4-mavzu: Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo'yicha xalqaro amaliyot Reja


Download 58.13 Kb.
bet5/5
Sana23.12.2022
Hajmi58.13 Kb.
#1045400
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo\'yicha xalqaro amaliyot

4.4. Sudlov va arbitraj
Nizolarni hal etish mexanizmi ularni ko‘rib hal qilishning sud va suddan tashqari tartibini belgilaydi. Bunda nizoning kayst tartibga mansubligi huquqiy munosabatning xususiyatini inobatga olgan holda qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bunday xususiyatlar nizoni hal qilish tartibi bilan emas, balki ularning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib, buni aniqlash uchun nizoni hal qilishda qaysi moddiy huquq nomasi qo‘lanilishini bilan bog‘liq.
Nizolarni sud va suddan tashqari hal qilishning tartibi bir xil emas. Ba’zi bir normativ hujjatlar nizolarni sud orqali va suddan tashqari hal qilish o‘rtasida tanlovni nazarda tutadi. Ba’zi nizolarni sudgacha hal qilishning majburiy tartibi belgilanib qo‘yilishi ham mumkin (masalan mehnat nizolarida, oila huquqiy nizolarda va h.zo). Bundan tashqari, qonun hujjatlari nizolarni faqat sud tomonidan ko‘rib chiqish tartibini belgilab qo‘yishi mumkin.
Xalqaro munosabatlarda nizolar xalqaro sudlar tomonidan (universal va mintaqaviy) ko‘rib chiqilishi mumkin, ular nizoni nafaqat mohiyatan hal qiladi, balki xalqaro huquqning yordamchi manbai bo‘lgan qarorni ham qabul qilishi mumkin (masalan, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi, Yevropa Ittifoqi sudi).
Sudga murojaat qilish imkoniyati manfaatdor shaxslarning odil sudlovga erishish imkoniyatini ta’minlaydi, sud himoyasi vositasi bo‘lib, buzilgan huquqlar va qonuniy manfaatlarni da’vo arizasi, shuningdek, davlat idoralari, mansabdor shaxslarning hatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berishda ifodalangan murojaati hisoblanadi.
Arbitraj (ot fr. arbitrage — nizoni vositachi yordamida hal qilish) — atamasi bu nodavlat arbitrlar tomonidan tomonlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qaror chiqarish yo‘li bilan nizolarni ko‘rib chiqishdan iborat arbitraj jarayoni. U o‘z ichiga mahalliy arbitraj – hakamlik sudlari (domesticarbitration); xalqaro tijorat arbitraji (internationalcommercialarbitration); xalqaro investitsion arbitraj (internationalinvestmentarbitration); davlatlararo arbitraj (interstatearbitration)ni ham o‘z ichiga oladi.
Download 58.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling