belgilangan samaraga erishish va uning samaradorligini oshirish uchun
tizimli ravishda ta’sir qilish jarayoni tushuniladi.
Sinergetik samaraning yana bir yo‘nalishi kelajakning bugunga ta’siri
tamoyili bo‘lib hisoblanadi va unga bevosita iqtisodiyot nuqtai nazaridan
qaraladigan bo‘lsa, tadbirkorning maqsadi o‘z faoliyati natijasida kelajakda yuqori
daromad (foyda)ga erishishdan iboratligini nazarda tutish mumkin. Bunga erishish
uchun u o‘z mulkini investitsiyaga qo‘yadi, faoliyatni amalga oshirishda tegishli
xarajat qiladi, sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkillashtiradi, bozorda o‘z mavqeini
mustahkamlash uchun kurashadi. Shu tariqa kelgusi natijalarni o‘ylab qilingan
faoliyat natijasida ma’lum vaqtdan keyin ko‘zlangan daromadga (foydaga) erisha
boshlaydi.
Buni mahsulotlarni saqlash va sotish xizmatlari misolida qaralsa, tadbirkor
kelajakda ushbu sohada yuqori foyda olish uchun mahsulotni saqlaydigan omborini
va sovitgich uskunalarini oldindan mavsumga tayyorlash maqsadida ularni
ta’mirlash, modernizatsiya qilish kabi ishlarga tegishli xarajatlarni bugun qiladi.
Tadbirkorning kelajakda foyda olishni ko‘zlab qilingan bugungi xarakatlari
kelajakning bugunga ta’sir ko‘rsatayotganligidan dalolatdir. Ushbu holat
kelajakning bugunga ta’siri tushunchasiga ta’rif berish uchun asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |