4-mavzu: Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo'yicha xalqaro amaliyot Reja
Download 58.13 Kb.
|
4-mavzu Nizolarni muqobil hal qilishni rivojlantirish bo\'yicha xalqaro amaliyot
Muzokaralar ADRusullari orasida muhim o‘rin tutadi. Muzokaralar natijasida fuqarolik-huquqiy nizolarning, shu jumladan, tijorat nizolarining asosiy qismi hal qilinadi. Xalqaro huquqiy va milliy huquqiy doirada muzokaralardan keng foydalanish odatiy holga aylangan. Biroq, nizo taraflari, ularning vakillari – advokatlar malakali muzokaralarga tayyor bo‘lmaydilar. Odatga ko‘ra, nizo yuzaga kelishi bilan muzokaralarga nisbatan vaqt va xarajat sarflanishi va ovvoragarchilikka duch kelishsa-da, sudga murojaat qiladilar.
Dunyo amaliyotida nizolarni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning ahamiyati yuristlar tomonidan doimiy ravishda ishlab chiqilib va o‘rganib chiqilgan butun bir nazariyaning mavjudligi bilan belgilanadi. Tijorat huquqiy munosabatlarida kelib chiqadigan nizolar yuzasidan muzokaralar odatda bitim bo‘yicha muzokaralardan farq qiladi. Garchi, har ikkala muzokara umumiy nazariyaga asoslansa-da, nizolar bo‘yicha muzokaralar taraflar konflikt holatda bo‘lganliklari bois ko‘proq salbiy hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday muzokaralarni yaxshi olib borish alohida yondashuv, maxsus bilim va ma’lum bir tajribani talab etadi. Nizolarni muqobil hal qilish bo‘yicha G‘arb konsepsiyasida muzokaralar ikki xil aspektda o‘rganib tadqiq qilinadi: nizolarni muqobil hal qilishning mustaqil usuli sifatida va sudga bog‘liq bo‘lmagan holda nizoni muqobil qilish usullarining ajralmas tarkibi sifatida (masalan, arbitraj, vositachilik, mini-sud va h.zo) Ular o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, birinchi holda muzokaralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomonlar (ularning vakillari) tomonidan amalga oshiriladi; ikkinchisida shartli ravishda uchinchi, mustaqil shaxslar arbitr, vositachi yoki raislik etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tijorat nizolari, xususan, kompaniya yoki tadbirkorlar ishtirokida nizolarda muzokaralar ularni hal qilish yo‘lida birinchi qadamdir. Shartnomada nizoni hal qilish usuli sifatida muzokaralar alohida band sifatida kiritilgan yoki kiritilmagani hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Biroq, g‘arb mamlakatlari huquqshunoslari o‘z mijozlariga bunday band kiritishni tavsiya qiladilar. Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya — yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mediatsiya — ingliz tilidan tarjima qilinganda “vositachilik” ma’nosini anglatadi. U kelib chiqqan nizoni taraflarning o‘zaro maqbul qarorga erishish maqsadidagi ixtiyoriy roziligi asosida, xolis bo‘lgan shaxs, ya’ni mediator ko‘magida hal qilish usulidir. Mediatsiyani o‘z ichiga olgan nizolarni muqobil hal qilish usullari dunyoning yetakchi arbitraj institutlari tomonidan taqdim etiladigan nizolarni hal qilish xizmatlarining bir qismidir. Ularning barchasi mediatsiya protseduralari bo‘yicha o‘z qoidalariga ega (masalan, Xalqaro savdo palatasi, Amerika arbitraj uyushmasi, London xalqaro arbitraj sudi, Vena xalqaro arbitraj sudi, RF SSP qoshidagi Xalqaro Arbitraj sudi va boshqalar). Mediatsiya deganda kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli tushuniladi. Mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko‘rish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qo‘llanilishi mumkin. Mediatsiya nizolarni hal qilishning boshqa usullari, xususan nizolarni sud tartibida hal qilishdan o‘zining bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Birinchidan, nizolarni mediatsiya vositasida hal qilish sud tartibiga nisbatan ancha qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Nizolarni sud tartibida ko‘rib chiqish uchun ketadigan muddatning ko‘pligi muammosi faqatgina O‘zbekiston uchun tegishli emas. Misol uchun, Italiyada quyi turuvchi sudlarda ishni ko‘rib chiqish uchun o‘rtacha 3 yil kerak bo‘ladi. Agar sud qarori ustidan shikoyat qilinsa, bu muddat 10 yilga cho‘ziladi. Buyuk Britaniyada 73% da’vogarlar angliya sud tizimining urfdan qolganligi hamda samarasizligidan shikoyat qilishadi. London shahridagi sudlar tomonidan ishni ko‘rib chiqish uchun kamida 161 hafta, shahar tashqarisidagi sudlar tomonidan esa 195 hafta talab etiladi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, aksariyat hollarda mediatsiyani amalga oshirish muddati bir ish kunini, ba’zan bir necha soatlarni tashkil etadi. Xususan, 2018 yil 30 noyabrda holatiga ko‘ra, Singapur mediatsiya markazida tomonlar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilishi bilan yakunlangan ishlarning 90%dan ortig‘i bir ish kunida hal qilingan. Ikkinchidan, mediatsiya tartib-taomillari qo‘llanilganda ishga taalluqli barcha ma’lumotlar mutlaqo sir tutiladi. O‘rtadagi nizo va unga oid faktlardan faqatgina taraflar va ularning vakillari hamda mediator xabardor bo‘lishi mumkin va ularga qonun bilan bu axborotlarni oshkor qilmaslik majburiyati yuklatiladi. Uchinchidan, mediatsiya vositasida hal qilinadigan nizolarda har ikkala taraf uchun ham maqbul kelishuvga erishiladi. Sud tartibida ko‘riladigan nizolar bo‘yicha bir taraf foydasiga chiqarilgan qaror ikkinchi tarafning ziyoniga xizmat qiladi. Natijada bir ishni ko‘rish appelyatsiya, kassatsiya, nazorat tartiblari bilan oylab, hatto yillab cho‘zilib ketishi mumkin. Mediatsiyani qo‘llashda taraflar ixtiyoriy ravishda mediativ kelishuv tuzish orqali nizoni hal qilish yo‘llari va usullari, kelishuvda belgilangan majburiyatlarni bajarish muddatlari hamda ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlarini ham belgilab qo‘yishlari mumkin. Nizolarni hal qilishda mediatsiyani qo‘llashning keng yoyilishi sudlar uchun ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Ish hajmining noreal darajada ko‘pligi barcha davlatlar sudlari uchun umumiy muammo hisoblanadi. Jumladan, Hindistonda har bir sudyaga 2147ta ish to‘g‘ri keladi. Ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan ishlarning umumiy soni 31,280,000tani tashkil etadi. Bu ishlarning Hindiston sudlari tomonidan ko‘rib chiqilishi 2330 yilga kelib tugallanishi mumkin. XitoyXalqRespublikasida 2012 yildasudlarishyurituvida 200 000dan ortiqishmavjudedi. JanubiyAfrikada 2004-2005 yillardavomidasudlarga 128 000ta da’voarizasikelibtushganvashulardan 62%i o‘shadavroralig‘idahalqilingan. Germaniyadaesa, 4771 nafarquyituruvchisudyalartomonidanko‘rilganishlar bor yo‘g‘i 1416 nafaryuqorituruvchisudyalartomonidanappelyatsiyatartibidako‘ribchiqiladi. Nizolarni mediatsiya vositasidahalqilishsudlarishhajminingsezilarlidarajadakamayishigaolibkeladi. Bunixalqarotajribahamisbotlaydi. Xususan, DelhivaBangalor mediatsiya markazlaritashkiletilganpaytdaikki oy davomida 39 969ta ishni, Dubay mediatsiya markaziesa, bir oy davomidasudlarishyurituvidabo‘lganishlarning 1/3 qismini mediatsiya tartib-taomillariniqo‘llaganxoldako‘ribchiqdi. Bundanko‘rinibturibdiki, mediatsiyaniqo‘llashnafaqatnizolashayotgantaraflar, balki sudlaruchunhamijobiyta’sirgaega. Download 58.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling