4-mavzu: Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo'yicha xalqaro amaliyot Reja


Mojaro, vositachalik, kelishuv va qaror


Download 58.13 Kb.
bet3/5
Sana23.12.2022
Hajmi58.13 Kb.
#1045400
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo\'yicha xalqaro amaliyot

4.3. Mojaro, vositachalik, kelishuv va qaror


Nizo har qanday vaqtda va sharoitda inson hayoti va yashash tarzi bilan bog‘liq ajralmas qonundir.“Konflikt” tushunchasi umumiy yondoshuvga ko‘ra, u ziddiyatga umumiy tushuncha sifatida, eng avvalo, ijtimoiy ziddiyat sifatida qaraladigan tushunchadir. Har qanday ziddiyatning rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib, u ob’ektiv ziddiyatlarning yuzaga kelishi, avj olishi va hal etilishi asosida ro‘y beradi.
Konflikt ob’ektiv yoki sub’ektiv qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar bo‘lib, u taraflarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshi kurashida ifodalanadi.
Konfliktning ob’ekti bo‘lib manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladigan qadriyat xizmat qiladi. Uning ob’ekti bo‘lsagina ziddiyat yuzaga keladi.
Konfliktning predmeti bo‘lib o‘zaro aloqaga kirgan tomonlarning raqobat orqali hal qilmoqchi bo‘lgan qarama-qarshiliklari xizmat qiladi.

Konfliktlarni tasniflashda ularning albatta o‘ziga xosligini inobatga olish zarur. Shu nuqtainazardan:


1) shaxsningichkiqarama-qarshilikarivakurashi;
2) shaxslararo;
3) shaxsvaguruho‘rtasidagi;
4) guruhlararo;
5) davlatlararo (yokidavlatkoalitsiyalario‘rtasidagi) ziddiyatlargabo‘lishmumkin.
Albattayuqoridakeltirilgankonfliktlartasnifito‘liqemas. Bugungikundaularnibirqanchabelgilargaqarabbo‘lishmumkin.
Odamlarninghayotiyfaoliyatigaqarab (maishiy,oilaviy, mehnatjamoalarivaturlaribo‘yicha, harbiy, o‘quv-pedagogik vahokazo), ziddiyatlar kelib chiqadigan ob’ektlarning xarakteriga qarab (zahirali, maqomli – rolli, ijtimoiy-madaniy, g‘oyaviy va boshqalar), ta’sir ko‘rsatish va vazifalarning taqsimlanishi bo‘yicha (vertikal va gorizontal), mohiyatiningfarqlanishibo‘yicha (konstruktiv vadestruktiv;qisqavauzoq;realistikvanorealistik;lokal, hududiyvaxalqaro), falsafiynuqtainazardanziddiyatningma’lumshakldanamoyonbo‘lishimiqyosihamdatarqalishkengligigaqarab, uning umumiyvajuz’iy ko‘rinishlarinibelgilashmumkin. 
Konfliktlarnihalqilishdaqo‘llanilayotgansamaraliusullardanbiri konsensus (o‘zarokelishuv) dir.
Konflikt va konsensus har qanday huquq tizimining ikki muhim jihati hisoblanadi. Mohiyatiga ko‘ra, yuridik siyosat konfliktlar bo‘lgan joydaboshlanadi.Huquqshunoslikning muhim vazifalaridan biri konfliktlarni hal etish vositalari sifatida institutlar va tartiblarni, shuningdek, siyosiy va huquqiy tizimni isloh qilish usullarinio‘rganishdir.
Konsensus - bu yakka tartibdagi kelishuv emas, negaki qarorni qabul qilish jarayoni barcha qatnashuvchilarning pozitsiyalari to‘la muvofiq kelishini emas, balki faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tirozlarning yo‘qligini talab qiladi va betaraf yo‘lni tutishga yo‘l qo‘yadi (ovoz berishda betarafbo‘lganlar).
Konflikt qarama-qarshi tomonlarining rolidan farqli ravishda uning qiziqtiruvchilari, yordamchilari, tashkilotchilari, vositachilari va sudyalarning roli asosan epizodik xususiyatgaega.
Dalolatchi(qiziqtiruvchi) - bu bir tomonni konfliktga undovchi shaxs, tashkilot yoki davlatdir. Dalolatchining o‘zi keyin bu konfliktda ishtirok etmasligi mumkin, vazifasi boshqa shaxslar (guruhlar) o‘rtasida konfliktni yuzaga keltirish bilanbelgilanadi.
Yordamchi - bu o‘z maslahatlari, texnik, tashkiliy ko‘magi va bosh-qa usullar bilan konfliktga yordam beruvchi shaxsdir. Xalqaro siyosatda qurolli konfliktga sabab bo‘lgan bosqinchiga yordam qilish tinchlikka qarshi qaratilgan jiddiy jinoyat deb baholanadi.
Tashkilotchi - bu konfliktni rejalashtiruvchi, uning rivojlanishini belgilovchi, uni ta’minlash yo‘llari va ishtirokchilarni muhofaza qilishni nazarda tutuvchi shaxsdir. Tashkilotchi bo‘lib taraflardan biri yoki mustaqilshaxs bo‘lishi mumkin.
Vositachilar faqat yuz berayotgan jarayonlar sabablari va sharoitlarini bilishga harakat qilib qolmay(masalan, sudyalar shunday qiladilar), shu bilan birga konfliktni oldini olishga, uni to‘xtatishga va hal qilishga ham urinadilar. Bu ma’noda vositachilarni konflikt ishtirokchilari deb hisoblashmumkin.
Amaliy konfliktologiyada vositachilik muammosi muhim ahamiyatga ega. Muzokaralar yordamida kelishuvga erishishda konfliktlashuvchi tomonlarga yordam ko‘rsatuvchi qat’iy xolis shaxs - vositachini nazarda tutgan tartib eng samarali hisoblanadi. Vositachilikning o‘ziga xosligi shundaki, tomonlar odatda kelishuv bitimini o‘zlari tuzadilar. Vositachi birorta qaror qabul qilishga vakolatli emas, balki uning yordamida erishilgan kelishuv tomonlarning keyingi harakatlarini belgilabberadi.
Vositachining qator xususiyatlarga ega bo‘lishi talab etiladi; u dono va ijodkor, konfliktdagi barcha tomonlar uchun axloqiy jihatdan obro‘li, xolis va savodxon shaxs bo‘lishikerak.
Konfliktlarni hal qilishning an’anaviy shakllariga taqqoslaganda vositachilik qator afzalliklarga ega. Vositachini kurashuvchi tomonlarning o‘zlari tanlaydilar, shu bois u tomonlarning o‘zlariga qaraganda muzokaralarni oson boshqaradi va nazorat qiladi.
Konfliktlarni tartibga solishning mustaqil yo‘nalishi bu uchinchi tomonning vositachiligi hisoblanadi. Farb nazariyasida bu yo‘nalish konfliktli mediatoring degan nom olgan. Uning doirasida vositachilik institutini qo‘llashdan tortib to vositachini o‘zining shaxsiga qo‘yiladigan talablar bilan bog‘liq turli nazariy va amaliy masalalargacha ko‘riladi.
Konfliktdagi vositachilik funksiyalarini faqat hukumat muassasalari emas, shuningdek, har qanday tashkilotlar, muassasalar yoki alohida shaxslar bajarishlarimumkin. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri tanlangan vositachi konfliktni qisqa muddatda tartibga solishi mumkin, vaholanki uning aralashuvisiz taraflarni bitimga keltirish umuman amalga oshmasligi mumkin.
Vositachi jarayonning norasmiy ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi, uning tavsiyalari va qarorlari konflikt ishtirokchilari uchun majburiy emas, biroq, bu holatda ham uning vositachilik harakatlari kelishuvga erishishda yordam berishi mumkin. Uchinchi tarafning maqomi rasmiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin (masalan, arbitrajishtiroki).
Konfliktda vositachi harakatlarining natijasi ko‘p darajada vositachining tutgan o‘rni va yo‘liga, uning xususiy manfaatlariga, shuningdek, konfliktni avj olishiga va o‘ta salbiy oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun uning qanday vositalarni tanlashiga bog‘liq.

Download 58.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling