Milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkurani targ‘ib qilishda quyidagi tarbiyaviy tamoyil, uslub (metodlar)larga e'tibor berish kerak:
1) Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo‘ndalik.
2) Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.
3) Ongga ta'sir ko‘rsatishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.60
4) Ziyolilar mavqyeini oshirish, ularga e'tibor va imkoniyat yaratish.
5) Turli bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash.
6) Ommaviy-axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy materiallarni ko‘paytirish, doimiy «aks ta'sir» tamoyi-liga amal qilish.
7) Televidenie va radio zamonaviy ish usullari va shakllarini egallashi uchun rasmiy xabarlarnigina emas, balki xalqaro mezonlarga muvofiq matbuot sahifalarida va televidenieda chuqur tahliliy material-lar, jiddiy siyosiy, iqtisodiy, xalqaro sharhlar, bahs-munozaralar ko‘rini-shida bo‘lishi lozim.
Demak, Milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirishning asosiy sohalari: «Oila - bog‘cha - maktab - litsey - kollej - oliy o‘quv yurtlari - mahalla - jamiyat» tizimlari tashkil etadi.
Milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishning asosiy yo‘nalishlari esa quyidagilardan iborat:
1. Ta'lim va tarbiya.
2. Fan va ilmiy muassasalar.
3. Madaniyat va madaniy-ma'rifiy muassasalar.
4. Adabiyot va san'at.
5. Din.
6. Jismoniy tarbiya va sport.
7. Harbiy vatanparvarlik.
8. Urf-odat, marosim va bayramlar.
9. Oila.
10. Mahalla.
11. Mehnat jamoalari.
12. Siyosiy partiyalar.
13. Nodavlat tashkilotlar.
14. Ommaviy axborot vositalari va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |