Њзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Download 0.82 Mb.
bet60/83
Sana08.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#235639
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83
Bog'liq
Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji a. Shukurov, N. Mu

A R I Z A

Ariza insonlar hayotida eng ko‘p foydalaniladigan hujjat hisoblanadi. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yoziladi.

Arizaning tarkibiy qismida quyidagilar bo‘ladi: ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbarining nomi; arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi; shundan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo‘lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-familiyasi, ariza yozilgan vaqt. Namuna*:



Samarqand tibbiyot kolleji direktori

Ya.N.Allayorovga Sug‘diyonv massivi 14-uy, 6-xonadonda yashovchi Amirova Marhabo

A R I Z A

Meni akusherlik va genikologiya bo‘limiga o‘qituvchilik vazifasiga qabul qilishingizni so‘rayman.

Arizaga oliy tibbiy ma’lumot haqidagi diplom, mehnat daftarchasi, so‘rovnoma va yashash joyidan ma’lumotnomani ilova qilayapman.

_______________ Amirova M.

2003.15.02.

Arizalar mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylashtirish shakli yuqoridagi tartibda bir xil, ayni paytda, aniq va qisqa yozilgan bo‘ladi.



ANNOTASIYA
Annotasiya asosan alohida nashr hisoblanadigan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo‘ljallab yozilgani o‘z ifodasini topadi. Namuna:
S.A.Karimovning A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyotida 2002 yilda chop etilgan «Til ta’limi va me’yor» nomli o‘quv qo‘llanmasiga yozilgan

ANNOTASIYA
Mazkur o‘quv qo‘llanmasi V – 220100 va 5 – 220100 – filologiya (o‘zbek tili va adabiyoti) – bakalavrlik yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlariga muvofiq keladigan va tanlama fan sifatida o‘tiladigan «Hozirgi o‘zbek tilining me’yoriy muammolari» kursi dasturi asosida yozilgan.

Qo‘llanmani yaratishda va me’yor hodisasining lingvistik tushuncha ekanligi, uning predmeti, maqsad va vazifalari, me’yor masalasining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish tarixi, adabiy tilga munosabati, umumiy va xususiy me’yorlar, me’yorlarning tildagi imlo, talaffuz, leksik-frazeologik, grammatik va uslubiy ko‘rinishlari, me’yor va lug‘atchilik, me’yor va nutq madaniyati masalalarini yoritishda mustaqillik davrida o‘zbek tili va uni tadqiq etishda yuz bergan o‘zgarishlar hamda erishilgan yutuqlarga tayanilgan.

H.Umurovning «Adabiyot nazariyasi»

(Toshkent: Sharq, 2002) darsligining

ANNOTASIYASI
Respublika universitetlarining O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi (fakultetlari)da «Adabiyot nazariyasi» bakalavriatning 4-kursida o‘rganiladi. Unda adabiyot, badiiy asar, ijodiy jarayonning muhim qonuniyatlari, adabiy tur va janr, ijodiy metod va uslub muammolarining mohiyati, so‘z va so‘zshunoslikning sehru jozibasi haqida zarur nazariy ta’limot beriladi.

Ushbu darslik Oliy o‘quv yurtlarining filolog talaba-bakalavrlari, magistrlari, tadqiqotchilari, aspirantlari, doktorantlari va adabiyotga qiziquvchi barcha ijodkorlarga mo‘ljallangan.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling