1.4. Kiyim detallarini chet qismini yo’rmalovchi mashinalar
Trikotaj mahsulotlarini tikishda yo’rmalovchi mashinalar asosiy mashinalar
hisobida yuritiladi. Bu mashinalar detallarini biralshtirish bilan bir vaqtning o’zida
kesilib, chet qismlari yo’rmalanadi. Kesish pichoq yordamida bajariladi. Bu xilda
ishlaydigan mashinalardan bittasi 51-klas yo’rmalovchi mashinasi. Bu mashina uch
ipli halqa bahyali, cho’ziluvchan chokni 3mm dan 6 mm gacha yґrmalash kengligi
bilan tikishi mumkin. Bahyalarning uzunligi 1,5 mm - 4 mm gacha bo’lishi
mumkin. 51 klas mashinasida tikilayotgan matolarning qalinligi va zichligi ґrtacha
bo’lib, tikilayotgan matolarning qavati 4 mm gacha bo’lishi mumkin.
208 klas PMZ mashinasi yuqori tezlikda ishlaydi, bajaradigan jarayonlari esa
xuddi 51 klas mashinasinikiga o’xshash. Choklarining kengligi 2,5 mm - 3,5 mm
gacha, bahyalar uzunligi esa 1,5 - 3,2 mm gacha. Mashina tezligi - 5000 ayl/min,
kapron ipi ishlatilganda tezlik - 4000 ayl/min ga tushiriladi, chunki tez ishlasa igna
qizib kapron ipi ignaga yopishib qolishi mumkin. Tikiladigan matolarning qalinligi
3,5 mm tashkil etishi mumkin, chunki lapkaning ko’tarilish balandligi 4,5 mm
tashkil etadi.
12
208 klas PMZ mashinasining asosida 308 klas yo’rmalovchi mashinasi
yaratilgan. Bu mashina to’rt ipli ikkita ignali bґlib, 208 klas mashinasidan farqi
igna ushlagichda ikkita igna o’rnatiladi va shuning uchun matoning ustki qismida
ikkita parallel bahya qator igna ipidan hosil bґladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |