54
5.1.9. Avvalgi bahyani tashlash jarayoni
Baxya hosil qilishda bu operatsiyani vazifasi, avvalgi bahya halqalarini
halqailuvchilardan tashlash va bu bilan keyingi operatsiyada bahyani tortish uchun
bo’sh qo’yish.
Halqani tashlash uchun halqa iluvchi orqaga boshlang`ich holatiga qaytishi
kerak. Chunki bu vaqtda igna halqailuvchini g`ovakchasiga va chokka ketayotgan
ip orasidagi oraliqqa kirishini davom etadi. Hlqailuvchi orqvgv qaytish vaqtida
ignani sindirib qo’ymasligi uchun halqani tashlashdan oldin quyidagi hol sodir
bo’ladi: yopiq tipdagi bahya hosil qiluvchi mashinalarda, halqailuvchini
ko’tarilishi; ochiq tipdagi bahya hosil qiluvchi mashinalarda halqailuvchini
birlamchi ko’ndalang siljishi 5.1.9. - a, b, v rasmlarda ignani oxirigi halqasini
halqailuvchini halqasiga tashlash jarayoni ko’rsatilgan.
Tashlash vaqtida, mashinani bahya hosil qiluvchi a’zolarida osilib turgan
halqalarni bir oz bo’shatish kerak. Bu esa o’z navbatida ularni traektoriyasiga mos
kelgan harakatni ta’minlaydi. Masalan 5.1.9.,a - rasmdan ko’rinib turibdiki uch ipli
overlok bahyada chap tomonga, ya’ni boshlang`ich holatiga qaytayotgan
halqailuvchi halqasini tashlayotgan vaqtda, unda osilib turgan halqa tarangligini bir
oz bo’shatadi. Chunki halqa tashlash vaqtida mato oldinga siljiydi. Halqailuvchilar
esa u tarafga harakatlanmaydilar. Shu tufayli halqailuvchilarda osilib turgan
hvlqalar buralib kengayadi. Shu sababli, halqailuvchining yo’g`onlashgan
boshchasi ilinmasdan halqadan chiqib ketadi.
Mato qancha ko’p silijisa, halqailuvchilarda osilib turgan halqalar shuncha
ko’p buraladi va halqailuvchi halqalardan shuncha oson chiqadi.
55
Rasm. 5.1.9. Avvalgi bahyani tashlash jarayoni