Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон давлат жаҳон тиллари
Download 133.9 Kb.
|
ingliz ozbek va rus hikoyalarida ijtimoiy hayot tasviri ketrin mensfild abdulla qahhor a. chexov hikoyalari misolida
I BOB XULOSALARI
Magistrlik dissertatsiyamizning mazkur bobida biz hikoyaning janriy xususiyatlari, uning shakllanish va taraqqiyot bosqichlari borasida uch adabiyot: o’zbek, rus va ingliz adabiyotini qiyoslash yo’li bilan fikr yuritishga harakat qildik. Izlanishimiz jarayonida ularning o’xshash, farqli jihatlarini aniqlash, uch adabiyotning bir-biri bilan munosabati, aloqasi va adabiy ta’siri masalalarini izohlash, talqin etish yo’lidan bordik. Hikoyaning janriy xususiyatlarini, ilmiy-nazariy mohiyatini yoritishda ham yozuvchilar, ham adabiyotshunoslar nuqtai nazarini o’rganishga va ularni solishtirish orqali yakuniy xulosalar chiqarishga imkonimiz darajasida urindik. Bobda yoritilgan masala yuzasidan quyidagi yakuniy xulosalarga keldik:
Hikoya bu- epik turning kichik janrlaridan biri hisoblanib, hayotdagi muhim, tanlangan voqea va hodisalar qisqa shaklda bayon etiladigan nasriy asardir. Unda aniq maqsad qisqa, lo’nda bayon qilinadi. Xulosa, ko’pincha, o’quvchi hukmiga havola etiladi. O’zbek adabiyotida hikoyaning ilk namunalarini O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida voqea ishtirokchilari tomonidan bayon etilgan ko’rinishini uchratamiz ( 5 – 7 – asrlar ). Keyinroq yaratilgan Rabg’uziyning “ Qissasi Rabg’uziy ” (14-asr) asarida, Navoiyning “ Hayrat ul-abror ”, “ Sabba’i sayyor ” (15-asr), Poshshoxojaning “ Gulzor ”, “ Miftoh ul-adl ” kabi asarlarida ham hikoyaning noyob namunalarini uchratamiz. A.P. Chexov jahon adabiyoti hikoyachiligida muhim ijodiy maktab yaratgan. Buni dunyo adabiyoti vakillari tan oladi va e’tirof etadi. Jumladan, A.Qahhor ijodi ham bundan mustasno emas. Hozirgi zamonaviy hikoyachilikni ham Chexov ijodiy maktabidan bahramandligini sezish va alohida ta’kidlash mumkin. Rus adabiyotida hikoyaning noyob namunalari yaratilishi bilan birga, B.T. Belinskiy, B. Tomashevskiy kabi adabiyotshunos olimlar uning nazariy, ilmiy xususiyatlarini ham aniqlashtirib, talqin va tadqiq etib berishgan. Ingliz adabiyotida ham hikoya janrining paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlari to’g’risida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, Charles Mey hikoya janrining ingliz adabiyotidagi taraqqiyot bosqichlarini aniqlaydi, o’z tadqiqotlarida batafsil ma’lumot beradi. Uning fikricha, hikoya janri ildizlari Renessans davriga borib taqaladi. Bibliya va Qur’on kitoblaridagi hikoyatlarda ham uning janriy xususiyatlari kuzatilishini e’tirof etadi. Ammo, 14-asrda yashab ijod etgan Bokachcho va Chouserlar yaratgan hikoyalar, janrning tipik namunalari ekanligini ta’kidlaydi. Biz hikoya janrini talqin etar ekanmiz, davrlar bo’yicha taraqqiyot bosqichlarini, o’ziga xos xususiyatlarini va har bir davrning yetuk hikoyanavislarini belgilab borishga harakat qildik. Jumladan, 19-asrda Hofman, Gogol, Edgar Alan Po, O.Genri, G. Jeyms hikoyalari janrni mukammal bosqichga ko’targan bo’lsa, 20-asrda Heminguey Chexovona ijodiy uslubda yaratgan hikoyalari bilan o’quvchilarni xushnud qiladi. Zamonaviy hikoyachilikda Virjiniya Vulf, Nadin Gordimer kabilarning nomlari muhim ahamiyatga ega. Mazkur bobda bir qancha ingliz hikoyanavislarining asarlari va fikrlarini kuzatdik. Ular o’zlarining hikoyalari bilan janrni nazariy jihatdan takomillashtirish imkoniyatini yaratdilar. Bu bilan ular janr taraqqiyotiga ulkan hissalarini qo’shdilar. Download 133.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling