risida xabardor yoki ogoh etishi bilan birga bu voqyea-hodisaga o‘z munosabatini ham bildiradi va aniq takliflarini bayon qiladi. Shundan kelib chiqib, bildirishnomani boshda bu nomaning yozilishiga sabab bo‘lgan omillar, keyin muallifning unga bo‘lgan munosabati va oxirida aniq taklif-mulohazalari bayon etilgan qismlardan iborat deyish to‘g‘ri bo‘ladi.

Bildirishnoma yuboriladigan tashkilot va rahbarning lavozimi va ism familiyasi, bildirishnomani yozgan kishi yoki tashkilot va uning rahbarining lavozimi va ism-familiyasi, lozim bo‘lganda, bildirishnomaning nima haqda yozilayotganini bildiruvchi sarlavha va yangi qatorda Bildirishnoma degan so‘z, shundan so‘ng xat mazmuni va oxirida bildirishnomani tayyorlagan xodim yoki rahbarning imzosi hamda sana yozilgan zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi.

Bildirishnomaga ayrim namunalar keltiramiz:


SamDU o‘zbek filologiyasi fakulteti

dekani dosent T.I.Qurbonovga o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dosenti Z.Aliqulov tomonidan


BILDIRISHNOMA
2003 yilning 15 yanvar kuni Siz rahbarlik qilayotgan fakultet II kurs talabalaridan Ahmedova Lola, Suyunova Dilnoza, Ubaydullayeva Shahnoza va Razzoqova Komilalar «Hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘tilgan darsga uzrsiz qatnashmaganligini ma’lum qilaman va sabablari aniqlangach, belgilangan tartibda chora ko‘rishingizni so‘rayman.
O‘qituvchi dos.Z.ALIQULOV

2003.16.01.

Samarqand oziq-ovqat kolleji

direktori Sh.S.G‘iyosovga

o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosar

R.X. Isoqjonovdan


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling