Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Yoshlar ma'naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliy


Download 0.71 Mb.
bet171/188
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#212622
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   188
Bog'liq
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

2. Yoshlar ma'naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliy

g‘oyaviy tarbiya vositalari
Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, milly mafkura doirasida uchrashi mumkin bo‘lgan ichki ixtiloflarning oldini oldi va uni keng miqyosda yoshlar qalbiga kirib borishiga imkon yaratdi. Yoshlar ongi va tafakkurida o‘zgarish kuchayar ekan, ular o‘z hayoti va istiqbolini millat hamda mamlakat istiqboli bilan bog‘liq ekanligini chuqur his qila boshlaganini anglatadi. “Dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga” urinishlar saqlanib qolmoqda. G‘oyaviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Shunga binoan, ongni, tafakkurni tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning oldini olish, ularga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Dunyoviy fuqorolik jamiyatida har kim o‘z ishini qilishi, shug‘ullanishi, shuningdek, “din dinning ishini, davlat davlatning ishini qilishi kerak. Davlat diniy masalalarga aralashmaganidek, din ham davlat ishlariga, siyosiy jarayonlarga aralashmasligi kerak. Agar yoshlarimiz orasida o‘z mamlakatida diniy qadriyatlarning rivoji, ma'naviy yuksalishning jamolini ko‘rishga xayrixohlar bo‘lar ekan, ular, birinchi navbatda, zamon farzandi, milliy g‘oya va milliy mafkura egasi bo‘lgan bilimdon va ma'rifatli inson bo‘lmog‘i lozim. Ular azaliy va abadiy ma'naviy qadriyatlarimizdan uzilmagan holda zamonaviy tafakkur darajasidagi bilim va idrokka ega bo‘lishlari kerak”.

Milliy g‘oya, milliy tafakkur va milliy mafkura yo‘lida yoshlar qanchalik birlashsa, jipslashsa jahon xalqlari ko‘z o‘ngida kuchimiz, mavqyeimiz va o‘rnimiz shunchalik baland ko‘tariladi. Biz boshqa davlatlarga suyanib, boshqa davlatlarni panoh tutib, ularning etagidan ushlab yuradigan davlat, xalq emasmiz, mustaqil siyosat, mustaqil tafakkur va mustaqil harakatlargina doimo boshqalarda hurmat va e'tibor uyg‘otgan. Mutelik, tobelik mevasi har qanday sharoitda millatning rivojlanishiga yo‘l bermaydi.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling