2.3. Kurs ishi (loyixasi) tarkibi, ularga qo’yiladigan talablar.
O’quv rejasida mazkur fandan kurs ishi yozish rejalashtirilmagan.
2.4. Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha tavsiyalar
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
-tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
- avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturlar bilan ishlash;
-maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
-talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish;
2.5. Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
“Informatika fanining dolzarb muammolari” fanini o’rganish davomida mashg’ulotlar paytida axborot (taqdimot, multimedia texnologiyalari) va ta’limning zamonaviy texnologiyalari (rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, fanni to’liq o’zlashtirishga yo’naltirilgan texnologiyalar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari) hamda interfaol metodlar (“Aqliy hujum”, “Venn diagrammasi”, “T-chizma”, “Erkin yozish”, “Bir-biridan so’rash”) qo’llaniladi. Bundan tashqari darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ma’lumotnomalar, matematik entsiklopediyalar va lug’atlar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallaridan va Internet resurslari o’oydalaniladi.
2.6. Taqvim mavzuiy reja
Do'stlaringiz bilan baham: |