Њзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
Download 0.82 Mb.
|
Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji a. Shukurov, N. Mu
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.I.Sh
K u n t a r t i b i1. Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ahvoli va uni yaxshilash choralari to‘g‘risida. Eshitildi: kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov gapirdi. - Hurmatli kafedra a’zolari! Universitet qoshidagi iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan komissiya 2002-2003 o‘quv yilida da’vogar talabalarni tegishli tartibda imtihondan o‘tkazib, fakultet bo‘yicha iqtidorli deb hisoblangan talabalarni ma’lum qildi. Biz yaqinda dekanatdan ana shu talabalar ro‘yxatini oldik. Mana ushbu ro‘yxat:
Biz bundan keyingi iqtidorli talabalar bilan ishlash faoliyatimizni ana shu ro‘yxat asosida olib borishimiz lozim. Demak ularga ilmiy rahbar sifatida biriktirilgan professor-o‘qituvchilar har bir talaba bilan individual tartibda ish olib borishi, ularda ilmiy ish olib borishga rag‘bat uyg‘otishi lozim. Ayni paytda, kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarur. Aytilganlardan kelib chiqib, kafedra q a r o r q i l a d i: 1. Iqtidorli talabalar bilan ishlash berilgan ro‘yxat asosida olib borilsin. 2. Har bir talabaning ilmiy rahbariga ular bilan shug‘ullanishni qat’iy reja asosida olib borish va o‘zbek tilshunosligi faniga rag‘bat uyg‘otish vazifasi yuklatilsin. 3. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilariga o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha ularga 24 soat hajmida dars o‘tishlari zarurligi uqtirib o‘tilsin. 4. Iqtidorli talabalarning kafedra ilmiy hayotida faol ishtirok etish va turli nashrlarda maqolalar bilan qatnashish uchun sharoit yaratish har bir o‘qituvchining pedagogik burchi deb hisoblansin. 5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish A.A.Fafforov zimmasiga yuklatilsin. II. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risida. Eshitildi: kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan kafedra mudiri prof. S.A.Karimov quyidagilarni bildirdi: «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ot-it turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzuidagi Xalqaro ilmiy konferensiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deyishga asoslarimiz bor. Bu konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilari faol qatnashdilar. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida o‘z xizmatlarini ayamagan kafedra a’zolariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ayniqsa professorlar B.O‘rinboyev, B.Yo‘ldoshev, dosentlar J.Hamdamov, Q.Usmonov va J.Eltazarovlarga katta rahmat. Turkiy tillar ravnaqi yo‘lida sezilarli iz qoldirgan ulug‘ ajdodimiz M.Koshg‘ariyga bag‘ishlangan konferensiyaning Samarqandda o‘tkazishlishi ayni muddao bo‘ldi. Bu konferensiyada aytilgan fikrlar, ilmiy yangiliklar tadqiqotchilarimiz uchun qo‘llanma, yo‘l-yo‘riq bo‘la oladi desak yanglishmaymiz. O‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida prof. B.O‘rinboyev, dos. Z.Aliqulov, f.f.n. J. Eltazarovlar ham o‘z fikrlarini aytdilar. Q a r o r q i l i n d i: 1. Kafedra mudiri prof. S.A.Karimovning «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ot-it turk» asari va uning turkiy xalqlar madaniyati hamda jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzusida o‘tkazilgan konferensiya yakuni to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. IV. Har xil masalalar. 4.1. Tayyor o‘quv qo‘llanmalarini nashrga tavsiya etish to‘g‘risida. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling