збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги


Download 430 Kb.
bet8/75
Sana24.12.2022
Hajmi430 Kb.
#1061232
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Bog'liq
Rangtasvir matni

Temir oqsidli bo`yoqlar
Sariq mars
Bo`yoq pigmenti gidrogematit minerali va organiq qo`shimchalar qo`shilgan temir gidroksididan iborat.
Sariq mars – to`q sariq rangli bo`yoq bo`lib, tarkibida gidrogematit bo`lganligi sababli jigarrang tus beradi. 2000- 2500 temperaturada toblangan sariq mars pigmenti zarg`aldoq tus beradi. Temperatura 4000 gacha ko`tarilsa qizil mars pigmenti olinadi.
Sariq marsning xarakterli xususiyatlari:
a) tez quruvchi va lessirovkalik xususiyatiga ega bo`lgan bo`yoq;
b) oq rang qo`shilsa o`zining to`yinganligini yo`qotmaydi.
v) quyosh nuri ta'sirida uzoq vaqt qolsa to`qlashadi.


To`q shaffof jigarrang mars

Bo`yoq pigmenti ozroq marganets qo`shilgan temir gidroksid va oksidi aralashmasidan iborat.
Bu bo`yoq to`q – jigarrang bo`lib, o`zining tozaligi va quyuq qo`yilsa chuqur ton berishi bilan ajralib turadi. Agar pigment tarkibida marganets ko`paytirilsa unga to`q tus berib, jigarrrang tonni chuqurligini kamaytiradi.
Bo`yoqning xarakterli xususiyatlari:
a) tez quruvchan.
b) fakturasi stabil bo`lib qoladi.


Zarg`aldoq mars
Bo`yoq pigmenti temir gidroksidi va oksidi aralashmasidan iborat.
Bo`yoq qalin qo`yilsa qizil-jigarrang tus beradi, lessirovka texnikasida esa – qizil zarg`aldoq tus beradi.
Zarg`aldoq mars kuydirilgan siyenani eslatadi, lekin undan qalin qilib qo`yilsa o`zining chuqurligi va shaffofligi bilan ajralib turadi.
Oq rang qo`shilsa zarg`aldoq tusga kiradi. Zarg`aldoq marsning xarakterli xususiyatlari:
a) bo`yoq plastik pasta bo`lib, xolstga yazshi «o`tiradi».
b) mo`yqalamda qo`yilgan mazoklar ajralib ko`rinadi.


Ingliz qizili
Bo`yoq pigmenti temir oksidining alyuminiy sulfat bilan ozroq aralashmasidan iborat. Pigment temir kuporosini toblab olinadi.
Ingliz qizili – qizil – jigarrangga ega bo`lgan, intensiv bo`yoq.
Ingliz qizilining xarakterli xususiyatlari:
a) bo`yoq yuqori qoplovchiliq va bo`yash xususiyatiga ega;
b) ingliz qizilining to`q rangli sortlarini ilgari venetsiya va pompeya qizili deb yuritishgan, bu bo`yoq Ingliz qizili bilan qizil oxra orasidan joy egallaydi.
Temir oksidini osh tuzi bilan kuydirganda siyohrang tus beruvchi to`q qizil rang hosil bo`ladi. Bu bo`yoq kaput – mortuum deb yuritiladi. Kaput mortuum oqartirilsa siyohrang tonlar gammasini beradi.



Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling