Tayanch iboralar
Siyosiy demokratiya - jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlashtirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish. Ijtimoiy demokratiya - bugungi davr demokratiyani islohotlar jarayoniga aylantirish. Sharqona demokratiya - urf-odat, qadriyatlarga asoslangan o‘ziga xos demokratiya. Milliy g‘oya - har bir shaxs va butun jamiyatga tegishli g‘oya. Milliy tarbiya - o‘zlikni asrab-avaylash va saqlab qolish, demokratiya xususiyatlarini namoyon etish turi. Ijtimoiy hamkorlik - turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi. Millatlararo totuvlik - muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat, hamkorlikda faoliyat yuritishi. Tolerantlik - diniy bag‘rikenglik. Polietnik davlat - ko‘p elatli davlat. Monoetnik davlat - bir millatli davlat.
Do'stlaringiz bilan baham: |