Kafedra mudiri: __________ M.Mamarajabov
Fanning ishchi o’quv fan dasturi “Fizika va matematika” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2014 yil “____” avgustdagi ____-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: __________ G’.Djabborov
Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i ___________ F. Piroxunova
Fanning ishchi o‘quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan. 2014- yil “___” __________ dagi ____ -sonli majlis bayoni.
I. Kirish
Mazkur fan dasturi magistratura yo’nalishining ta’limda Axborot texnologiyalari ta’lim yo’nalishida o’qiladigan «Informatika fanining dolzarb muammolari» tanlov fani bo’yicha tuzilgan bo’lib, bo’lajak mutaxassis egallashi kerak bo’lgan bilimlar va ko’nikmalar majmuini o’z ichiga oladi:
Informatika fanining rivojlanish bosqichlari va istiqbollari, uning jamiyat rivojida, xususan respublikamiz rivojida tutgan o’rni, Respublikamizda informatikaning rivojlanishiga hissa qo’shayotgan olimlar haqida ma’lumotlar, informatikaning turli sohalarida qo’llanish istiqbollari va muammolari.
Fanning maqsadi va vazifalari
«Ta’limda axborot texnologiyalari» ixtisosligi bo’yicha magistrlarni tayyorlash Davlat ta’lim standartida mutaxassislik fanlari qatorida «Informatika fanining dolzarb muammolari» fani alohida o’rin tutadi. Ushbu fanning asosiy maqsadi magistrantlarda informatikaning nazariy va amaliy masalalarni hal etish.
Informatika fanining dolzarb muammolari fanining vazifasi:
Informatika fanining rivojlanish bosqichlar va istiqbollari;
O’zbekistonda informatika fanining tutgan o’rni va muammolari;
Informatika fanining rivojlanishida dasturiy, texnik va metodik ta’minotlari haqida ma’lumotlar;
Informatika fanining turli sohalaridagi tadbiqining rivojlanishi haqidagi bilimlar berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |