sintoizm - yapoplar milliy dini;
xristianlik - mil.avv. I-III asrlarida Rim jamiyatida yoyilgan.
Olamning vujudga kelishi, mavjudlik qonuniyatlari, uning asosini nima tashkil etgani kabi masalalarni falsafiy talqin etish natijasida monizm, dualizm, plyuralizm, idealizm va materializm singari oqimlar vujudga keldi.
Demak, g‘oya va mafkuraning dastlabki shakl va ko‘rinishlari:
Monizm - olamning asosi yagona, bitta deya ta'lim beruvchi yo‘nalish.
Dualizm - olamning ibtidosi ham ruhiy-ilohiy, ham moddiy asosga egaligi haqidagi ta'limot.
Plyuralizm - olamning asosida ko‘p narsalar yotishi haqidagi g‘oyalarni ilgari suruvchi ta'limot.
Idealizm - olam va odamning yaralishi, yashashi va rivojlanish xususiyatlari, borliq hamda yo‘qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyillarini ustuvor deb bilish, mutlaqlashtirishdir.
Materializm - olam va odam, borliqning yashashi, rivojlanishi masalalarida modda (materiya) va uning xossalarini, mutlaqlashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |