3)Milliy g‘urur va milliy or-nomus. Milliy g‘urur - shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o‘z-o‘zini anglashi asosida shakllanadigan ajdodlari qoldirgan moddiy, ma'naviy merosdan, o‘z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‘-etiboridan faxrlanish hissini ifodalovchi tushuncha.
Bu tuyg‘u quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: millatning yutuqlari, obro‘-e'tibori bilan faxrlanish, uning muammolariga befarq qarab turmaslik; o‘z eliga, millatiga jonkuyar bo‘lish; o‘z millatining moddiy, ma'naviy merosini asrab-avaylash; xalq odatlari, an'analari, qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish; o‘z millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish. Mustaqillik kishilar milliy g‘ururini oshirib, uni xalq, Vatan, ajdodlar xotirasi oldidagi ma'suliyatni his qilishdek, mazmun bilan boyitmoqda.
Mustaqillikkacha bo‘lgan tushuncha, tasavvur hamda kechinmalarimizdan bugungi ruhimiz, ma'naviyatimiz naqadar katta farq qilishi hammaga ayon. Buni har kim o‘ziga o‘zi beradigan “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik?” degan javobdan anglab olsa bo‘ladi.
Bugun yoshlar mustaqillik tufayli “or”, “andisha”, “nomus”, “vijdon”, “insof”, “g‘urur”, kabi tushunchalarning haqiqiy ma'nosini anglab yetmoqdalar.
Or. Or – bu nomunosib yoki ep ko‘rilmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg‘usidir. Bundan tashqari, o‘z o‘rnida hazar qilish yoki bo‘lmasa, obro‘-e'tibor, faxrlanish ma'nolarini ham bildirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |