збекистон Республикаси Олий ва рта махсус таълим вазирлиги


Download 430 Kb.
bet74/75
Sana24.12.2022
Hajmi430 Kb.
#1061232
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
Rangtasvir matni

Suvdagi akslarni qurish
Suvdagi akslar ham o`ziga xos bo`lgan perspektiva qoidalariga ega. Predmetlarning suvdagi akslarining o`zunligi predmetning o`zini o`zunligiga teng. Aks tasvir predmetni o`zini agdarilgan holatda takrorlaydi. Predmetlarning suvdagi aksini ko`rish da shuni esdan chikarmaslik lozimki, avvalo kirgoqning qalinligini belgilab, keyin predmetning balandligini ko`rsatish kerak bo`ladi.
Akslarda vertikal va gorizontal chiziqlar o`ziday qoladi, lekin kiya chiziqlarining o`zunligi o`zgaradi. Aylana yoki murakkab akslarni ko`rish uchun tayanch nuqtalaridan foydalanish mumkin.
Predmetlarning suvdagi akslari, ularni suv tekisligi tomondan kuzatganda qanday bo`lsa, shunday ko`rsatadi, ya'ni biz ularni pastki tomondan ko`ramiz. Agar ob'ekt kirgoqdan ancha o`zoqda joylashgan bo`lsa, suvni fikrlash shu predmetni ostigacha surib ko`rib keyin ularni ko`rish lozim. Bunda akslarning yarmini kirgoq berkitib olishini oson tushunish mumkin.
Uylar, daraxtla, ko`priklar, kayiklar va odamlarning akslari suvda kurilsa ularning xarakteri ancha o`zgaradi.
Tinch holatda turgan suvdagi akslar juda aniq ko`rinadi, ya'ni salgina shamol tursa ular mayda bo`laklarga bulinib ketadi. Bo`lingan akslar ancha uzun ko`rinadi.
Chiziqli perspektiva qonun va qoidalarini o`rganish rassomga naturadan, tasavvurdan va xotiradan ishlashda yaxshi yordam beradi. U kompozitsiya ustida ishlashda ham juda zarur. Bu bo`limda chiziqli perspektiva haqida ba'zibir boshlangich ma'lumotlar berildi. Bu ma'lumotlardan o`quv va ijodiy vazifalarni hal qilishda keng foydalanish mumkin. Nazariy bilimlar rassomga ijodiy jarayonda bir qator vazifalarni hal qilishda yordam beradi.


Tasvir va kartina
Tasvir bu inson tomonidan mexanik ravishda bajariladigan harakat bo`lishi mumkin. Kartina esa tasviriy faoliyat hisobiga paydo bo`ladi. Bu harbir odamning sub'ektiv holatlarda amalga oshiradigan vaqtinchalik va tajriba talab qiluvchi rol uynaydi.
Tabiatning ko`pdan - ko`p tasvirlari, buyumlar dunyosining turli-tumanligi bois kartinada barchasini tasvirlay olmaymiz. Biz faqat yagona tanlangan obraz bilan kifoyalanamiz. Agar bunda bizning harakatlarimiz hamma vaqt rangtasvirdagi eng elementar shakl va rangni yoki barcha ko`rgan narsalarimiz atrofida aylansa, shunda biz jarayon markazida bo`lamiz. Natijada kartina faqat rassomni ko`rganinigina emas, eng avvalo uni qanday ko`rganini ko`rsatadi. Shuning uchun ham untacha turli insonlar tomonidan chizilgan bitta syujet ham unta turli kartina sifatida namoyoni bo`ladi. Kartinaning asosiy nuqtasi ob'ektiv bo`lsa ham, kartinaning o`zi sub'ektiv bo`ladi. Biz kanchalik faol ishlasak, bizning nigoximiz shuncha faol va barcha narsani kamrab oluvchi darajasiga ko`tariladi. Dunyoni qanday ko`rsak shunday tasvirlash jarayoni bizga teskari harakatni ko`rsatadi va bu nihoyat buyumlarni qanday ko`rsak o`shanday tasvirlaymiz. Shunday qilib biz dunyoni ko`rish va qabul qilishni xususiyat vositasini rivojlantiramiz, ya'ni stil yaratamiz.
Nigoxning o`tkirligi, qiziqishning kattaligi buyumlar va xodisalarning yangi kirrasini ochishga yordam beradi. Bizning ko`rish vositamiz shunday mashk qilib, kontsentratsiyalangan "rassom nigohi"ga aylanadi. Bu nigohni yer shari atrofidagi sayohat bilan tenglashtirsa bo`ladi. Xatto bor va yo`q buyumlar hali bizga sirli va qiziqarli bo`lib tuyula boshlaydi, ulardan nigohni uzolmay qolamiz.
Tayanch so`zlar
Perspektiva, chiziqli perspektiva, antik davr, renessans, miniatyura, teskari perspektiva, sferik perspektiva, ufq chizig`i, uchrashish nuqtalari, surat tekisligi, tutashuv nuqtasi, ortogonal proyektsiya, manzara, havo perspektivasi.



Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling