Erkin va farovon hayot - odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma'naviy ne'matlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir.
Erkin va farovon hayot qurishning quyidagi 3 omili ham mavjud:
1) Demokratik qadriyatlar erkin va farovon hayot ko‘rishning birinchi omili. Prezident Islom Karimov jamiyatning demokratlashuvini uzoq muddatli jarayon sifatida baholaydi. Demokratik g‘oyalarni shunchaki bayon qilish, yuqoridan tushirish bilan uni odamlarimiz hayotiga singdirib bo‘lmasligini ta'kidlaydi. «Demokratiya, - degan edi Prezidentimiz Islom Karimov, - jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir». (Šarang: Karimov I.A. Asarlar. T.7. 160- bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |