Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Targ‘ibot-tashviqotdan maqsad


Download 0.71 Mb.
bet177/188
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#212622
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   188
Bog'liq
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Targ‘ibot-tashviqotdan maqsad - bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Milliy istiqlol g‘oyasini halq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me'yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi.

O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

1) belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o‘tkazilishini ta'minlash;

2) milliy istiqlol g‘oyasining targ‘ibot sifatini muntazam oshirib borish;

3) davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning yangi, samarali yo‘larini izlash;

4) bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalash-tirishga yo‘l qo‘ymaslik;

5) mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;

6) mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik va majlisbozlik ko‘rinishlariga barham berish;

7) mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etish.

Milliy g‘oya, mafkuraning targ‘ibot-tashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilish maqsadga muvofiq:

1. Uzluksizlik (milliy mafkurani yoshlarga singdirib borishni beshikdan boshlash kerak, sodda shaklda).

2. Keng qamrovlilik (jamiyat barcha a'zolariga g‘oyalar xilma-xilligi asosida mafkurani singdirish)

3. Bosqichma-bosqichlilik (oila-bog‘cha-maktab-kollej, litsey, oliy o‘quv yurtlari asosida).

4. Ketma-ketlik (har bir bosqich uchun insonga xizmat qiladigan qadriyatlar asosida)

5. Faollik (ko‘proq interaktiv usullardan foydalanish).

6. Ish bilan so‘z birligi (nazariya va amaliyot birligi).

7. Shaxsiy ibrat (targ‘ibot qiluvchining o‘zi shaxsiy hayotda ibrat bo‘lishi).

8. Hayotiylik (yutuqlar bilan birga kamchiliklarni ham ko‘rsatish).

9. Ilg‘or targ‘ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish.

10. Me'yoriylik (balandparvoz, rasmiyatchilik, takrorlanishlarga ko‘p ham yo‘l qo‘ymaslik).



Milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirishning noan'anaviy quyidagi usullaridan foydalanish ham zarur:

1) Aqliy hujum.

2) Bahs -munozara (debat).

3) Guruhlarga bo‘linib ishlash.

4) Juft bo‘lib ishlash.

5) Zanjir mashqi.

6) Ijodiy ish.

7) Intervyu.

8) Intilish.

9) Interfaol.

10) Yo‘naltirish.

11) Muzyorar.

12) Suratli diktant.

13) Chigil yozdi.

14) Musobaqa-tanlov darslari.

15) Mujassamlashgan darslar.

16) Baholash va qiyoslash darsi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling