¤збекистон республикаси олий ва ¤рта
Igna ipini mato orasidan o’tkazish jarayoni
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
trikotaj mahsulotlarini tikish texnologiyasi
5.1.2. Igna ipini mato orasidan o’tkazish jarayoni
Bahya hosil qilishni bu operatsiyasini bajarishda, matoga tushayotgan igna, unga taxtlangan ipni jarayoni bajarish uchun zarur bo’lgan kattalikka olib o’tadi. Bu uzunlikdagi ip igna ko’zchasini mato ostiga tushish chuqurligi Y va material qalinligi B dan ikki marta ortiq (Rasm 5.1.2.). Bahya hosil qilish jarayonini davom etishi uchun zarur bo’ladigan ip miqdorini ta’minlaydigan e kattalik mashina konstruktsiyasiga, igna va halqa iluvchilarini o’zaro joylashuviga, ularni o’lchamlari va harakat traektoriyalariga bog`liq. Igna bilan mato orasidan olib o’tiladigan ipni umumiy uzunligi D quyidagiga teng:
D = 2 Y + 2V + t bunda: t - igna qalinligi 39
Bu ip uzunligi tortilgan bahya ipi uzunligidan bir necha martda ko’p bo’ladi. Buning natijasida ipni har bir qismi mato va igna ko’zchasi orasidan bir necha marotaba o’tadi.
Masalan, uch ipli overlok bahyani trikotajda (yuklama glad) hosil qilish uchun, chok chastotasi 23 ta bahya bo’lganda, bahyadagi tortilgan ip uzunligi 4 mm ga teng bo’ladi, ya’ni ipni o’sha biror qismi mato orasidan 6 marta o’tkaziladi. Mato va igna ko’zchasi orasidan bir necha marotaba o’tishi natijasida ip uzilib ketishi mumkin. Ip shunday tanlanishi kerakki, bunda ignani uzun govakchasidan o’tayotgan ip unda to’liq joylashishi shart. Ya’ni ip qalinligi ignani uzun govakchasi chuqurligidan kichikroq yoki teng bo’lishi kerak.
Rasm. 5.1.2. Igna ipini mato orasidan o’tkazish jarayoni Igna ipni mato orasidan o’tkazish vaqtida avvalgi bahyaning tortish yoki tortmasdan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin. Ikkinchi usulda ishlaydigan zanjirli va mokili bahya mashinalaridan tashqari hamma mashinalar birinchi usul bo’yicha ishlaydilar. Tavsiflanayotgan bahya hosil qilishni jarayonini bajarishda birinchi usul bo’yicha ignani tushishiga zarur bo’lgan ipni hammasini igna bilan tortilayotgan avvalgi bahyadan olinadi, qolgan qismi esa galtakdan olinadi. Ikkinchi usulda ipni hammasi galtakdan olinadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling