Њзбекистон республикаси олий ва њрта
O‘zbekiston mustaqilligi, xavfsizligi va barqarorligiga
Download 0.71 Mb.
|
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari
2. O‘zbekiston mustaqilligi, xavfsizligi va barqarorligiga
g‘oyaviy tahdidlar hamda mafkuraviy immunitet XX asrning oxirgi o‘n yili jahon xaritasini o‘zgartirib yubordi, sobiq ittifoq barham topdi, mustaqil davlatlar shakllandi. O‘tgan o‘n yil O‘zbekiston uchun ham qutlug‘ keldi - mamlakatimiz Islom Karimov rahbarligida mustaqillikka erishdi. Milliy davlatchilik an'analarini tikladi. Yangi Konstitutsiya qabul qilindi, jamiyat hayotining barcha soha-larida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, mamlakatimiz o‘ziga xos va mos rivoj-lanish yo‘li - taraqqiyotning o‘zbek modelini amalga oshirishga kirishdi. Shu bilan birga o‘tish davri - faqat yutuq va muvaffaqiyat emas, balki hayotning barcha sohalarida totalitarizmdan qolgan salbiy oqibatlarga barham berish, fuqarolar ongini o‘zgartirish, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy sohada tub burilishlar qilish bilan bog‘liq yillari bo‘ldi. Tarixdan ma'lumki, umrini o‘tab bo‘lgan g‘oya, aqida yoki mafkura taraqqiyot nuqtai nazaridan inkor etilishi natijasida g‘oyaviy bo‘shliq vujudga kelib, turli mafkuraviy tahdidlar kuchayishi mumkin. Shu ma'noda, Prezident Islom Karimovning quyidagi fikrlari katta ahamiyatga ega: «Men ko‘hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo‘shliq bo‘lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‘shliq vujudga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan keyingi taraqqiyoti bu fikrni naqadar to‘g‘ri ekanini yaqqol ko‘rsatadi». Foyaviy, mafkuraviy tahdid kuchaygan joyda aholi keng qatlamlari, xususan, yoshlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan urinishlar kuchayib borishi mumkinligi chuqur anglab olindi. Holbuki, bugungi kunda ayniqsa, dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan, katta moliyaviy va mafkuraviy ta'sir kuchiga ega bo‘lgan ba'zi g‘oyaviy markazlar istiqlolning dastlabki yillaridagi vaziyatdan foydalanib, o‘z yovuz niyatlarini amalga oshirish yo‘lida kechayu kunduz harakat qiladilar. Bu masalalar Prezidenti-mizning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida atroflicha tahlil qilingan.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling