bo‘lgan va ularga bevosita daxldor tarqoq kuchlarni har birining
manfaatdorligini ta’minlagan holda birlashtirish tushuniladi.
Tadqiqootimiz davomida sinergetik samaraga erishishning yana bir
yo‘nalishi tizimli ta’sir ekanligi asoslandi. Chunki tizimli ta’sir natijasida katta
samaraga erishish mumkinligini tabiatda, jamiyatda, xullas, iqtisodiy-ijtimoiy
hayotimizning barcha sohalarida ko‘rishimiz mumkin. Buni iqtisodiyotga xos
tarzda izohlaydigan bo‘lsak, imoratning qad ko‘tarilishida bittadan g‘ishtning
tizimli ravishda qo‘yilishini, paxta xirmonining grammlardan tonnalarga aylanishi
kabilarni misol qilish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, tizimli ta’sir natijasida kichik
natija-larning jamlanishi bilan katta muvaffaqiyattga erishish mumkin ekan. Buni
bevosita mahsulotlarni saqlab sotish jarayoniga ham qo‘llash mumkinligini
mahsulotlarni daladan saqlash korxonasigacha va undan iste’molchilargacha
yetkazish bilan bog‘liq barcha bosqichlarda ma’lum belgilangan me’yor va
tartiblarga asoslangan holda, tegishli tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni amalga
oshirishda ko‘rish mumkin. Bunga to‘liq amal qilinsa, mahsulotlarning nobud
bo‘lishi minimal darajaga tushadi va mazkur jarayonda katta sinergetik samaraga
erishiladi.
69
Yuqoridagi dalillardan kelib chiqib, tizimli ta’sirning ham ta’rifini
shakllantirdik. Tizimli ta’sir deganda, birorta ob’ekt faoliyati bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |