Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Download 0.71 Mb.
bet170/188
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#212622
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   188
Bog'liq
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy g‘oya bilan qurollangan va uni anglab olgan bo‘lsa, jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi. Bu holat milliy g‘oya va yoshlarning o‘zaro bog‘liqligini belgilaydi. Boshqacha aytganda, milliy g‘oya qanchalik mazmunli, har bir kishining uzoqqa mo‘ljallangan maqsad va manfaatlari, pirovardida esa, millatning istiqbolini belgilashga xizmat qiladigan bo‘lsa, uni yoshlar shunchalik tez qabul qiladi va unga nisbatan o‘zining ijobiy munosabati shakllanadi. Demak, jamiyat milliy mafkura orqali yoshlarga qanday g‘oya va fikrlarni taklif etsa, shunga mos ravishda g‘oyaviy jihatdan chiniqqan, vatanparvar, zamonaviy bilmlarni egallagan yoshlarga ega bo‘ladi.

Yoshlar jamiyatning shunday ijtimoiy guruhiga mansubki, ular o‘tkir hissiy bilish qobiliyatiga ega bo‘lib, so‘z bilan amaliyotning nomutanosibligi holatlarini kuchliroq sezadilar. Kattalar uchun odatiy bo‘lgan ayrim “adolatsizlik”lar yoshlarning hali to‘liq shakllanmagan ongiga, dunyoqarashiga kuchli ziyon yetkazishi mumkin. Shuning uchun hozirgi unda yoshlar orasida milliy g‘oya, milliy g‘urur va or-nomus bilan bog‘liq ma'naviy-ruhiy holatlar muhim ahamiyatga ega.

Milliy g‘oyaning yoshlarni safarbar etish, ilhomlashtirish, buyuk kelajak sari chorlash uchun ahamiyati, ta'lim va tarbiyada tutgan o‘rni va roli uning hayot haqiqatlariga, real borliqqa, xalq turmushiga qanchalik mos va muvofiqligiga qarab belgilanadi. Milliy g‘oyani shakllantirishda mafkuraviy tarbiyaning ham ahamiyati katta.

Mafkuraviy tarbiya - inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayon. G‘oyalar adolatli va haqqoniy bo‘lsa, ko‘pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta'sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‘lsa, g‘oyaviy tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Jamiyat, xalq hali o‘z manfaatlarini anglab yetmagan, o‘z mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oyalar ta'siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g‘oyaviy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, sog‘lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi.

Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalo oila, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatni taqozo qiladi. Uzluksiz ta'lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir, zero mafkuraviy maqsadlarni yoshlar ongiga singdirish vazifasi asosan ta'lim roqali amalga oshiriladi.

Milliy g‘urur va or-nomus tuyg‘ularini shakllantirishda xalqning madaniy merosi, milliy qadriyatlari, ulug‘ mutafakkirlarning ibratli hayoti bugungi erishilayotgan yutuqlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlod ongiga milliy istiqlol mafkurasining ijtimoiy adolat haqidagi g‘oyalarini singdirishda Abu Nasr Forobiynig “Fozil odamlar shahri”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Nizommulkning “Siyosatnoma”, Amur Temur “Tuzuklari”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”nomli mashhur asarlari tarixiy-ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Chunki “Kelajakdagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak fuqarolarning madaniyati, ma'lumoti va ma'naviyati haqidagi g‘amho‘rlik qilmog‘i zarur. Yosh avlodga ozod va obod Vatanni meros qoldirar ekanmiz, ular mutafakkirlarimizning, davlat rahbarliraning ulug‘ ishlarini davom ettirishlarini niyat qilar ekanmiz, yoshlarning ma'naviy uyg‘oqligiga ahamiyat berishimiz lozim. G‘aflat uyqusidan uyg‘onib, yorqin ko‘z bilan kelajakka nazar tashlaydigan zamon keldi.

Millat taraqqiyoti ma'naviyati va ma'lumoti yuksak bilimli yoshlarga bog‘liq. Aks holda yoshlarning manqurtlik va faqat pulga sajda qiluvchi arzoni ishchi kuchiga aylanib qolish xavfi tug‘iladi.

O‘zbekistonning kelajakdagi buyuk davlat bo‘lishi uchun shart sharoitlar mavjud: buyuk tarix va boy ma'naviy merosimiz bor. Jahonshumul ahamyatga molik bo‘lgan madaniyat va uning vorislari, vatanimizning iqlimi, tabiati, ajoyib yer osti va yer usti boyligimiz behisob.

O‘zbekiston yoshlarining tafakkur tarzi. Endilikda yoshlar o‘zligini anglay boshladi. Qanday zaminda yashayotganimizni his qilish, umuminsoniy qadriyatlarga intilish bilan birga, Sharq falsafasi, o‘zbekona tafakkur nuri barchaning dilidan o‘rin ola boshladi. Milliy an'analarimiz va udumlarimizni tiklash va rivojlantirish tamoyili kuchaydi. Islom dinimizni qadrlash ma'naviyatimizni yangi ma'nolar bilan to‘ldirishga olib keldi. Ulug‘ bobokolonlarimiz madaniy xazinasiga haqiqiy vorislik qila boshladik. Ulardan faxrlanish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Yurtimizda yashayotganbarcha millat, elat vakillarining tinch-inoq yashashi uchun sharoit yaratildi.

Inson erkinligi va ozodligini kafolatlovchi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Qator universitetlar tashkil etilib, o‘quv tizimimizda jahon andozalari, tarbiya yo‘nalishida ma'naviy merosimizning eng ilg‘or va insonparvar tamoyillari asos qilib olindi. Davlat va jamiyat qurilishi masalalarini o‘rganish, yuksak malakali rahbar kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi tashkil etildi. Vatanimizning Qurolli Kuchlari va xavfsizligini mustahkamlash, fuqorolarning o‘z uyi va ish joylarida tinch-xotirjam bo‘lishlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Ta'lim tizimimizdagi islohotlar zamonaviy litsey va kollejlar ta'sis qilinishiga olib keldi. Yoshlarning bilim va salohiyatlarini yuksaltirish maqsadida “Ulug‘bek”, “Umid”, “Ustoz”, keyinchalik “Iste'dod” jamg‘armalari tuzildi. O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi asosida umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tashkil etish chora tadbirlari ishlab chiqildi. Badiiy Akademiyaning tashkil etilishi, Imom Ismoil Buxoriy, Amir Temur, Bobur, Ulug‘bek, Bahouddin Naqshband, al-Farg‘oniy, Moturidiy, Xo‘ja Axror-Vali kabi milliy madaniyatimiz darg‘alariga bag‘ishlangan tantanalar, qurilgan majmualar yangi jamiyatning amalga oshirayotgan real ma'naviy ishlaridir. Ular yangi jamiyatning kuch-qudratidan nishona bo‘libgina qolmay, milliy ong va yangi dunyoqarash shakllanishida, yoshlarda milliy g‘ururni mustahkamlashda juda katta ahamiyat kasb etmoqda.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling