4-mavzu: Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo'yicha xalqaro amaliyot Reja
Xalqaro nizolarini hal qilishning muqobil usullari
Download 58.13 Kb.
|
4-mavzu Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo\'yicha xalqaro amaliyot
4.2. Xalqaro nizolarini hal qilishning muqobil usullari
Dunyo amaliyotida ADRning ko‘pgina turlari mavjud, ulardan quyidagilarni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin: Ekspert xulosasi (expert determination), Muzokaralar (negotiation), Vositachi ishtirokida muzokaralar (facilitated negotiation yoki facilitation), yarashtiruv (conciliation), mediatsiya (mediation), hakamlik muhokamasi(arbitration court), mediatsiya-arbitraj (med-arb), mustaqil qaror qilish (adjudication), kichik jarayon (mini-trial), faktlarni aniqlash (fact finding), nizolarni komissiyaviy ko‘rib chiqish (disputereviewboards), xususiysud (privatejudging) yoki «ijara»gasudya(rent-a-judge), dastlabki mustaqil baholash (earlyneutralevaluation), ko‘p eshikli sud (multi-doorcourthouse), nizolarni sudgacha hal qilish majlisi (settlementconference), soddalashtirilgan hay’at sudi (summary jury trial)vaboshqalar. Keng ma’noda nizolarni muqobil hal qilish deganda sudda ko‘riladigan nizolarning muqobil usullaridan foydalanish tushuniladi. Nizolarni muqobil hal qilishning afzalliklari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: taraflar da’voni rasmiylashtirish va uni sudga taqdim qilish, da’voni sudda ko‘rish jarayonida ishtirok etish bilan bog‘liq vaqtlari va mablag‘larini tejashlari taraflarga nizoli holatni nazorat qilish imkoniyati berilishi; taraflar o‘rtasidagi munosabatga salbiy ta’sir qiluvchi sudlashish jarayonidan qochish; norasmiylik; taraflarda qo‘shimcha ravishda odil sudlov doirasida nizoni hal qilish imkoniyati borligi; taraflar qisqa muddatda buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklashga erishishi; davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlarni oldi olinishi; shartnomaviy munosabat ishtirokchilari o‘rtasidagi ishonch va hamkorlik mustahkamlanishi va kelajakda hamkorlikni yanada rivojlantirishga sharoit yaratiladi. Yuqoridagi ijobiy xususiyatlari va afzalliklariga qaramay ADRdan foydalanishni cheklaydigan holatlar ham mavjud: ADR murakkab huquqiy masalalarni o‘z ichiga olgan nizolar uchun xos emas; Bir nechta tomonlar bilan tortishuvlarda ADR konsensual xarakterga ega bo‘lganligi sababli samarasiz bo‘lib qolishi mumkin, chunki, tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish qiyin va ular ko‘p bo‘lsa ADR deyarli imkonsiz; Muqobil vositalardan foydalanish uchun tomonlar hamkorlikka tayyor bo‘lishi kerak. Shuning uchun hamkorlik qilish istagi bo‘lmagan taqdirda ADR va o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish, nizoni hal etishga erishish mumkin emas; Nizo tarafi ishtirokchisining sud qaroriga apellyatsiya berish va jamoatchilik e’tiborini u yoki bu muammoga qaratish imkoniyati saqlanib qolmasligi. Download 58.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling