4-mavzu: Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo'yicha xalqaro amaliyot Reja


Download 58.13 Kb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi58.13 Kb.
#1045400
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo\'yicha xalqaro amaliyot


4-MAVZU: Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo'yicha xalqaro amaliyot
Reja:
4.1. Xalqaro nizolarini hal qilish mohiyati
4.2. Xalqaro nizolarini hal qilishning muqobil usullari
4.3. Mojaro, vositachalik, kelishuv va qaror
4.4. Sudlov va arbitraj
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Shoraxmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga sharhlar. – Toshkent: TDYUI, 2010.
2. Sh.Ro‘zinazarov, M.Mamasiddiqov, Sh.Masadikov. Hakamlik muhokamasi haqida nimalarni bilish kerak? Amaliy qo‘llanma. infoCOM.uz MCHJ nashriyoti. Toshkent, 2010.
3. Treteyskie sudы v Uzbekistane: analiz i tendensii razvitiya. Nauchno-prakticheskoe posobie. / Otv. red. Asyanov Sh.M. – T.: Shark, 2004. – 608 s.
4. O‘zbekiston Respublikasining "Hakamlik sudlari to‘g‘risida"gi Qonuniga sharh.
5. Inoyatova S.F. Protsessualnыe mexanizmы otmenы i vыdachi ispolnitelnыx listov na prinuditelnoe ispolnenie resheniy treteyskix sudov. Monografiya. –Toshkent: De-Haus-Print, 2011.
6. Sh.M.Masadikov. Problemы pravovogo regulirovaniya mediatsii. Monografiya. – Tashkent: TGYuU, 2014. – 150 s.
7. Sh.M.Masadikov. Mediatsiya-alternativnыy sposob razresheniya grajdansko-pravovыx sporov. Uchebnoe posobie. – Tashkent: TDYuI, 2010. – 100 s.
8. M.M.Mamasiddiqov, Sh.M.Masadikov, D.Y.Xabibullayev N.A.Azizov, I.M.Salimova Hakamlik muhokamasi (o‘quv qo‘llanma) TOSHKENT – 2018
9. Nizolarni xal qilishning mukobil usullari / O‘quv qo‘llanma. Yuridik fanlari buyicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. I.M.Salimova. - Toshkent. TDYuU, 2022. - 208 bet.

4.1. Xalqaro nizolarini hal qilish mohiyati


Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan usullar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Zero, huquqiy jamiyatda nizoni hal etishning muqobil mexanizmlari yaratilishi jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklashga erishishning samarali vositasi sifatida baholanadi.
Xorijiy tajribada ijtimoiy va huquqiy nizolarni sudgacha va suddan tashqari bo‘lgan tartibda kelishuv yo‘li orqali hal qilishni anglatuvchi “huquqiy nizolarni alternativ hal qilish” termini keng qo‘llaniladi. Ushbu usullarning majmui “huquqiy nizolarni muqobil hal qilish usullari yoki Alternative Dispute Resolution (ADR) deb ataladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ushbu sohada islohotlarning hozirgi bosqichi davlat organlarida nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yagona tizimini yaratish, mediatsiya, hakamlik sudlari hamda xalqaro arbitrajlarni fuqarolar hamda tadbirkorlarning ishonchiga sazovor bo‘ladigan nizolarni hal etuvchi samarali muqobil institutlarga aylantirish lozimligini taqozo etmoqda.
Milliy qonunchiligimizda mediatsiya instituti, hakamlik sudlari va xalqaro arbitraj kabi nizolarni hal qilishning usullari o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan bo‘lsa-da, aynan nizolarini hal qilishning muqobil usullari (keyingi o‘rinlarda ADR) atamasi hozircha qonunan mustahkamlangani yo‘q.
Bu atama keng ma’noda nizolarni muqobil hal qilishning turli bosqichlarini muzokaralardan tortib kelishuv bitimi tuzishga erishishgacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi.Sud muhokamasi tomonlarning tortishuvi, to‘qnashuvi kabi jarayonlarni o‘z ichiga olib, ko‘pincha, tomonlarning munosabatlarini yanada keskinlashishiga olib keladi. Sud qarorining qabul qilinishi barcha holatda ham nizoni haqiqiy hal qila olmasligi ham mumkin, nafaqat yutqazgan taraf, balki yutgan taraf ham sud qaroridan ko‘ngli to‘lmasligi mumkin.
Xorijda ADR asosan tijorat huquqiy munosabatlarida keng tarqalgan bo‘lib, uning mexanizmlaridan fuqarolik jarayonida ham foydalaniladi.

Download 58.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling