Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта маҳсус таълим вазирлиги фарғона политехника институти


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#265978
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi predmetlari

Uchinchi davr - jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarni 

intensiv  to’planishi.  Uyg’onish  davridan  XIX  asrning  oxirigacha 

bo’lgan  davrni  o’z  ichiga  oladi.  Inson  tarbiyasi,  uni  o’qitish, 

davolash  haqidagi  fanning  rivojlanishi,  faylasuflar,  padagog  va 

vrachlarning  jismoniy  tarbiya  muammolariga  e’tibor  qila 

boshlashlari  davri,  jismoniy  tarbiyaning  moxiyati  haqidagi 

falsafiy,  padagogik  va  tibbiy  ma’lumotlarning,  bilimlarning 

vujudga  kela  boshlagan  davri.  Bu  ma’lumotlar  hali  turlicha  edi, 

chunki  ko’pincha  o’sha  davrda  mustaqilroq  sanalgan  filosofiya, 

pedagogika,  meditsina,  fanlari  tarkibida  voyaga  yetar  edi.  Yo’l-

yo’lakay, ammo zarur bo’lgan darajada bunday ilmiy fanlarning 

vaqtlari ko’pincha o’z muammolarini jismoniy tarbiyanning rolini 

hisobga olmay hal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. 

Yangilanish  davridayoq  pedagog-gumanistlar  va  xayoliy 

sotsialistlar  jismoniy  tarbiyaga  bir  butun  tarbiyaning  majburiy 

qismlardan biri deb qaray boshladilar. 

Jumladan, shvetsariyalik demokrat, pedagog M.G. Pestalokki 

tomonidan  (1746-1827)  bolalar  harakat  qobiliyatini  rivojlantirish 

uchun tuzilgan jismoniy mashqlar tizimini yaratishdan bo’ganlar 

(sustav naya) gimnastikasi umumiy pedagogika nazariyasi ichida 

alohida  o’rinni  egallaydi.  XVIII  asrda  anatomlar  tomonidan 

jismoniy  mashqlar  "biomexanikasi"  bo’yicha  izlanishlar  olib 

borildi, XIX asrda esa jismoniy tarbiya haqida ilmiy nazariy ishlar 

vujudga  keldi.Jamiyat  hayotida  jismoniy  tarbiyaning  roli, 

tarbiyani  s  i  n  f  i  y  xarakterga  ega  ekanligi  ilmiy  asoslandi. 

Tarbiyaning  mazmuni  ochildi  va  unda  jismoniy  "tarbiyaning 

o’rni  aniqlandi  hamda  shaxsni  har  tomonlama  rivojlantkrish 



yo’llari  belgilandi.Aynan  shu  davrda  jismoniy  tarbiya 

nazariyasiga  asos  solindi  deb  hisobga  olinib,  shu  soha  bo’yicha 

ilmiy  farazlar  va  bilimlar  to’planishi  orqali  mustaqil  fan  sifatida 

ajralib  chiqdi.  To’rtinchi  davr  -  XIX  asrning  oxiridan  ilmiy  va 

o’quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va metodikasi 

shakllana  bordi.  Bu  davrning  harakterli  tomoni  shundaki,  fan 

sifatida  jismoniy  tarbiya  jamiyat  hayotining  boshqa  jabhalariga 

ham  ta’sir  ko’rsata  boshladi.  Jismoniy  tarbiya  sohasi  nazariyasi 

olimlaridan  biri  Petr  Fransevich  Lesgaft  (1837-1909)  o’zining 

tarix,  anatomiya,  pedagogika,  antropologiya,  jismoniy  tarbiya 

metodikasiga  oid  asarlari  bilan  hozirgi  zamon  jismoniy  tarbiya 

nazariyasi  va  metodikasi  mustaqil  ilmiy  nazariy  va  o’quv  fani 

(predmeti) ekanligini ilmiy - amaliy isbotladi. 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling